Ikkinchi bob bo‟yicha xulosa
―Ipoteka-bank‖ aksiyadorlik tijorat ipoteka banki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 16 fevraldagi ―Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-10-sonli qaroriga binoan, ―O‘zuyjoyjamg‗armabank‖ va ―Zaminbank‖lari negizida tashkil topgan. Ushbu qarorda bank oldiga uzoq muddatli ipoteka krediti berish tizimini joriy etish, uy-joy quruvchi tashkilotlarga kredit ajratish hamda ushbu maqsad uchun mahalliy va xorijiy investitsiya mablag‗larini jalb qilish, bankning respublika bo‗yicha filiallar tarmog‗ini rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy, tejamkor qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga kredit ajratish kabi ustuvor vazifalar qo‗yilgan.
Ipoteka-bank ipoteka kreditlarini berish va uy-joy qurilishini moliyalash bo‗yicha tajriba to‗plagan yetakchi moliya muassasasi.
53
Bankning korporativ qadriyatlari - jamoaviy ruh, yangicha fikrlash, ijobiy munosabat, ajoyib sifat - bank missiyasini amalga oshirishda muhim rol o‗ynaydi.
―Ipoteka-bank‖ aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining Chilonzor filialida 2015-2017 yillar daromad va harajatlar balansi keltirilgan. 2017 yilda xizmat ko‘rsatishdan sof foyda 108470,0 mln. so‘mni 2016 yilda 50303,0 mln. so‘mni tashkil etgan. O‘tgan yilga nisbatan joriy yilda 58167,0 mln. so‘m foyda ko‘rilgan. Ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi 2016 yilda 485440 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilda 498530,0 mln. so‘mni tashkil etgan ya‘ni 13090,0 mln. so‘mga ortgan. Shu bilan birga davr, sotish xarajatlari, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarzlar xarajatlari, asosiy vositalar amortizatsiya summasi, boshqa operatsion xarajatlar, moliyaviy faoaliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar ortganligi jadvalda o‘z aksini topgan. Biz yuqoridagi natijalardan ko‘rib turibmizki, bank faoliyati ijobiy holatda. Yildan yilga xizmat ko‘rsarishdan sof foyda, xizmat ko‘rsatishdan yalpi moliyaviy natija oshib bormoqda. Bularning hammasi bankda marketing faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilganligidan dalolat beradi.
Bank marketingining o‗ziga xos xususiyati bankdagi butun boshqaruv tizimini kredit-moliya sohasida yuz berayotgan jarayonlarga qaratishdan iborat. Marketing xatti-harakatlari obyekti puldir, shuning uchun bank sohasida marketing birinchi navbatda pul aylanmasini tezlashtirishga qaratilgan.
Tijorat banklarining asosiy daromad keltiruvchi operatsiyalari bu - kredit operatsiyalaridir. Shu sababli bank kredit operatsiyalari bo‗yicha oladigan daromadi va u bo‗yicha tavakkalchilik darajasini aniqlashi lozim. Bankning kredit siyosati - kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlar tomonidan kredit portfelini samarali boshqarishga doir ko‘rsatmalar bilan ta‘minlovchi hujjatdir.
―Ipoteka-bank‖ aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining Chilonzor filialining kredit qo'yilmalari 2017-yil 1-yarim yillikda 24,6 mlrd. so'mni tashkil qilgan bo'lib, bularning natijasida kutilgan foyda miqdoriga erishilmoqda.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |