9
7.
Xarajatlar turkumlanishi va mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini
kalkulyatsiya qilish hamda hisobda aks ettirish
Mazkur mavzu asosida talabalar quyidagilarni o‘rganadilar:
- xarajatlar haqida tushuncha, ularni turli xil belgilarga ko‘ra turkumlanishi;
- ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda texnologiyaning ta’siri;
-ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy, yordamchi ishlab chiqarishlar va xizmat
ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha hisobga olishni tashkil qilish, servis
xarajatlarini taqsimlash;
- ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlarni
umumlashtirish va ularni taqsimlashni o‘rganish;
- mahsulot tannarxining tarkibi va turlari, mahsulot tannarxini kalkulyatsiya
qilishning ahamiyati;
- kalkulyatsiyaning tamoyillari, obyekti va usullari, jarayonli, bo‘linmali,
buyurtmali tannarx hisoblash usullari, to‘liq tannarx va ishlab chiqarish tannarxini
hisoblash;
- haqiqiy va normativ usullar bo‘yicha xarajatlar hisobi va tannarx hisoblash
hamda «Standartkost» va «Direkt kosting» usullari bo‘yicha mahsulot tannarxini
kalkulyatsiya qilishni o‘rganish.
8.
Tayyor mahsulot(ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish
Talabalar buxgalteriyada va hisoblash markazida quyidagilarni o‘rganishlari
lozim:
ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar va ularni hisobga olish hamda tayyor
maxsulotlarning omborlarda saqlanish joylari turlaribo‘yicha hisobga olish;
tayyor mahsulotlarni joriy hisobda va sintetik hisobda baholash;
iste’molchilargaberilgan, jo‘natilgan mahsulotlarni hisobga olish va
jo‘natilgan mahsulotlarni haqiqiy tannarxini baholash.
mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar sotilishi hiobini;
mahsulotni chetga sotishning shartlari,sotilgan maxsulotlarning qiymatini,
qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish hamda muomala xarajatlari va savdo
daromadlarini hisobga olishning xususiyatlari;
Hisobotga mazkur mavzu bo‘yicha quyidagi boshlang‘ich hujjatlarning
nusxalari ilova qilinadi.
Tayyor mahsulotni sotish bo‘yicha shartnoma;
ishonchnoma;
tayyor mahsulotni ombordan yuklab jo‘natish bo‘yicha buyruq;
tayyor mahsulotni ombordan berish bo‘yicha yukxat;
berilgan ishonchnomalar hisobi jurnali;
omborda tayyor mahsulotlar hisobi;
qaydnomalar;
sifatsiz mahsulot to‘g‘risida dalolatnoma.
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘ldirilib, har bir boshlang‘ich hujjatlar
ma’lumotlaridan foydalanib, buxgalteriya ikkiyoqlama yozuvlarini, ularning
mazmuni to‘liq ko‘rsatiladi. Agarda boshlang‘ich hujjatlarning ayrim rekvizitlari
to‘ldirilmagan bo‘lsa ularning sabablari ko‘rsatiladi.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |