mumkin. Shu sababli korporativ arxivlar, axborot bo‘yicha mutaxassislar, personal
tanlash bo‘yicha mutaxassislar va biznes uchun zarur axborot xarid qilish bilan
shug‘ullanadigan boshqa mutaxassislarga zarurat qolmaydi.Ikkinchidan, smart-
shartnomalarshartnoma tuzish harajatlarini, shartnomalar bajarilishini va to‘lovlar
o‘tkazilishi ustidan nazoratni sezilarli darajada pasaytiradi. Qog‘oz shaklidagi
hujjatlarga ehtiyoj sezmaydigan bu dasturlar shablonlar tizimi orqali shartlarni
ifodalaydi, tashqi manbalardan to‘plangan keng axborotlar va qoidalar to‘plami
asosida axborotni muhokama qiladi, qabul qiladi yoki inkor etadi, ish natijalarini
bajarishga va tranzaksiyalar amalga oshirishga talablarnibelgilaydi.Uchinchidan,
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
tashkilot doirasidan tashqarida bu resurslarning barchasini muvofiqlashtirish
harajatlari sof nominal bo‘ladi –korxona dasturiy ta’minoti bajariladigan
serverlarda ishlashiga elektrenergiyasi uchun to‘lovlar kerak bo’ladi, xolos.
Korxona yollagan odamlar, tashkilotlar va zavodlarni boshqarish uchun
byurokratiya tizimi talab etilmaydi. Yangi platforma yordamida mijozlar uchun
qiymat va mulkdorlar uchun boylik yaratishga an’anaviy menejment yoki ierarxiya
umuman yoki deyarli talab qilinmaydigan yangi tashkilotlarni tasavvur qilish
unchalik qiyin emas. Va nihoyat, ishonch asosidagi munosabatlar o‘rnatish
harajatlarni nolga yaqinlashtiradi. Ishonch tashkilotga emas, blokcheyn ishini
ta’minlaydigan ko‘plab odamlarning birgalikdagi ommaviy ishlariga, dasturiy
kodni tekshirish va havfsizlik hamda funksionallikka bog‘liq bo‘lib qoladi.
Taqsimlangan mustaqil korxonani qanday tashkil qilish mumkin? Bunday
kompaniyakeng funksionalga–oldindan belgilangan reglament asosida ma’lum
doiradagi vazifalarni yoki kengroq biznes-funksiyalarni bajaradigan agentlarga ega
bo‘lishi
lozim.
Individual
shaxslar,
potensial
aksiyadorlar
yoki
foydalanuvchilarning jamoalari yoki tashkilotlar quyidagi ko‘rsatkichlarni
belgilagan holda bunday korxonalar ochishlari mumkin:
1.
qiymatga yo‘naltiriganlik
: dunyoni o’zgartirish va qiymat yaratish yoki uni
o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan jarayonlarni tushunish.
2.
bajarishi lozim bo‘lgan vazifa
: tashkilot mavjudligidan qanday ma’no
kutiladi? Bu korxonani nima uchun tashkil qilyapmiz?
3.
konstitutsiya
: tashkilotning umumiy maqsadlari va u qiymat yaratadigan
qoidalarni tavsiflash lozim.
4.
ish usullari
: masalan, tashkilot qiymat yaratishda o‘zini qanday tutishi, u
qanday moliyalashtirilishi (
kraudfanding orqali, ilk bosqichda an’anaviy
investitsiyalar orqali, foyda hisobidan
), resurslarni qanday xarid qilish zarur.
5.
mehnatning odamlar va mashinalar o‘rtasida taqsimlanishi:
yaqin istiqbolda,
aftidan, yaratilayotgan tizimda odamlar rahbarlik qilishi lozim.
6.
dastur funksiyalari
: korxona tashqi shartlar o‘zgarishini qanday aniqlaydi va
ularga qanday javob qaytaradi.