11-rasm. “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Chilonzor filialining tashkiliy tuzilmasi.19
11-rasmda ―Ipoteka-bank‖ aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Chilonzor filialining tashkiliy strukturasi keltirilgan. Ushbu struktura boshqaruvning chiziqli funktsional turiga mansubdir. Bu boshqaruv strukturasi rahbarlar va struktura bo‘g‘inlarini har xil vazifalarga va aniq bo‘linmalarda boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo‘g‘iniga muayyan funktsiyalar biriktirib qo‘yiladi.
―Ipoteka-bank‖ aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Chilonzor filialining boshqarish apparatini funktsional ixtisoslashtirish uning samaradorligini ancha
19―Ipoteka-bank‖ aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining Chilonzor filialining ma'lumotlari asosida tuzilgan.
41
oshiradi. Boshqarishning hamma funktsiyalarni bajarishi lozim bo‘lgan universal rahbarlar o‘rniga o‘z sohasini puxta biladigan, o‘z shtatiga ega bo‘lgan, o‘ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxasislar apparati jalb qilingan.
―Ipoteka-bank‖ aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Chilonzor filialining funktsional bo‘linmalar bevosita barcha quyi struktura bo‘linmalarining faoliyatini boshqaradi. Filialda funktsional boshqarish u yoki bu funktsiya kompetentsiyasiga ta‘luqli tor doiradagi masalalar bo‘yicha quyi bosqichning organlari va bo‘linmalari faoliyatiga rahbarlikni ta‘minlaydi. Bankda funktsional bo‘limlar rahbarlarining vertikal bo‘yicha ierarxiyasi va bo‘ysinishi mavjud. Ammo chiziqli strukturadan farqli o‘laroq, bunday bo‘ysinishi ma‘muriy emas, balki sof uslubiy maslahatli bo‘ysinishdir.
―Ipoteka-bank‖ aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Chilonzor filialining tashkiliy strukturasida bank faoliyatini samarali olib borishi uchun zarur bo‘lgan barcha funktsional bo‘limlar tashkil etilgan. Ayni vaqtda xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning barchasi uchun muhim bo‘lgan marketing bo‘limi unumli faoliyat olib borib, ijobiy natijalarga erishmoqda. Hozirgi raqobat sharoitida bank xizmatlarini marketingini amalga oshirishda, mijozlar ehtiyojini qondirishga qaratilgan yangidan yangi xizmatlarni taklif etish hamda yuqori daromad olish uchun marketing bo‘limini ishi rivojlantirilsa va takomillashtirilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Iqtisodiy tahlilning asosiy mazmuni iqtisodiy qonunlardan foydalangan holda xo‘jaliklarda, uning tarmoqlari va tarkibiy bo‘limlarida samaradorlikni oshirish maqsadida imkoniyatlarni axtarib topish va ulardan samarali foydalanish yo‘llarini aniqlashdir. Bank faoliyatini tahlil qilishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri - taqqoslash usulidan foydalanildi. Bu usulda ko‘rsatilgan xizmatlar tovarlar, sof foyda, soliq to‘langungacha bo‘lgan foyda, asosiy fondlar qiymati, kapital qo‘ylmalarar, asosiy faoliyatning foydasi, moliyaviy faoliyatning daromadlari va harajatlari, daromad solig‘ini to‘lagunga qadar foyda, yalpi foyda, foydadan soliq va ajratmalar, kabi bir necha iqtisodiy ko‘rsatkichlardan ifodalandi.
42
Do'stlaringiz bilan baham: |