Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/711
Sana14.01.2022
Hajmi5,65 Mb.
#364978
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   711
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Ethereum 

blokcheynikabi yangi va kuchli platformalar hamda dasturlash 

tillardan  foydalanishlari  mumkin  bo‘ladi.Turli  tarmoqlar  ishlab  chiqarishga  katta 

e’tibor  qaratgan  holda  moddiy  ob’ektlar  tayyorlash,  ularning  loyihasini  ishlab 

chiqish  va  moliyalashtirish  uchun  global  ekotizimlarning  rivojlanishini 

rag‘batlantirishi  va  shu  tariqa  birgalikda  bir  rangdagi  ishlab  chiqarishning  yangi 

bosqichini  yaratish  tashabbusi  bilan  chiqishlari  mumkin.  Bu  yerda  asosiy  masala 

va  maqsad  hamma  ishni  blokcheynda  amalga  oshirishdan  iboratdir.  Zamonaviy 

samolyotlar  «

saf  bo‘lib  uchadigan  mustaqil  elementlar  jamlanmasi

»  deb  atalishi 

kabi, kompaniyalar ko‘plab tarmoqlardaajralish va hamkorlar tarmog‘iga birlashish 

tendensiyasini namoyish etadilar. Individual buyurtmalar bo‘yicha ommaviy ishlab 

chiqarishni  yo’lga  qo’yish  maqsadidahuddi  blokcheyn  kabi, 

3D

-bosma 


texnologiyasi  ham  ishlab  chiqarishni  foydalanuvchiga  yaqinlashtirmoqda.  Tez 

orada  axborot  egalari  va  huquq  egalari  inson  hujayralaridan  boshlab,  alyuminiy 

kukunigacha  bo‘lgan  har  qanday  narsa  haqidagi  metama’lumotlarni  blokcheynda 

saqlashi  mumkin  bo‘ladi  va  bu  korporativ  ishlab  chiqarish  chegaralarini  misli 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

ko’rilmagan 



darajada 

kengaytiradi.Bu 

texnologiyalar 

tovarlar 

bilan 

ta’minlanganlikni va ularning ta’minot tarmog‘i bo‘ylab harakatini kuzatish uchun 



ulkan  imkoniyatlar  beradi.  Har  bir  kishining  qalbiga  (

va boshqa tana a’zolariga

yaqin  bo‘lgan  tarmoq  –  oziq-ovqat  sanoatini  tasavvur  qilib  ko‘ramiz.  Hozir 



supermarketda  halol  sharoitlarda  va  yaxshi  boqilgan,  dori-darmonlar  berilmagan, 

ekologik tozaqoramol go‘shti sotayotganini ta’kidlash va hatto  bunga chin dildan 

ishonish ham mumkin. Lekin savdo tarmoqlari buni yuz foiz kafolatlay olmaydilar. 

Hech  kim  har  bir  molning  biografiyasini  yozib  o‘tirmaydi,biz  esa  bu  go’shtdan 

bifshteks  pishiramiz,  lekin  uning  «

ishonchli

»  ekanligini  tekshirish  uchun  esa 

qandaydir  vositalarga  ega  emasmiz.  Odatda  bunga  ko‘z  yumish  ham  mumkin  – 

axir  butun  dunyo  bo‘ylab  milliardlab  bifshtekslar  sotiladi  va  sotilmoqda.  Lekin 

ba’zida  qoramol  qutirish  kasalligi  epidemiyasi  ham  uchrab  turadi,  bu  esa  sog’lik 

uchun  koni  zarar.Oziq-ovqat  sanoati  blokcheynda  nafaqat  har  bir  buqaning 

raqamini,  balki  istiqbolda  jonivorning 

DNK

ga  bog‘lab  qo‘yilgan  har  bir  go‘sht 

parchasi  raqamini  saqlashi  mumkin.  Uch  o‘lchamli  qidirish  imkoniyatlari 

foydalanuvchiga  jonivor  tarixini  bilish  va  parrandalarni  to‘liq  miqyosda  kuzatish 

imkonini beradi. Ma’lumotlar to‘plamlarini intellektual boshqarish va ularni 

DNK

 

asosida  identifikatsiyalashga  imkon  beradigan  murakkab  (



lekin  qo‘llash  oson 

bo‘lgan

) texnologiyalar tufayli hatto eng yirik go‘sht ishlab chiqaruvchilar hamhar 

bir  bo‘lak  go‘sht  sifati  va  havfsizligini  kafolatlay  oladilar.  Tasavvur  qiling,  bu 

axborot laboratoriya tadqiqotlarini qanchalik soddalashtiradi va jiddiy vaziyatlarda 

sanitariya hizmatlariga javobgarliklarni tezlashtiradi. 

Blokcheyn  texnologiyasi  firma  ichida  hamda  firmalar  va  turli  tashqi 

qatnashchilar  o‘rtasida  ham  teng  huquqli  qo‘shma  faoliyatni  ta’minlashga  qodir. 

Buxgalteriya  hisobi  uchun,  istalgan  muhitda  raqamli  resurslardan  foydalanish  va 

faoliyat  yuritish  uchun,  bular  valyutami,  ijtimoiy  munosabatlarmi  yoki  tashkilot 

bo‘lishidan  qat’i  nazar,  to‘liq  taqsimlangan  mexanizmni  ishlatishga  imkon 

beradi.Bugungi kunda birgalikda ishlash uchun turli tijorat vositalari asta-sekinlik 

bilan  tashkilot  ichida  boshqaruv  va  axborot  bilan  ishlash  mohiyatini  ancha 

o‘zgartirib yuboradi. 


Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   711




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish