bera olmaydigan qarindoshlar yoki boshqa shaxslar bor bo‘lgan taqdirda ham tayinlanishi
mumkin. Yoshga doir nafaqalarni to‘lash, etkazib berish va qayta yuborish bo‘yicha xarajatlar
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Nogironlik bo‘yicha nafaqalar.
Nogironlik nafaqasi nogironlik sodir bo‘lgan hollarda,
yoshidan qat’i nazar, ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironlariga faqat mehnat
qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatga yo‘qotilganda tayinlanadi va to‘lanadi
1
. Mehnat
faoliyatiga layoqati cheklanganligi darajasini aniqlash uchun tibbiy tekshirish (mehnatga layoqati
doimiy yoki uzoq muddat yo‘qotilganda) Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari yo‘llanmalari bo‘yicha
tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan amalga oshiriladi. Fuqaro mehnat
faoliyatiga layoqatli emas yoki unga mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish mumkin emasligi (yoki
zid ekanligi) belgilangan taqdirda TMEK mehnat qobiliyatining doimiy yoki uzoq muddatga
yo‘qotilganligi to‘g‘risida tegishli xulosa chiqaradi. Nogironlik nafaqasi mehnatga layoqat
yo‘qotilishining butun davri uchun tayinlanadi. Bu nafaqalarni to‘lash, etkazib berish va qayta
yuborish bo‘yicha xarajatlar ham O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha davlat pensiyasi olish huquqiga ega
bo‘lmagan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolariga
boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi tayinlanadi
2
. Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi vafot
etganning oila a’zolariga vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega bo‘lgan nafaqaga foiz
nisbatida quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
-
oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga - nafaqaning 100 foizi;
-
oilaning mehnatga layoqatsiz ikki a’zosiga - nafaqaning 75 foizi;
-
oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga - nafaqaning 50 foizi.
Bu nafaqalar bo‘yicha xarajatlar ham O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi.
Ushbu nafaqa quyidagi hollarda beriladi:
-
vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasallikda (shikastlanishda);
-
sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
-
kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda;
-
karantinda;
-
sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda;
-
mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo‘ydirish uchun reabilitatsiya
muassasalariga yotqizilganda.
Umumiy qabul qilingan hollarda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa
ishlovchi xodimlarga quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
-
umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga hamda 21 yoshga etmagan
chin (sag‘ir) etimlarga - ish haqining 80 foizi miqdorida;
-
umumiy ish staji 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga - ish haqining 60 foizi miqdorida.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqaning ish haqining 100, 80, 60 foizi
miqdorida to‘lanadigan boshqa holatlari ham mavjud bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 1
apreldagi 21-son Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar
tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilangan. Umuman, vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa barcha hollarda belgilangan eng kam ish haqidan kam
bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqidan yuqori bo‘lmasligi lozim. Shuningdek,
Do'stlaringiz bilan baham: