1-jadval
Real sektor tarmoqlari bo’yicha biznes sub’ektlarining o’rtacha foyda miqdori bo’yicha nazariy chastotalarini hisoblash*
ln xi
|
m
|
ln xi m
|
ln xi - ln xi
|
( ln xi - ln xi )
|
2
|
lnxi ln xi
|
F(ti )
|
m
|
1,0613
|
12,9
|
13,6902
|
-1,0058
|
1,0116
|
|
-1,6763
|
0,0475
|
13,8
|
1,4943
|
17,7
|
26,4483
|
-0,5728
|
0,3281
|
|
-0,9547
|
0,1711
|
12,4
|
1,9489
|
21,1
|
41,1219
|
-0,1181
|
0,0140
|
|
-0,1969
|
0,4247
|
25,3
|
2,3171
|
18,4
|
42,6343
|
0,2500
|
0,0625
|
|
0,4167
|
0,6591
|
23,4
|
2,6780
|
15,9
|
42,5803
|
0,6110
|
0,3733
|
|
1,0183
|
0,8438
|
18,5
|
2,8736
|
14
|
40,2299
|
0,8065
|
0,6505
|
|
1,3442
|
0,9099
|
6,6
|
|
100
|
206,7048
|
|
2,4399
|
|
|
|
100
|
|
|
ln xi =2,067
|
|
|
|
|
|
|
Ushbu nisbiy kattaliklar taqsimotining grafik tasviri chap tomon-lama asimmetriya va o’tkir uchga ega. Bu belgilar esa, kichik biznes sub’ekt-larida o’rtacha foyda shakllanishi jarayonlarini aniqlash uchun lognormal taqsimotni tanlash zarurligidan dalolat beradi. Bu funktsiyaning qulayli-gi shundaki, nisbiy kattaliklarning logarifmlari kattaliklarning o’zlariga qaraganda Lyapunov teoremasi talablariga javob beradi.
Shu sababli, biznes sub’ektlari o’rtacha foyda miqdorlari bo’yicha lognormal taqsimotga bo’ysunadi deb aytishimizga asos bor. Taqsimotning nazariy qiymatlarini hisoblanganda ln xi =2,067, =5 %, =0,6. Nazariy taqsimotning empirik taqsimotga yaqinligini baholash uchun Pirson mezonidan foydalanildi.
2 (m1 m1' )2 (m2 m2' )2 (mn mn' )2
n ' ' .... ' m1 m2 mn
Biznesning zararsiz ishlash nuqtalari va ko’lamini baholash. Ma’lumki, har kanday gigant korxonalar kabi kichik biznes sub’etlari ham o’z faoliyatlarini tahlil asosida baholab borishlari lozim. Bozorning o’zgaruvchan, noaniq sharoitlariga moslashib borish uchun har bir tadbirkor o’z korxonasini ahvolini to’la bilishi, uni «pastu-baland» larini to’g’rilab, samarali boshqarib turishi kerak. Doimiy o’zgarib turuvchi bozor muhitiga bog’liq ravishda kichik biznes sub’ektlari faoliyatini tizimli tahlil qilish, ularni barqaror faoliyatda yurituvchi va raqobatdosh qilishga imkon bergan holda ravon rivojlantirishni ta’minlaydi.
KB subektlari faoliyati muntazam va har tomonlama tahlil kilinganda quyidagilarga erishish mumkin:
ham KB sub’ekti sifatida korxonaning o’zi va uning tarkibiy bo’linmalarining xo’jalik faoliyati natijalarini tez, sifatli va professional baholash;
ishlab chiqarilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlarining aniq tur-lari bo’yicha olinayotgan foydaga ta’sir etadigan omillarni o’z vaqtida aniqlash va e’tiborga olish;
KB baho siyosatini ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish harajatlari va ularni o’zgarish tendentsiyalarini aniqlash;
KB sub’ekti muammolarini echishning va yaqin istiqbolda uni foyda olishini ta’minlashning optimal yo’llarini topish.
Tadbirkorlik amaliyotida strategik va tezkor tahlil farqlanadi.7
Strategik tahlil kichik biznes sub’ektining imkoniyatlari va tavakkalchiliklari, kuchli va zaif tamonlarini aniqlashga yo’naltiriladi.
Tezkor tahlil esa kichik biznes sub’ekti faoliyati natijalarini ba-holash uchun yo’naltiriladi. U resurslarni boshqarishda samarali vosita bo’lib xizmat qiladi, harajatlarni optimallashtirish, mahsulot sifatini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi.
Tezkor tahlil o’z ichiga quyidagilarni oladi:
KB faoliyatini to’liq aks ettiradigan yagona ko’rsatkichni topish mumkin emas va hatto foyda ham buni to’la ifodalamaydi.
Shu sababli ko’rsatkichlar tizimidan foydalanamiz: foyda, etkazib berilgan tovar va xizmatlar hajmi, tannarx, moddiy harajatlar, mehnatga haq to’lash jamg’armasi, xodimlar soni va hokazo.
KB sub’ektlari faoliyatini baholashning eng oddiy usuli haqiqiy rejalashtirilgan (biznes rejadagi) ko’rsatkichlarni taqqoslashdir. Ko’rsatkichlarni bunday taqqoslash KB sub’ekti faoliyatining samaradorligi (nosamaradorligi) to’g’risida xulosa qilishga imkon beradi.
KB faoliyatini samaradorligini baholashning nisbatan murakkab usuli harajatlar va yakuniy natijalar o’rtasidagi bog’lanish darajasini baholashdan iborat bo’lib, u maxsus ishlab chiqilgan matematik vosita-ko’p omilli ishlab chiqarish funktsiyasini qurishni talab qiladi.
KB sub’ektining samaradorligini harajatlar va yakuniy natijalar nuqtai nazaridan qaraganda avvalo harajatlarni va natijalarni baholash (ishlab chiqarish harajatlari), keyin esa tashqi muhitda (texnika taraqqiyoti, tovarning hayotiy tsikli, bozordagi sub’ektlar harakati va h.k) bo’ladigan o’zgarishlarni hisobga olish zarur.
Demak, KB sub’ekti faoliyatining yakuniy natijalariga ichki tashkiliyiqtisodiy va tashqi, bozor omillari ta’sir etadi. Ma’lumki, har kanday sub’ekt kabi KB sub’ekti samaradorligi quyidagicha topiladi, ya’ni sotilgan mahsulot (xizmat) qiymatining mahsulot (xizmat) ishlab chiqarishga ketgan harajatlarga nisbatidir.
Sotilgan mahsulot (xizmat) qiymati
Do'stlaringiz bilan baham: |