Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

egalari,  tadbirkorlar, yollanma ishchilar.
136


-   yer  egalari  qo‘lida  asosiy  ishlab  chiqarish  vositasi  yer  bo‘ladi. 
Ular  ijaraga  bergan  yeri  uchun  ijara  toMovlari  sifatida  ushbu  yerdan 
olingan daromadning bir qismini renta ko‘rinishida oladi;
-   tadbirkorlar  ishlab  chiqarish  vositalarining  ikkinchi  bir-turiga 
(imorat-inshootlar,  asbob-uskunalar,  fermalar,  xomashyo  zaxiralariga) 
egalik qiladi,  ishchilami yollaydi va daromad ko‘rinishida foyda oladi;
-   yollanma  ishchilar  -   eng  ko‘p  kambag‘al  sinf  hisoblanadi,  ular 
mulk  egasi  emas  va ular  mehnatini  sotib,  daromad  ko‘rinishida  ish  haqi 
oladi.
A.Smit  bo‘yicha  jamiyat  uch  sinfdan  tashqari  har  xil  guruh  va 
qatlamlami  ham  o ‘z  ichiga  oladi.  Asosiy  sinflar  daromadlari  birlamchi 
hisoblanishi  bilan  ajralib turadi.  Boshqa guruhlaming daromadlari  esa -  
ikkilamchi, ya’ni qayta taqsimlash natijasida shakllanadi.
A.Smit  daromadning  har  uchala  asosiy  shaklini  alohida  ko‘rib 
chiqdi.
Ish haqi nazariyasi.  Ishchining daromad sifatidagi ish haqi,  A.Smit 
bo‘yicha  mamlakatning  milliy  boyligi  darajasiga  bevosita  bog‘liq. 
A.Smitning  ish  haqi  nazariyasining  e’tiborga  molik  joyi  shundan 
iboratki,  u  U.Petti,  fiziokratlar  va  keyingi  D.Rikardodan  farqli  ravishda 
mehnatga  haq  toiash  miqdori  yashash  minimumi  darajasigacha 
pasayadi,  deb  atalmish  qonuniyatni  inkor  etgan.  Buning  ustiga,  A.Smit 
mehnatga bo‘lgan  qiziqishni  kuchaytirish  maqsadida  ish  haqini  oshirish 
tarafdori  bo‘lgan.  Uningcha  past  ish  haqidan  ko‘ra yuqori  ish  haqi  amal 
qilib  turgan  paytda  faol  faoliyat  yurituvchi  ishchilami  doimo  topish, 
ishga jalb etish mumkin bo‘ladi.
Foyda  nazariyasi.  A.Smit  bo‘yicha  tovar  qiymatining  bir  qismi  ish 
haqi  sifatida  ishchiga  tegadi,  qo‘shimcha  mehnat  bilan  yaratilgan 
qiymatning  qolgan  qismi  tadbirkoming  daromadi  ko‘rinishida  uning 
foydasini  tashkil  etadi.  A.Smit  foydani  tadbirkorlik  tavakkalchiligi 
uchun,  ishchiga  yashash  vositalarini  avanslagani  uchun  tadbirkorga 
to‘lanadigan  haq,  deb  hisobladi,  undan  keyinchalik  tadbirkorlik 
daromadining  adolatli  ekanligini  isbotlashda  keng  foydalanildi.  Foyda 
miqdori, A.Smit bo‘yicha “kapital qiymati  bilan aniqlanadi  va foydaning
137


ko‘p yoki  kam  boiishi  ushbu  kapital  miqdoriga bog‘liq bo‘ladi”.  Foyda 
me’yorining  pasayish  moyilligi  qayd  qilib  o‘tiladi,  bunday  moyillik 
iqtisodiy  rivojlanish  bilan  bog‘lab  tushuntiriladi,  chunki  ancha 
rivojlangan mamlakatlarda foyda me’yori hamisha past bo‘ladi.
U  foyda miqdoriga  3  ta  omil  ta’sir ko‘rsatishi  mumkin,  deb  taxmin 
qiladi:
1.  Mehnat  bozorlaridagi  raqobat.  Buning  natijasida  maoshlar 
ko‘tariladi.
2.  Mahsulot  bozori  o‘rtasidagi  raqobat.  Ishlab  chiqaruvchilar 
o ‘rtasida raqobat ortadi,  mahsulot narxlari tushadi, foyda ham kamayadi.
3.  Investitsiya  bozorlarida  raqobat,  investitsiya  imkoniyatlari  soni 
cheklangan, kapital miqdori oshganda foyda kamayadi.
U  ba’zi  hududlar  (masalan,  Shimoliy  Amerika)da  maosh  va  foyda 
har ikkisi yuqori darajada oshganini ham e’tirof etib o‘tadi.
Renta  nazariyasi.  A.Smit  nazariyasiga  ko‘ra  renta  ishchining  haq 
to‘lanmagan  mehnati  bilan  yaratiladi,  uning  mehnati  mahsulotning  bir 
qismi  hisoblanadi.  U  rentada  yerga  bo‘lgan  xususiy  mulkchilik 
monopoliyasi  unsurlarini  ko‘rgan,  lekin  absolyut  va  differensial  renta 
tushunchalarini  ajratib  ko‘rsatib  bermagan.  Yer  uchastkalari  ham 
unumdorligi,  ham  joylashishi  bo‘yicha  farq  qilishi,  bu  farqlaming 
ikkalasi  ham  turli  tavsif va  miqdordagi  rentaning  shakllanishiga  sabab 
bo'lishi mumkinligini qayd qilib o ‘tgan.
Smit rentaning  eng  kamida  4  ta nazariyasini  taklif etadi.  Rentaning 
kelib chiqishi:
1) 
yer egalari tomonidan talab;
2) 
monopoliya;
3) 
turli xil afzalliklari;
4) 
tabiat saxiyligi bilan belgilanadi.
Nominal narx.  Adam  Smit garchi nominal narx taklif yoki faqatgina 
mahsulot narxlari kabi belgilanadi,  deb izohlagan bo‘Isa ham u talabning 
rolini  butunlay  rad  etmagan.  U  bozordagi  narx  talab  va  taklifning  har 
ikkisi  tomonidan  belgilanadi,  deb  ishongan.  U  ba’zi da  tabiiy  narxlar 
ham  aynan  talab  va  taklifga  bogiiqligini  ta’kidlagan.  Shuningdek,  u
138


iqtisodning  turli  sektorlari  orasida  resurslar  nazoratida  va  tabiiy  narxlar 
tuzilmasida  talabning  o ‘mi  haqida  qayd  etib  o ‘tgan.  Nominal  narxni 
belgilashda ba’zi faktorlar chalg‘ituvchi bo‘lgani sabab Smit 3 ta alohida 
nazariyani  ishlab  chiqdi:  1)  mehnat  qiymati;  2)  mehnat  buyrug‘i 
nazariyasi  va  mahsulot  narxi  nazariyalari.  Smitning  fikricha  narxlar 
talab va taklif bilan bog‘liq holda shakllanadi.
Taqsimot  nazariyasi.  Daromadning  shaxsiy  taqsimoti  alohida 
sotilgan mahsulot miqdori va narxiga bog‘liq bo‘ladi. Mehnat ko‘pchilik 
oila  va  ro‘zg‘or  tomonidan  egalik  qilinadigan  mahsulot  omilidir, 
shuning  uchun  daromad  maosh  darajasi  va  ish  vaqtiga  bog‘liq  bo‘lgan 
holda shakllanadi, deydi.
Smitning  iqtisodiy  nazariyaga  qo‘shgan  ulkan  hissasi  nihoyatda 
ulkan.  Boshqa  o ‘sha  davrdagi  mutafakkirlarga  qaraganda  Smit  bozor 
iqtisodiyotini  boshqarishning  asosiy  g ‘oya  va  kuchlarini  ko‘ra  oldi. 
Biroq  uning  ishlari  xatolardan  xoli  emas.  U  bazi  jabhalarda,  ya’ni 
narxlaming  umumiy  darajasi,  nisbiy  narxlarda  chalkashliklarga  yo‘l 
qo‘ydi.  Biroq  uning  g‘oyalari  iqtisodiy  siyosat  va  bozor  o‘rtasidagi 
munosabatlarga aniqlik kiritdi, tartibga soldi.
Umuman  olganda  raqobatbardosh  bozorlar  faoliyati  ustida 
tadqiqotlar  olib  borgan  holda  iqtisodiy  nazariyaga  sezilarli  darajada  o‘z 
hissasini  qo‘shgan  Rikardo,  J.S.Mill  va  Alfred  Marshall  kabi 
nazariyotchilar Adam Smitning tahlillarini o ‘rganishgan.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish