Toshkent moliya instituti pul va bank fanidan mustaqil ish


YAkka tartibdagi tadbirkorlar



Download 490,36 Kb.
bet2/3
Sana13.07.2022
Hajmi490,36 Kb.
#790546
1   2   3
Bog'liq
ПУЛ ВА БАНК МУСТАҚИЛ ИШ

YAkka tartibdagi tadbirkorlar;
Mikrofirmalar – ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarining yillik o‘rtacha soni 20 kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan tarmoqlarda10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar.
Kichik korxona – engil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida band bo‘lgan xodimlarining yillik o‘rtacha soni 100 kishidan, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat ishlab chiqarish sohalarida 50 kishidan, fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boo‘qa ishlab chiqarishga aloqador bulmagan sohalarda 25 kishidan oshmagan korxonalar;
Dehqon xo‘jaligi – oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa er uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtiradigan va realizatsiya qiladigan, yuridik shaxsni tashkil etgan va tashkil etmagan holda faoliyat yuritadiganoilaviy mayda tovar xo‘jaligi;
Fermer xo‘jaligi – yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan, ijaraga berilgan er uchastkalaridan foydalangan holda tovar, qishloq xo‘jaligi tovari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini kreditlashning xuquqiy asoslari:

  • O‘ zbekiston Respublikasining “Bank va bank faoliyati to‘g‘risidagi” qonuni

  • O‘zbekiston Respublikasining “Kredit uyushmalari to‘g‘risidagi” qonuni

  • O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to‘g‘risidagi” qonuni

  • Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga bo‘lg‘usi xosilni garovga olgan xolda kredit berish tartibi to‘g‘risvidagi” nizom

  • Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga byudjetdan tashqari jamg‘armalar va Mikrokreditbank kredit liniyalari xisobidan mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida” gi Nizom 1548-son

  • “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarining er uchastkasini ijaraga olish xuquqini garovga olgan xolda kreditlash tartibi to‘g‘risidagi” Nizom

  • Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini, kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi, 907-son

Tijorat banklarining Imtiyozli kreditlash maxsus jamg‘armasi tomonidan kredit berish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

  • Ishlab chiqarish binolarini qurish,texnika bilan jixozlash va rekonstruksiya qilish

  • Mashinalar,asbob-uskunalar, jixozlar , inventarlar, urug‘lik va parrandalar sotib olish

  • xom ashyo va materiallar, shu jumladan mollar uchun em-xashak,omuxta ozuqa, veteranariya pereparatlari,o‘simliklarni ximoya qilish vositalari, moylash materiallari va ekin maydonlariga ishlov berish buyicha mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar sotib olish

Mikrokreditlar mijozning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i ochilgan banklar tomonidan beriladi.


Mikrokreditlar alohida ssuda hisobvarag‘ini ochish va ushbu hisobvaraqdan qarzdorning to‘lov topshiriqnomalari asosida tovar-moddiy boyliklar uchun naqd pulsiz shaklda to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
YUridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklariga 5000 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida beriladigan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga hamda dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga ajratilgan mikrokredit umumiy summasining 50 foizini naqd pul bilan 1,5 yil (18 oy) muddatga berishga ruxsat etiladi.
SHuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari va fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish va rivojlantirish uchun 10000 AQSH dollari ekvivalenti miqdorigacha milliy valyutada ajratilgan mikrokredit umumiy summasining 50 foizini naqd pul bilan 1,5 yil (18 oy) muddatga faqat chorva mollari, parranda, ko‘chat, urug‘lik va em-xashakni aholidan sotib olish uchun berilishiga ruxsat etiladi. Bunda sanoat yo‘li bilan qayta ishlash asosida tayyorlangan chorva ozuqalarini sotib olish uchun mikrokredit hisobidan naqd pul berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kichik biznesning boshqa sub’ektlariga mikrokreditlar naqd pulsiz shaklda beriladi.
Naqd pul bilan berilgan mikrokreditlarni qaytarish va ularning naqd pulda berilgan qismiga hisoblangan foizlar to‘lovi majburiy ravishda faqat naqd pulda amalga oshiriladi.
YAkka tartibdagi tadbirkorlarga hamda oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan mikrokreditlar bank balansida 15000 – «YAkka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar» balans hisobvarag‘ida yuritiladi.
Alohida ssuda hisobvaraqlari bo‘yicha tegishli bank xodimining ko‘rsatmasiga ko‘ra berilgan mikrokreditlarga muddatli majburiyatnomalar rasmiylashtiriladi va ular to‘la qaytarilgunga qadar 91905 – «Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizing bo‘yicha majburiyatlari» nomli ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
Mikrokreditlarni qaytarish muddati kelgan vaqtda qarzdorning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ida kreditni qaytarish uchun mablag‘lar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mazkur kredit muddati o‘tgan ssudalar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi, ular bo‘yicha muddatli majburiyatnomalar to‘lovi esa, 2-son kartoteka orqali kalendar navbatida amalga oshiriladi
Tijorat banklari Imtiyozli kredit berish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kreditlar berishni shartnoma asosida amalga oshiradilar.
Imtiyozli kredit berish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kreditlar berish muddatlari kredit berilayotgan tadbirning o‘zini qoplashiga bog‘liq bo‘ladi, chunonchi:
xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar kichik tadbirkorlik sub’ektlariga, qoidaga ko‘ra, 1 yil muddatgacha beriladi;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar fermer xo‘jaliklariga, shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga, qoidaga ko‘ra, kamida 2 yil muddatga beriladi;
investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun kreditlar kichik tadbirkorlik barcha sub’ektlariga, shu jumladan yuridik shaxs bo‘lgan fermer va dehqon xo‘jaliklariga to‘lov muddatini kechiktirish huquqisiz 5 yilgacha muddatga berilishi mumkin.
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kichik tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda 12 oydan oshishi mumkin emas, fors-major holatlari bundan mustasno.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga mo‘ljallangan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun dehqon va fermer xo‘jaliklariga berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda, 30 oydan oshishi mumkin emas, fors-major holatlari bundan mustasno. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan aylanma mablag‘lari uchun berilgan boshqa kreditlar bo‘yicha ulardan foydalanish muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda, 12 oy etib belgilanadi.
Banklar investitsiya maqsadlari uchun berilgan kreditlar bo‘yicha kredit berish bo‘yicha imtiyozli davrni belgilaщi mumkin.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlar qarz oluvchilarga mahsulot etishtirish (tamakichilik va alkogolli mahsulot ishlab chiqarishdan tashqari) bilan bog‘liq bo‘lgan, amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan va quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengaytirish uchun beriladi:
ishlab chiqarish binolarini qurish, texnika bilan jihozlash va rekonstruksiya qilish;
mashinalar, asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, urug‘lik, mol va parrandalar sotib olish;
xom ashyo va materiallar, shu jumladan mollar uchun em, omixta ozuqa, veterinariya preparatlari, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari va ekin maydonlariga ishlov berish bo‘yicha mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar sotib olish.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlarning ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzlarni uzishga, ishlab chiqarish maqsadida foydalanilmaydigan shaxsiy mol-mulk sotib olishga berilishi mumkin emas.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan berilgan kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash bo‘yicha kredit berilgan kundagi belgilangan stavkasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob rakami joylashgan joy b o‘yicha beriladi.
Zarar ko‘rib ishlayotgan, likvidsiz balansga ega bo‘lgan qarz oluvchilarga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kredit berilmaydi, ilgari berilgan ssudalar esa belgilangan tartibda muddatidan oldin undirib olinadi. Ushbu qoida kredit shartnomasida albatta nazarda tutilishi kerak.
Qarz oluvchilar kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni (kredit paketini) taqdim etadi:
kredit buyurtmanomasi;
qarz oluvchining bankdagi hisob raqamiga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi albatta ko‘rsatilgan holdagi biznes-reja;
davlat soliq xizmatining Maxalliy (tuman) organi tasdiqlangan, so‘nggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-shakl) hamda debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a-shakl), shuningdek 90 kundan ortiq vaqdagi qarzlar bo‘yicha solishtirish dalolatnomasi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl), dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno;
kreditni qaytarishni ta’minlash shakllaridan bittasi.
To‘lamaslik xavfini bartaraf etish uchun qarz oluvchi ta’minotga ega bo‘lishi kerak, ta’minotga bo‘lgan asosiy talab uning amalga oshiriluvchanligi hisoblanadi.
Qarz oluvchi bankka ta’minlashning quyidagi turlaridan bittasini taqdim etishga haqlidir:
mol-mulkni yoki qimmatli qog‘ozni garov sifatida qo‘yish;
bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolatnomasi;
uchinchi shaxslarning kafilligi;
sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytarmasligi xavfini sug‘urta qilish to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.
Banklar o‘zlari bilan doimiy aloqaga, bank hisob raqamida doimiy pul okimiga, yaxshi nufuzga va yaxshi kredit tarixiga ega bo‘lgan qarz oluvchilarga, ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatib o‘tilgan qaytarish ta’minotini taqdim etmasdan, blankli (ishonchli) kreditlar berishga xaqlidirlar.
Mol-mulkni garovga qo‘yish kreditning qaytarilishini ta’minlash shakllaridan biridir. "Garov to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq har qanday mol-mulk, shu jumladan buyumlar va mulkiy huquqlar (talablar), qimmatbaho boyliklar, zargarlik buyumlari, erkin almashtiriladigan valyuta va shu kabilar garov predmeti bo‘lishi mumkin
Kredit hisobiga sotib olinadigan qiymatning 80 foizi miqdoridagi mol-mulk xam ushbu kredit bo‘yicha garov predmeti bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Kredit paketini tahlil qilish chog‘ida bank kredit bitishuvining har xil jihatlarini, qarz oluvchining kredit tarixini, uning rahbari nufuzini (oldingi ish joylari, layoqatliligi, ilgari olingan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlay olishi va shu kabilarni) baholaydi.
Aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kredit olish uchun zarur hujjatlar ilova qilingan holdagi buyurtmanoma bankka kelib tushgan kundan boshlab ushbu kredit bo‘yicha bank xulosasini berishgacha bo‘lgan muddat tijorat banklari bo‘limlari va tarkibida bo‘limlari bo‘lmagan tijorat banklari, shuningdek xususiy banklar uchun - 10 ish kunidan, banklarning viloyat bo‘limlari uchun - 15 ish kunidan va bot (respublika) banklar uchun - 20 ish kunidan oshmasligi kerak.
Investitsiya loyihasini mablag‘ bilan ta’minlash uchun kredit olishga kredit buyurtmanomalarini banklar tomonidan ko‘rib chiqish muddati tegishli ravishda uzaytirilishi, biroq kupi bilan ikki baravar uzaytirilishi mumkin.
Kredit shartnomasi tuzilgandan keyin bank bo‘limi rahbari yoki u vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning o‘rinbosari o‘z vakolati doirasida muddati pa foiz stavkasi ko‘rsatilgan holdagi ssuda hisob rakami ochish to‘g‘risida buxgalteriyaga buyruq beradi.
Kredit berish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi bilan qarz oluvchiga kredit kartochkasi ochiladi, kredit shu kartochka bo‘yicha nazorat qilib boriladi.
Qurilish, texnika bilan jihozlash va rekonstruksiya qilishga berilgan kreditlar hisobiga moliyalash faqat barcha zarur loyiha-smeta hujjatlari va boshqa hujjatlar amaldagi qonunchilikka muvofiq bankka taqdim etilgandan keyingina ochiladi.
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi doirasida soha vakillarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bank tizimida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Banklarning investitsiya kreditlari ustuvor ravishda
“2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirish”, «2012 yilgi Investitsiya dasturi» hamda tarmoqlarni modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga, kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub’ektlari tomonidan minitexnologiyalarni sotib olishga yo‘naltirilmoqda.
2012 yilda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 5 760 mlrd. so‘m yoki 2011 yildagiga nisbatan 1,3 barobarga ko‘p investitsiya kreditlari ajratildi.
-chizma

Inqirozga qarshi choralar dasturi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi PF-4053-sonli “Iqtisodiyot real sektori korxonalarini moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2008 yil 28 noyabrdagi
PF-4058-sonli “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarining qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi Farmonlarida belgilangan vazifalarning ijrosi izchil amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan jami 168 ta iqtisodiy nochor korxona bank balansiga qabul qilingan bo‘lib, ushbu korxonalarda ishlab chiqarishni tiklash va modernizatsiya qilish maqsadida banklar tomonidan 388 mlrd. so‘mlik investitsiyalar kiritildi hamda faoliyati tiklangan korxonalarning 120 tasi yangi mulkdorlarga 919,3 mlrd. so‘mga sotildi.
Bugungi kunda tijorat banklari balansidagi faoliyati tiklangan korxonalarni yangi mulkdorlarga sotish ishlari olib borilmoqda hamda 11 ta korxonada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha texnologik liniyalarni tiklash, qurilish-ta’mirlash, yangi uskunalar o‘rnatish va modernizatsiyalash bilan bog‘lik ishlar amalga oshirilmoqda.
Umuman olganda, banklar balansiga olingan holda faoliyati tiklangan korxonalarda jami 1,7 trln. so‘mlik mahsulot (xizmat) ishlab chiqarildi va shundan, 480,0 mln. AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport qilindi.

Download 490,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish