jadval
2015 yilda “SSP Marg‘ilon biznesga ko‘maklashish markazi” tadbirkorlik subyektlarining tarkibi19
№
|
Turi
|
jami
|
Yuridik
shaxs
|
Kichik
|
Mikro
firma
|
YaTT
|
1.
|
Margilon sh
|
296
|
66
|
20
|
46
|
230
|
2.
|
Sanoat
|
37
|
|
12
|
25
|
|
3.
|
Qurilish
|
16
|
|
5
|
11
|
|
4.
|
Xizmat
ko‘rsatish
|
90
|
|
3
|
5
|
82
|
5.
|
Umumiy
ovqatlanish
|
18
|
3
|
|
3
|
15
|
6.
|
Savdo
|
135
|
2
|
|
2
|
133
|
Jadval ma’lumotlaridan shuni ko‘rishimiz mumkin-ki, jami 296 ta tadbirkorlik subyektlaridan 230 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlardir. Shulardan, 133 tasi savdo, 82 tasini esa xizmat ko‘rsatish subyektlari tashkil etadi. Sanoat ishlab chiqarishida band bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari 37 tani tashkil etib, ularning 12 tasi kichik korxonalar, 25 tasi esa mikrofirmalar hisoblanadi.
jadval
2015 yilda “SSP Marg‘ilon biznesga ko‘maklashish markazi” tarkibidagi sanoat korxonalari tarkibi20
t/r
|
Korxonaning nomi
|
Korxonaning shakli
|
1.
|
«XANDA GUZARI»
|
Xususiy korxona
|
2.
|
«NILUFAR»
|
Firma
|
3.
|
«AL XOH NODIR FAYZ»
|
Mas’uliyati cheklangan jamiyat
|
4.
|
«MARG’ILON OSIYO TEKS»
|
Mas’uliyati cheklangan jamiyat
|
5.
|
«MARG’ILON BAXMALI»
|
Xususiy korxona
|
6.
|
«TIGRON SHARQ»
|
Mas’uliyati cheklangan jamiyat
|
7.
|
«AL SAID SAHO»
|
Firma
|
8.
|
«TEXYGEN»
|
Mas’uliyati cheklangan jamiyat
|
9.
|
«MARG’ILOH IPAKLI MATOLAR»
|
Xususiy korxona
|
10.
|
«ZULFIZAR TEKS»
|
Xususiy korxona
|
11.
|
«YODGORLIK»
|
Mas’uliyati cheklangan jamiyat
|
12.
|
«ORZU»
|
Firma
|
13.
|
«BONU»
|
Firma
|
4.
|
«XUMO»
|
Firma
|
15.
|
«SPORTCHI TBM»
|
Mas’uliyati cheklangan jamiyat
|
16.
|
«SHIRINTOY ZIE»
|
Firma
|
17.
|
«XAMDAMOV TOXIR
BOXODIROVICH» FIRMASI
|
Firma
|
18.
|
«LAYLO FASHION DIZAYN»
|
Xususiy korxona
|
19.
|
«ADOLAT-MTS»
|
Firma
|
20.
|
«MOTAHA POYABZALI»
|
Mas’uliyati cheklangan jamiyat
|
21.
|
«RIZK RO’ZIMIZ»
|
Mas’uliyati cheklangan jamiyat
|
22.
|
«MARG’ILOH NON»
|
Mas’uliyati cheklangan jamiyat
|
23.
|
«XUDOBERDI XOJI-NON»
|
Mas’uliyati cheklangan jamiyat
|
24.
|
«MIHG ISLOM NON»
|
Firma
|
25.
|
«AL ISKOF MAJID»
|
Xususiy korxona
|
26.
|
«MARG’ILOH ISSIK NON»
|
Mas’uliyati cheklangan jamiyat
|
27.
|
«SAIDAXMADXOH XOJINON»
|
Xususiy korxona
|
28
|
«ORIYAT NAFOSATI»
|
Firma
|
29.
|
«LAZZAT SERVIS IMKON»
|
Xususiy korxona
|
30.
|
«ALOXIDA GO’SHT MAXSULOT»
|
Mas’uliyati cheklangan jamiyat
|
“SSP Marg‘ilon biznesga ko‘maklashish markazi” tarkibida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarida, asosan xalq iste’moli uchun bo‘lgan non mahsulotlari, qandolatchilik mahsulotlari, go‘sht mahsulotlari, to‘quvchilik, poyafzal, trikotaj-tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Markaz tomonidan ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda investitsiyalarni jalb etish, ularga minitexnologiyalarni joriy etish borasida ham ishlarni malga oshirmoqda.
jadval
Marg‘ilon shahar hududidagi minitexnologiyalarga bo‘lgan talab va ularni moliyalashtirish manbalari21
t/r
|
Korxona nomi
|
Minitexnologiyalar nomi
|
Taxminiy bahosi
|
Ishlab
chiqaruvchi davlat
|
Moliyalash- tirish manbai
|
1.
|
«Orzu» savdo
ishlab chiqarish tijorat firmasi
|
Ko‘rpa qaviydigan mashina
|
11000 dol
|
Xitoy
|
Lizing
|
2.
|
«Marvarid»
MChJ
|
Go‘shtni qayta
ishlash uskunasi
|
10000 dol
|
Xitoy
|
O‘z mablag‘i
xisobiga
|
3.
|
“Nuriddinova
G” Xususiy korxonasi
|
Pardaga gul bosadigan mashina
|
45000 dol
|
Xitoy
|
Lizing
|
4.
|
«Shukrona Media» xususiy korxonasi
|
Qishloq xo’jalik maxsulotlarini zamonaviy saqlash
dastgoxi
|
150mln so‘m
|
Xitoy
|
Kredit
|
5.
|
«Oriyat Nafosat»
xususiy korxonasi
|
Qandolat
maxsulotlari ishlab chiqarish dastgoxi
|
140mln so‘m
|
Xitoy
|
Kredit
|
6.
|
«Farg’ona Santex Trans Servis»
|
Rezina plita va rezina gilamlar ishlab chiqarish
dastgoxi
|
70000
AQSH
dollari
|
Xitoy
|
Kredit
|
Ma’lumki, korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilish o‘ta mas’uliyatli va murakkab bosqichi hisoblanadi. Tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari moliyaviy holati ularning ishlab chiqarish faoliyatiga, ya’ni mahsulot sifati, turlari, tannarxi, ayniqsa, sotish va foyda rejasining bajarilishiga bevosita bog‘liq. Mahsulotlarni sotish va foyda rejasining muvaffaqiyatli bajarilishi korxonalar pul mablag‘larining ko‘payishiga, bajarilmasligi esa ularning kamayishiga olib keladi. Foyda rejasining bajarilmasligi korxonaning byudjet va bank oldidagi to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida amalga oshirishida ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi. O‘z navbatida, korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati moliyaviy holat barqarorligiga bog‘liqdir. Agar mahsulotlarni
21 “SSP Marg‘ilon biznesga ko‘maklashish markazi” ma’lumotlari asosida tuzilgan.
sotish va foyda rejasi bajarilmasa, u holda moliyaviy tanglik yuzaga keladi. Bunday tanglik yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri sotib oluvchilarning to‘lov qobiliyati yo‘qligidan va muddati o‘tib ketgan debitor qarzlar mavjudligidan deb hisoblash mumkin.
“SSP Marg‘ilon biznesga ko‘maklashish markazi” tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga baho berishda «moliyaviy natija», «moliyaviy holat», «moliyaviy barqarorlik» kabi tushunchalar o‘rtasidagi tafovutni anglash lozim. Investorlar yoki moliyaviy hisobot natijalari bilan qiziquvchi boshqa biror subyekt tomonidan korxona faoliyatiga baho berishda korxonaga qo‘yiladigan asosiy talab ketma - ketligi ham shu tartibda shakllanadi. Ya’ni dastlab moliyaviy natija (foyda yoki zarar) aniqlanadi, uning omillari va sabablari yoritiladi, so‘ngra moliyaviy holat tahlili amalga oshiriladi. Yakunida esa qo‘shimcha kuzatuv natijalarini umumlashtirish orqali moliyaviy barqarorlik imkoniyatlari o‘rganiladi.
Yuqorida qayd etilgan xususiyatlarni umumlashtirgan holda shuni ta’kidlash lozimki, tadbirkorlik subyekti faoliyatining moliyaviy natijalari tahlili quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tahlil qilinayotgan joriy davrda har bir ko‘rsatkich o‘zgarishlarini aniqlash; tegishli ko‘rsatkichlar tarkibi, ularning o‘zgarishini o‘rganish; moliyaviy natijalar bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘zgarishi dinamikasini tahlil etish.
“SSP Marg‘ilon biznesga ko‘maklashish markazi” tarkibidagi faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarida xizmatlar ko‘rsatish va mahsulotlarni sotishdan olingan iqtisodiy samara miqdoriga quyidagi omillar ta’sir qiladi: sotish hajmining o‘zgarishi; mahsulot tarkibining o‘zgarishi; sotilgan mahsulot baholarining o‘zgarishi; xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i baholarining hamda elektr energiyasi va transport tariflarining o‘zgarishi; moddiy va mehnat resurslari xarajatlari darajasining o‘zgarishi.
“SSP Marg‘ilon biznesga ko‘maklashish markazi” faoliyati moliyaviy natijalari ko‘rsatkichlarining darajasi va dinamikasini tahlil etish hamda baholash uchun korxona moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarni keltiramiz.
jadval
2015 yil “SSP Marg‘ilon biznesga ko‘maklashish markazi” kichik korxonasining moliyaviy ko‘rsatkichlarining tahlili22
t/r
|
Ko‘rsatkichlar
|
Miqdori, mlrd.so‘m
|
1.
|
Tushum, jumladan:
|
14163,3
|
1.1
|
Konsalting xizmatlari
|
1200,0
|
1.2
|
Yuridik xizmatlar
|
-
|
1.3
|
Buxgalteriya hisobi xizmatlari
|
110,0
|
1.4
|
SSP Respublikaga a’zolik badallari, 40%
|
867,8
|
1.6
|
Informatsion va boshqa xizmatlar
|
7152,2
|
1.7
|
Texnik iqtisodiy asoslash va biznes reja
|
2213,3
|
1.8
|
“Tashabbus”
|
2620,0
|
2.
|
Xizmatlar tannarxi va davr harajatlari
|
13444,8
|
2.1
|
Ish haqi
|
6802,1
|
2.2
|
Yagona ijtimoiy to‘lov, 25%
|
1700,5
|
2.3
|
Kommunal xizmatlar
|
442,0
|
2.4
|
Transportni saqlash harajatlari
|
142,1
|
2.5
|
Bank xizmatlari
|
-
|
2.6
|
A’zolik badallari va ajratmalar
|
14,0
|
2.7
|
Boshqa xarajatlar
|
2227,9
|
2.8
|
Tashabbus
|
2000
|
3.
|
Moliyaviy faoliyat daromadlari
|
|
4.
|
Soliqlar to‘langunga qadar foyda
|
718,5
|
5.
|
Foyda solig‘i yoki yagona soliq, infratuzilmani
rivojlantirish solig‘i
|
640,6
|
6.
|
Sof foyda
|
78,0
|
4-jadval ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lmoqdaki, 2015 yilda jamoada ijobiy natijalarga erishgan. Hisobot davrida soliqlar to‘langunga qadar foyda 718,5 mlrd. so‘mni, sof foyda esa 78,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Yalpi foydasining o‘sishiga mahsulot sotishdan tushumning ortishi hamda ishlab chiqarish xarajatlarining nisbatan kamayishi evaziga mahsulot sotishdan olingan foydaning ortishi ijobiy ta’sir etgan. Ushbu umumiy holatga ta’sir etuvchi har qaysi omillar xususiyatini hamda ularning ta’sir darajasini aniqlash muhimdir.
Moliyaviy holatni tahlil qilish jarayonida aylanma va aylanmadan tashqari mablag‘larni o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Bunda, ayniqsa, aylanma mablag‘larning tashkil topish manbalari alohida ko‘rib chiqiladi. Mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan aylanma mablag‘lar asosan bank krediti hisobiga yoki har
22 “SSP Marg‘ilon biznesga ko‘maklashish markazi” ma’lumotlari asosida tuzilgan
xil kreditorlik qarzlari hisobiga tashkil topadi. Kichik biznes korxonasi aksionerlik mulki zaminida amal qilsa, aylanma mablag‘lar asosan aksionerlar mablag‘i hisobiga, paychilik jamiyati bo‘lsa, qo‘yilgan paylar hisobiga tashkil qilinishi mumkin. Odatda, korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari hamma vaqt ham o‘z ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilish uchun etarli bo‘lavermaydi, lekin zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larning asosiy qismini tashkil qilishi darkor. Hozirgi vaqtda, ayniqsa, yangi tashkil topgan kichik korxonalarda o‘z aylanma mablag‘larining yetishmasligi va ko‘pchilik hollarda bank kreditlaridan hamda boshqa manbalardan foydalanilishi ularning moliyaviy holatini muntazam o‘rganib borish hamda batafsil tahlil qilishni taqozo qilmoqda.
Moliyaviy holat tahlil qilinar ekan, asosiy e’tibor quyidagilarga qaratiladi: korxonaning moliyaviy ahvolini har tomonlama o‘rganib, uning holatiga aniq va xolisona baho berish; mablag‘lar manbalari va joylashuvini tekshirish, ularni to‘g‘ri yo‘nalishda ishlatilganligini aniqlash; to‘lov majburiyatlarining o‘z muddatida bajarilganligi, debitor va kreditorlik qarzlar tarkibini o‘rganish; korxonaning o‘ziga qarashli mablag‘lari bilan qarz mablag‘lari o‘rtasida nisbatni va aylanma mablag‘larning manba bilan ta’minlanganligini tekshirish, moliyaviy intizomga qanchalik amal qilinishini aniqlash va to‘lov qobiliyatiga baho berish; korxona mulkining qadrliligi va tez pulga aylana olish darajasini o‘rganish; aylanma mablag‘lardan foydalanishga baho berish va korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash bo‘yicha takliflar berish.
Tahlilning asosiy maqsadi – moliyaviy faoliyatdagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab, mablag‘lardan yanada to‘g‘ri foydalangan holda to‘lovga layoqatlilikni mustahkamlashga qaratiladi. Demak, bu jarayon mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, xarajatlarni tejash, moliyaviy munosabatlar va boshqa faoliyatlarning bir- biriga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Zarur bo‘ladigan ma’lumot manbalariga korxona balansi, unga qilingan ilovalar va moliyaviy hisobotning boshqa shakllari ma’lumotlari, shuningdek, buxgalteriyaning sintetik va analitik hisob ma’lumotlari ham kiradi. Hozir korxonalarning moliyaviy faoliyati sohasida muhim vazifalar ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Bu vazifalarni ijobiy hal etmay turib, samarali bozor
iqtisodiyoti mexanizmini vujudga keltirib bo‘lmaydi. Hozir moliya-kredit resurslari, pul mablag‘lari aylanishining moddiy boyliklar harakatidan ajralib qolganligi, debitor-kreditorlik qarzlarining ko‘payib ketganligi bu sohadagi katta muammolardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |