113
fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining davlat ilmiy-texnik dasturlari
doirasida grantlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalar, noyob ilmiy
obyektlarni va fanga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarni saqlab turish, ilmiy loyihalar
ekspertizasini o‘tkazish hamda qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasining
respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladigan fanga doir alohida tadbirlar xarajatlari;
davlat arxivlarini saqlab turish xarajatlari;
respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda mehnat faxriylari uchun
pansionatlar va sanatoriylarni, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarini saqlab turish,
shuningdek qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining
respublika byudjetidan
moliyalashtirilishi nazarda tutilgan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar
xarajatlari;
davlat mukofotlari, davlat pul mukofotlari bilan taqdirlanganligi munosabati bilan bir
yo‘la beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini to‘lash xarajatlari;
bolalikdan nogironlarga va bola tug‘ilganda
beriladigan nafaqalarni, qonun hujjatlarida
ayrim toifadagi shaxslarga belgilangan kompensatsiyalarni to‘lash uchun vakolatli organga
mablag‘lar ajratish xarajatlari;
Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-
yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash, ayrim toifadagi shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va
kompensatsiyalarni to‘lash xarajatlari jamoat ishlarini moliyalashtirish.
* O‟zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 70-moddasidan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar byudjetlari va
Toshkent shahrining shahar byudjetidan hududiy
ahamiyatdagi tadbirlarga va
hududiy tasarrufdagi byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarga,
tumanlar va shaharlar byudjetlaridan esa mahalliy darajadagi tadbirlarga va
byudjetdan mablag‘ oluvchilarga xarajatlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, davlat byudjeti xarajatlari tarkibida moliya yili mobaynida
iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qo‘shimcha, ko‘zda tutilmagan
xarajatlarning o‘z vaqtida hamda uzluksiz moliyalashtirilishini ta‘minlash
maqsadida tegishli byudjetlarga tushadigan daromadlar hisobidan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika
byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining
va Toshkent shahri shahar
byudjetining, shuningdek, tumanlar va shaharlar byudjetining zaxira jamg‘armalari
shakllantiriladi. Bu jamg‘armalarning miqdori makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
prognozi va davlat byudjetining asosiy parametrlari bilan birga tasdiqlanadi,
mahalliy byudjetlarning zaxira jamg‘armalari esa tegishli byudjetlar parametrlari
tasdiqlanayotganda belgilanadi.
Zaxira jamg‘armalariga tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari egalik qiladilar, mablag‘lardan
foydalanish to‘g‘risidagi moliya organlari bilan dastlab
kelishilgan takliflar
tashabbuskorlar tomonidan tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga belgilangan tartibda kiritiladi
va ularning qarorlarida ko‘rsatilgan aniq maqsadlarga va miqdorlarda sarflanadi.
114
Zaxira jamg‘armalaridan mablag‘lar ajratilgan tadbirlar muayyan muddatga ega
bo‘lsa, ushbu muddatda foydalanilmay qolgan mablag‘lar tadbirlarni o‘tkazish
muddati tugaganidan keyin o‘n ish kuni ichida tegishli zaxira jamg‘armasiga
tiklanadi. Zaxira jamg‘armasidan mablag‘ oluvchilar Moliya vazirligi va tegishli
hududiy moliya organlariga tegishli zaxira jamg‘armasidan
ajratilgan
mablag‘lardan foydalanilishi to‘g‘risida har chorakda hisobot taqdim etadilar.
Xulosa qilib aytganda, davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va tuzilishi
davlatning xarakteri, uning bajaradigan funktsiya va vazifalari, iqtisodiyotni davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamlari, ijtimoiy sohalardagi davlatning
kafolatlari, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning yo‘nalishlariga
bog‘liq bo‘ladi. So‘nggi yillarda byudjet sohasida bo‘layotgan yangiliklar, byudjet
qonunchiligidagi o‘zgarishlar esa mamlakatimizda ishlab chiqarish, kichik biznes
va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyot barqarorligini ta‘minlash, aholiga
munosib yashash va ishlash sharoitlarini yaratishdek ezgu maqsadlarga xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: