Hozirgi raqamli inqilob va ko’pchilik sohalarning raqamli transformatsiyasi
davrida insoniyat faoliyatining bacha sohalarida global miqyosda raqamli
texnologiyalarning gurkirab rivojlanishi kuzatilmoqda. Bu borada albatta O’zbekiston
Respublikasining qishloq ho’jaligi ham chetda qolayotgani yo’q albatta. Misol sifatida
bu sohada qaqul qilingan Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qaqorlarini [1-3]
va bu bilan bog’liq bo’lgan bir qancha chora-tadbirlarni ko’rsatishimiz mumkin.
Raqamli iqtisodiyot va bu bilan bo’gliq bo’lgan muammo va masalalar bir qancha
kitoblarda [4,6] va maqolalarda ham [5,7-8] batafsil yoritilgan. Umuman aytganda, aqlli
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
qishloq ho’jaligini amalga oshirish mumkinmikan? Bu savolga o’ziga hos javob
tariqasida hayotdan olingan real misollarni keltirishimiz mumkin: Oklend shaxridagi
DJI Ferntech kompaniyasi muhandislari
DJI Mavic 2 Enterprise deb nomlangan
standart dronga itga o’xshab xuradigan ovoz chiqargich o’rnatishdi va unda tovush
chiqarish funktsiyasini tadbiq etdilar. Mahalliy fermerlar raqamli texnologiyaning
bu yangiligini darhol qabul qildilar va uni ishga tushirdilar va bu butun internetda
katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Quyidagi tasvirni faraz qilib ko’ring: sigirlar
podasi tinchgina o’tlab turgan edi, birdan yoqoridan uchib kelgan drondan itlarning
xurishi eshililib qolindi. Buni eshitgan sigirlar darhol o’zlarini chetga ola
boshladilar va yo’nalishlarni fermer ixtiyoriga ko’ra o’zgartiradilar. Fermer esa
uyida kofe ichib o’tirgan xolda uchuvchisiz qurilma, ya’ni, dron yordamida podani
boshqaradi va sigirlarni kerakli joyga yoki o’tloqqa yo’naltiradi.
Ko’pchilik rivojlangan mamalakatlar qishloq xo’jaligida aniq geopozitsiyalashish,
qishloq xo’jalik texnikasi parkining kompleks boshqariluvi va raqamli
texnologiyalardan foydalangan xolda yer resurslaridan kompleks foydalanish
tarmoq standartlariga aylana boshlayapti. Ammo qishloq xo’jaligini tarmoqlararo
o’rganish agrosanoatda raqamli inqilobga xali ancha muddat borligini
ko’rsatmoqda. Ushbu maqolada raqamli agrotexnika rivojlanishiga turtki berish
ma’nosida O’zbekiston Respublikasi agrotexnologiyasini rivojlantirish rejalariga
tayangan xolda, raqamli qishloq xo’jalik jarayonlarining asosiy ko’rsatgichlari va
rivojlanish yo’nalishlari baholi-qudrat yoritilgan. Bu yerda raqamli qishloq xo’jalik
texnologiyalari AgTech yordamida o’simliklarning rivojlanishini nazorat qilish va
boshqarish bo’yicha takliflar hamda ekologik jihatdan havfsiz robotlashtirilgan
raqamli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati va uning ta’siri ko’rib
chiqilgan. Bunday texnologiyalar iqtisodiy jihatdan to’la boshqarila olinadigan,
ekologiyaga zarar yetkazmaydigan va ob-havo sharoitlairga bog’liq bo’lmagan
xolda qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish imkonini beradi. Undan tashqari,
maqolada uchuvchisiz boshqariladigan apparatlar (dronlar) dan va raqamli
texnologiyalarning dasturiy-texnik vositalaridan foydalangan xolda texnik
vositalarni aniq navigatsiya qilish hamda qishloq xo’jalik jarayonlarini maqsadga
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
muvofiq ravishda boshqarish masalalari ham muhokama qilinadi. Shu jumladan,
Do'stlaringiz bilan baham: