ko’pchilik insonlar qandaydir intuitiv ravishda tushunadi va bu ularning pullar
tarixga nazar solsak, dunyoning barcha davlatlarida pullarni chiqarish va uni
boshqarish masalalari bilan tegishli davlat organlari shug’ullanadilar. Bunday
yondoshuvning o’z ijobiy va salbiy tomonlari mavjud, albatta. Agarda bunday
salbiy tomonlar kimlargadir yoqmasa, ular umumiy xolatni o’zgartirib va yaxshilab
ololmaydilar, chunki bu ish qonunga hilof amal bo’lib hisoblanadi. Shuni ham
aytish kerakki, eng avvalo qandaydir xolat yuzaga keladi, shundan so’nggina uni
tartibga soladigan qonunlar yaratiladi. Xuddi shunday holat radio sohasi bilan ham,
internet tizimi bilan ham, avtomobil texnologiyasi bilan ham va shunga o’xshash
boshqacha texnologiyalarda ham kuzatilgan. Endi esa xuddi shunday hodisa
kriptovalyutalar bilan ham kuzatilmoqda. Umuman aytganda, kriptovalyutalar
iqtisod, kriptografiya, komp’yuter texnologiyasi va siyosat masalalari kesishuvida
aloqasi yo’q. Ya’ni, raqamli kriptovalyutalar davlatning emas, balki halq
tomonidan ulaning xohish-istaklarini hisobga olgan xolda yaratilgan yechim
hisoblanadi. Shuning uchun ham bu innovatsion g’oyaning yaratilish tarixi va
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
uning rivojlanishini o’rganib chiqish diqqatga sazovordir. Ushbu g’oya asosida
pul muomalasining markazlashmagan usuli taklif qilingan va u amaliyotga tadbiq
etilgan. Bunday pul aylanish modelida komissiyalar minimal bo’ladi yoki umuman
bo’lmaydi. Unda ikki kelishuvchi tomon xohishisiz hech qanday uchinchi tomon
ularga halaqit ham bera olmaydi, o’z pullik hizmatlarini taklif ham eta olmaydi,
kelishuvni to’xtata ham olmaydi hamda birovlarning mulkini musodara qila ham
olmaydi. Bu tizimda pul emissiyasi miqdori oldindan dasturlab qo’yilgan va bu
siyosiy manipulyatsiyalarni hamda pul chiqarilishi bilan bog’liq bo’lgan
qalbakichiliklarning oldini oladi. Tizim birorta nozik tomoni bo’lmagan trasmilliy
tizim bo’lib, hech kim uni foydalanuvchilarning roziligisiz boshqara olmaydi.
Tizim qandaydir darajadagi ishonchni ham talab qilmaydi – uning to’g’ri ishlashi
aniq matematik formulalar va kriptografiya usullari bilan to’liq kafolatlanadi. Bu
esa inson tomonidan boshqarilishi mumkin bo’lgan xuquqiy kelishuvlarni chetga
surib qo’yib, insoniy faktorni yo’qqa chiqaradi. Bitkoin kriptovalyutasi
blokcheynga asoslangan tizimlar ishlatilishining birinchi amaliy isboti bo’ldi.
Ammo, blokcheyn texnologiyasi kriptovalyutalarga nisbatan ancha keng
miqyoslidir, chunki uning yordamida istalgan turdagi taqsimlangan hisob
tizimlarini yaratish mumkin. Masalan, yer maydonlari reestrlari, notarial servislar,
shahsni tasdiqlash tizimlari, aktsiyalarni hisobga olish tizimlari, depozitariylar va
boshalar. Ishonchi taqsimlangan ma’lumotlar bazalaridan tashqari, blokcheyn
texnologiyasi avtomatik tarzda bajariladigan smart-kontraktlarni yaratish imkonini
ham beradi, kontraktlarga esa multiimzolar qo’yishga yordam beradi. Albatta,
yangi imkoniyatlar yangi turdagi tavakkalchiliklarga ham sabab bo’ladi.
Anonimlilik, istalgan miqdordagi pul mablag’larini dunyoning istalgan joyiga
o’tkazish imkoniyati, hisob raqamlarini blokirovka qilish mumkin emasligi va
kriptovalyutalarning boshqa xususiyatlari davlat organlari oldiga jinoyatchilik
bilan kurashish, terrorizmga qarshi turish va noqonuniy pul oborotiga qarshi
kurashish bo’yicha yangidan-yangi masala va muammolarni hal qilish masalasini
qo’yadi. Shuning uchun ham davlat organlari oldida bu muammolarni qanday hal
qilish yo’llarini topish, yangi kriptovalyuta va blokcheyn texnologiyalarini qanday