Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirishning me’yoriy-
huquqiy asoslari
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kichik va o‘rta xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, individual mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan jismoniy shaxslarni hisobga olish, barchasining manfaatlarini davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash mexanizmi samarali tashkil qilish maqsadida tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning respublika va hududiy palatalari faol faoliyat olib bordilar.
Bu davrda jahon tajribasida kam uchragan, O‘zbekistondagi barcha shakldagi kichik biznes subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning maxsus mexanizmi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Mazkur mexanizmga asosan xususiylashtirishdan tushgan barcha mablag‘lar milliy iqtisodiyotning nodavlat sektorini, shakllantirish va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun sarflandi. Bu tizimga asosan, xususiylashtirishdan tushgan mablag‘ni 50 % Respublika “Biznes- fondi”ga yo‘naltirildi, fond esa o‘z navbatida fuqarolarning o‘z mablag‘lariga asoslangan kichik va o‘rta biznesga, xo‘jalik yurituvchi kichik subyekt shaklidagi
16 O‘zbekiston Respublikasi Qonun va Farmonlari. T.: O‘zbekiston, 2007. 28-29 b, 159-163 b.
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun kreditlarga sarfladi. Mablag‘larning 20% ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va assortimentini ko‘paytirishga hamda investitsiyalarni yo‘naltirishga muxtojlik sezayotgan xususiylashtirilgan kichik va o‘rta korxonalarga berildi. Xususiylashtirishdan tushgan mablag‘ning qolgan 20% ijtimoiy sohani rivojlantirishga, bozor infratuzilmasini shakllantirishga hamda 10 % mintaqalarni qo‘llab-quvvatlash Davlat dasturini hududlarda amalga oshirish jarayonida sarflandi.
1996-2000 yillarda Oliy Majlisning “Tovarlar bozorida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobatni rivojlantirish”, “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar kafolatlari”, “Yer Kodeksi”, “Soliq Kodeksi”, “O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armalarni tashkil qilish”, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish” to‘g‘risidagi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlar faoliyatini hududlarda yanada takomillashtirishga oid huquqiy kafolatlangan baza yaratildi va qo‘yidagi yutuqlarga erishildi: davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan mulkni, obyektlarni sotib olishda yuridik, jismoniy va xorijiy shaxslarning mablag‘lari bo‘yicha dekloratsiyalash talab etilmadi hamda tanlov asosida, xususiy mulkni sotib olish imkoniyati yuzaga keldi; respublika bo‘yicha valyuta bozorini tashkil etish va takomillashtirish hamda mavjud muomaladagi valyuta resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida jismoniy shaxslarga chet el valyutasida hisob raqamlari ochish hamda ulardan foydalanish mexanizmi yo‘lga qo‘yildi; O‘zbekistonning barcha fuqarolariga tovarlarni chetdan sotib olish va ichki bozorni to‘yintirishni ta’minlaydigan xususiy tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, mayda ulgurji oilaviy asosda tashkil etilgan mikrofirmalarni tashkil etish uchun ularga milliy hamda xorijiy valyutada kredit berish mexanizmi joriy etildi; respublika va chet el fuqarolari tomonidan, O‘zbekistonda naqd xorijiy valyutalarini olib kelish hamda olib chiqishdagi cheklovlar bekor qilindi; O‘zbekiston hududida, xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan qo‘shma korxonalar ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi 50 %
dan ortiq bo‘lsa, xorijiy valyutadagi tushumdan soliq solishdan hamda shu korxonalarning O‘zbekiston Markaziy bankida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab besh yil muddatga majburiy soliqdan ozod qilindi.
Kichik biznesning ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida “Dehqon xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi, “Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi Qonunlar qabul qilindi hamda qishloq joylarida ular faoliyatini kengaytirishga imkoniyat yaratildi. Ularning huquq va majburiyatlari, yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish yo‘nalishlari belgilandi va ular faoliyatini rag‘batlantirish mexanizmi ishlab chiqildi.
Tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini himoya qiluvchi va muvofiq- lashtirib turuvchi markaz “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palata”si tashkil etilishi tadbirkorlikni rivojlantirish jarayoniga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Mazkur palata – bu tarmoqlardagi yirik xo‘jalik yurituvchi birlashmalar tarkibiga kirmaydigan kichik, o‘rta, xususiy tadbirkorlik subyektlarini a’zolik shartnomasi birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilot sifatida faoliyat yuritdi. Mazkur palataning hududlardagi boshqarmalari tuzilib, tadbirkorlik subyektlariga tashqi bozorlarga chiqishda ham amaliy yordam berdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi barcha omillar, ular faoliyatiga asossiz ravishda aralashayotgan, nazorat qilayotgan, turli bahonalar bilan to‘sqinlikni vujudga keltirayotgan hokimiyat idoralari, mahalliy tashkilotlarning noqonuniy xatti-harakatlari bartaraf etish maqsadida, 2003 yil 11 dekabrdagi “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi va hududlardagi ishlab chiqarish yo‘nalishlari kengaytirilib, faoliyat turlari ko‘paytirildi, hududlarda faoliyat yuritayotgan xizmat ko‘rsatish infratuzulmasi faoliyatlariga katta e’tibor qaratildi.17
Mazkur yilda hududlardagi kichik biznes subyektlarining ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish jarayonida qator muammoli vaziyatlar kuzatildi.
17 Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 24.01.2003. №PF-3202 sonli Farmoni
Jumladan: bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoyalash; ular tomonidan jamiyat, davlat manfaatlariga zarar yetkazilishining oldini olish; kichik biznes subyektlari faoliyatini rag‘batlantirish hamda resurslarni adolatli taqsimotini amalga oshirishga erishish; ularning axborot resurslari bilan muntazam ta’minlashdir.
2005 yildan boshlab kichik korxonalarni soliqqa tortish tizimida to‘plangan tajribalarga tayangan holda, tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bunda kichik biznes subyektlari faoliyatini rivojlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor vazifasi sifatida belgilandi. Mazkur subyektlar faoliyatini aynan soliqlar orqali rag‘batlantirish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan esa 2005 yil 1 iyuldan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lash o‘rniga yagona soliq to‘lovi joriy etildi. 2006 yildan boshlab esa umumiy tartibda soliq to‘lovchi korxonalar bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida, yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar uchun ixtiyoriy ravishda qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lash imkoniyati berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2005 yil 14 iyundagi “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3619-sonli Farmoni qabul qilinishi orqali tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish faqat Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 martdagi “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 3860-sonli farmoniga asosan, soddalashtirilgan tartibda faoliyat yurituvchi mikrofirma va kichik korxonalarga besh yil davomida yagona soliq to‘lovini to‘lashda soliqqa
tortiladigan bazani xarid qilingan yangi texnologik jihozlar qiymatiga teng, ammo soliq bazasining 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirishga doir soliq imtiyozi berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 15 mayda “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi (28.04.2010 y.PF-4215-son farmoni bilan o‘zgartirish kiritilgan) Qarori qabul qilindi. Shuningdek, jahonda moliyaviy- iqtisodiy inqiroz davom etayotgan paytda, o‘z vaqtida shakllangan shart-sharoitni to‘g‘ri tahlil etgan holda, mamlakatimizda 2009-2012 yillarga mo‘ljallab “Inqirozga qarshi choralar” dasturining qabul qilinishi hukumatimiz tomonidan amalga oshirilgan asosiy strategik tadbir bo‘ldi. Shuningdek, dasturda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish, iqtisodiyotda real sektor korxonalarini qo‘llab - quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari sifatida mahsulot tannarxini pasaytirish, eksportyor korxonalarga soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish, qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish va bu orqali ular faoliyatini rag‘batlantirish kabi vazifalar qo‘yildi. Mazkur dastur doirasida amalga oshirilgan tadbirlardan biri, bu soliq yukini yengillashtirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish bo‘yicha xo‘jalik tuzilmalarini qo‘llab - quvvatlash maqsadida qo‘shimcha choralar ko‘rilganidir. Dasturni amalga oshirish doirasida soliq imtiyozlari va preferentsiyalar berish hisobidan 500 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ xo‘jalik subyektlari tasarrufida qoldirilib, bu mablag‘lar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aylanma mablag‘larini to‘ldirishga, ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlashga, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirildi. Dastur doirasida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o‘rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilib, 2009 yilda kichik sanoat korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi 8 foizdan 7 foizga pasaytirildi,
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd etilgan soliq miqdori o‘rtacha 1,3 barobar kamaytirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 325-sonli qaroriga muvofiq, 2006 yil 1 apreldan boshlab moliya, bank va maishiy hamda boshqa xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar uch yilga daromad (foyda) solig‘i, yagona soliq to‘lovini to‘lashdan ozod etildilar. Buning natijasi o‘laroq, 2007 yilda faqatgina Toshkent shahrida mazkur faoliyat bilan shug‘ullanuvchi 456 ta mikrofirma va kichik korxonalar 3 mlrd.so‘mga yaqin imtiyozga ega bo‘ldilar. 2008 yilning birinchi yarim yilligida esa 386 ta mikrofirma va kichik korxonalar 523,8 mln. so‘mga teng miqdordagi yagona soliq to‘lovini to‘lashdan ozod etildilar. Albatta, mazkur mablag‘lar korxonalarga o‘z faoliyatini rivojlantirishga hamda yangi texnologiyalarni jalb etgan holda, modernizatsiya qilishga imkoniyat yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 27 yanvardagi “2009 yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1048 sonli qaroriga muvofiq eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosadigan raqobatbardosh zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni yanada rag‘batlantirish, ichki tarmoq va tarmoqlararo, jumladan respublikaning kichik biznes va yirik korxonalari o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, aholi bandligiga ko‘maklashish maqsadida, shuningdek Respublika ikkinchi sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi yakunlarini hisobga olgan holda mazkur qarorga kiritilgan korxonalar 2011 yil 1 yanvargacha:
chetdan olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik jarayonida foydalaniladigan komponentlar uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
mahalliylashtirish loyihalari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar bo‘yicha
foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi (soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llaydigan subyektlar uchun);
mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari bo‘yicha mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilindi.
2011 yil esa “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” yili deb e’lon qilindi va 2011 yil 7 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PK-1474 sonli “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi to‘g‘risida” qarori qabul qilinib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish Davlat dasturi tasdiqlandi. Mazkur dastur doirasida quyidagi yo‘nalishlarga asosiy e’tibor qaratildi:
mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada rivojlantirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada tartibga solish yuzasidan qonunlar va qonun osti xujjatlarini tanqidiy baholab, tubdan qayta ko‘rib chiqish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish, xom ashyo resurlari, shuningdek, davlat xaridlari tizimidan foydalanish samaradorligini oshirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini rivojlantirish uchun zarur tashkiliy, huquqiy, moliyaviy mexanizmlarni takomillashtirish.
2011 yil 7 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PK-1475 sonli “Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb etishni kengaytirish to‘g‘risida” qarori qabul qilinishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rivojlanishida yanada imkoniyatlar kengaytirildi. Unga ko‘ra davlat xaridlariga kichik biznes subyektlarini keng joriy qilish tizimi qonunchilik bilan tasdiqlandi.
2011 yil 24 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4354 sonli “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muxitini shakllantirishga doir qo‘shimcha qo‘shimcha chora
tadbirlar to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga ko‘ra kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga davlat boshqaruvi funksiyalarini qisqartirish, ko‘proq erkinlik berish, hisobotlarni topshirish mexanizmini soddalashtirish, ya’ni bosqichma- bosqich elektron tizim bo‘yicha taqdim etishga o‘tish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq, bojxona hamda boshqa to‘lovlar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishga ko‘maklashadigan qo‘shimcha imtiyoz hamda pereferentsiyalar berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmini takomillashtirish, soddalashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tashqi iqtisodiy faoliyati keng ishtirok etish uchun qulay sharoitlar yaratish belgilandi.
Shuningdek, ushbu farmonga ko‘ra 2011 yil 1 sentyabrdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan tijorat banklarida milliy valyutada hisob raqami ochganlik uchun to‘lov undirilishi bekor qilindi, kredit ajratish xaqidagi arizalarni ko‘rib chiqish uch bank kunidan oshmaydigan muddat cheklash, bank muassasalariga eng kam ish xaqiining yigirma barobarigacha bo‘lgan naqd pul tushumini mustaqil topshirish xuquqi berildi.
2015 yil mamlakatimizda qabul qilingan qator qonunlar va qonunchilik hujjatlari huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat organlari va ma’muriy tuzilmalarning tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvini bartaraf etish uchun qat’iy tartib o‘rnatish va ana shu idoralarning rahbarlari hamda mansabdor shaxslarining javobgarligini oshirish bo‘yicha katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari bilan o‘zaro munosabatlarda tadbirkorlar huquqlarining ustuvorligi tamoyili joriy etildi.
Tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilishni soddalashtirish va ularning faoliyat yuritishini yengillashtirish bilan bog‘liq 40 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, yangi tartib bo‘yicha, agar shaxs soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish bilan bog‘liq jinoyatni birinchi marta sodir etgan bo‘lsa va huquqbuzarlik aniqlanganidan so‘ng 30 kun ichida davlatga yetkazilgan zararni to‘liq qoplasa, unga nisbatan jinoiy ish
qo‘zg‘atilmaydi va u javobgarlikka tortilmaydi.18
Xususiy mulkdorlar va tadbirkorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilish, ularning faoliyati kafolatlarini kuchaytirish masalasini hal etishda sud organlari rolini oshirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Sudlar tegishli da’vo arizasi ko‘rib chiqilayotgan paytda tadbirkorlik subyekti nazorat organining qaroridan norozi bo‘lsa, uning ijrosini to‘xtatib turish huquqiga ega bo‘ldi.
Agar tadbirkorlik subyekti soliq va bojxona qonunchiligini buzgan bo‘lsa, uning mulki faqat sud qaroriga binoan musodara qilinishi mumkinligini belgilaydigan qonun normasi joriy etildi, da’vo arizasini ko‘rib chiqish muddatlari ham sezilarli ravishda qisqartirildi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan tashkiliy xuquqiy asoslar mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirishga qulay imkoniyatlar yaratilganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |