Toshkent moliya instituti o‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan ro‘yxatga olindi



Download 461,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana20.07.2022
Hajmi461,42 Kb.
#830607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
2 5420273062836704097

4.
 
Mehnat va ish haqi hisobi 



Xodimlar bo‘limida: xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xodimlari tarkibi, 
ularni ishga qabul qilish, bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazish hamda ishdan bo‘shatish 
jarayonini hujjatlashtirish, ishchi va xizmatchilarga mehnat ta’tili berish tartibi bilan 
tanishishi lozim.
Tabelni yuritish bo‘limida: mehnat vaqtini tabelda hisobga olish, ishyuritish 
tartibi, xodimlarning ishga kelishi, ketishi va mehnat intizomiga rioya qilinishini 
nazorat qilish tizimini o‘rganish.
Mehnat haqini hisoblash va xodimlar bilan hisoblashish bo‘limida: 
qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlari, ishlab chiqarish 
me’yorlari, vaqt me’yorlari, yagona tarif setkasi hamda xo‘jalik yurituvchi 
subyektning ish haqi fondi, foydasi (daromadi) hisobidan to‘lanadigan harakatdagi 
mukofotlash tizimi bilan tanishish. 
Talabalar buxgalteriyada va hisoblash markazida quyidagilarni o‘rganishlari 
lozim: 
-
Ishchilarga ishlab chiqargan mahsulot (ish va xizmat)lar uchun haq, 
qo‘shimcha haqlar, bo‘shqolgan vaqt, smenadan ortiqcha ishlashni xisobga olish 
yuzasidan rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatlarni qabul qilish, guruhlash va qayta 
ishlash tartibini; 
­
Mehnat ta’tili, jamoat ishlarini bajargan va boshqa ishlanmagan kunlar 
hamda soatlar uchun haq hisoblashni; 
­
Ishchi va xizmatchilarga berilishi lozim bo‘lgan mablag‘ hamda mehnat 
haqidan ushlab qolinadigan turli ushlab qolishlar tarkibini hisob-kitob qilish tartibini 
hujjatlashtirishni; 
­
Hisoblashish-to‘lov qaydnomalari, xodimlarning hisob-kitoblari bo‘yicha 
shaxsiy schyotlarini tuzish va ulardan foydalanishni. 
Mehnatga haq to‘lash tizimi hamda deponentdagi mehnat haqini hisobga olish, 
mehnat haqining sintetik va analitik hisobi, mehnat haqi yuzasidan xodimlar bilan 
hisob-kitoblar tartibini o‘rganish.
Talabalar vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi nafaqasi, bola tug‘ish va 
boshqalar bo‘yicha nafaqalar berish yuzasidan hisob-kitoblar tartibini, sanatoriya 
kurortlarga davolanish uchun bolalarga yo‘llanmalar berilishi va ularning hisobini 
yuritish tartibi bilan tashishlari lozim. 
Mehnat haqidan soliqlar, ushlanmalar va ijtimoiy to‘lovlar to‘g‘ri 
hisoblanganligini o‘rganish. Dastlabki hujjatlar asosida ish haqi va turli mukofotlar 
va qo‘shimcha to‘lovlar to‘g‘ri to‘langanligini o‘rganish.
Hisobotga mazkur mavzu bo‘yicha quyidagi boshlang‘ich hujjatlarning 
nusxalari ilova qilinadi va buxgalteriya ikki yoqlama yozuvlari o‘rganiladi. 
­
Ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish to‘g‘risida ariza; 
­
Ishga qabul qilinganlik to‘g‘risida buyruq; 
­
Shaxsiy varaqa; 
­
Boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq; 
­
Ish vaqtidan foydalanish hisobi tabeli; 
­
Ishlab chiqarish hisobi vedomosti; 
­
Sifatsiz mahsulot to‘g‘risida dalolatnoma; 
­
hisoblashish – to‘lash vedomosti; 



­
hisob vedomostlari; 
­
to‘lov vedomostlari; 
Mazkur korxonada kasallik varaqasiga muvofiq nafaqa hisoblashdan misol 
keltiring; ishchiga, muhandisga, hisob xodimlariga ta’til pulini hisoblang; 
Buxgalteriyada 2-3 xodimlarga mehnat haqi hisoblash va undan soliq hamda 
boshqa ushlanmalarni hisoblash, mehnat ta’tili vaqtiga va jamoat ishlarini bajargan 
vaqtiga ish haqi hisoblash, bunda o‘rtacha ish haqini hisoblash va qo‘lga tegadigan 
mablag‘summasini 4-5 holatlarda hisoblab ko‘rishlari lozim.

Download 461,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish