66
olimlari A.M.Babich va L.N.Pavlova tomonidan tayyorlangan ―Finansi‖ nomli
darsligida berilgan: ―Byudjetlararo munosabatlar davlat hokimiyat organlari, markaziy
hokimiyat va mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlari o‗rtasida byudjetlarni tuzish va
ijro etish hamda byudjet jarayonini tashkil etish bilan bog‗liq huquq va majburiyatlar,
vakolatlarning biriktirilishi va chegaralanishiga oid munosabatlar majmuidir‖
1
.
Ushbu ta‘rifni ham yetarlicha aniq berilgan deb hisoblab bo‗lmaydi, chunki u
mazkur muammoni hal etishning huquqiy asoslarini ko‗rib chiqish va tayyorlash
jarayonidagi munosabatlarnigina aks ettiradi. Byudjetning
ijro etilishi davomida
mablag‗larning bir byudjet bo‗g‗inidan boshqasiga yoki bir darajadagi byudjetlar
o‗rtasidagi haqiqatdagi harakati haqida ushbu ta‘rifda umuman fikr bildirilmagan.
Byudjetlararo munosabatlar mazmuni va turli adabiyotlarda talqin etilish
darajasini tahlil etish natijasida shunday xulosa qilish mumkin: byudjetlararo
munosabatlar sodir bo‗layotgan byudjet tizimi darajalariga ko‗ra ularni byudjet tizimi
pog‗onalari o‗rtasidagi va bir darajadagi byudjet bo‗g‗inlari o‗rtasidagi munosabatlarga
bo‗lish mumkin. Demak, ―byudjetlararo munosabatlar‖ tushunchasi, bizning
fikrimizcha, quyidagilarni o‗z ichiga olmog‗i lozim:
−
byudjet jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlarning birmuncha to‗liqroq
tarkibini;
−
davlat
hokimiyati
boshqaruv
organlarining
o‗zaro (bir darajadagi)
munosabatlarini;
−
quyi byudjet bo‗g‗inlarining respublika byudjeti bilan o‗zaro munosabatlarini;
−
moliyaviy yordamning
nafaqat yuqoridan quyiga, balki quyi byudjetlardan
yuqori byudjetlarga ham berilish holatlarini va hokazo.
Bulardan kelib chiqib, byudjetlararo munosabatlarning iqtisodiy voqelik sifatidagi
tabiatini tahlil qilish asosida quyidagilarni ta‘kidlash zarur:
−
birinchidan, byudjetlararo munosabatlar - keng qamrovli byudjet siyosatini
markaziy va hududiy darajada amalga oshirish jarayonining ajralmas qismidir;
−
ikkinchidan,
byudjetlararo
munosabatlar
byudjet
siyosatining
boshqa
yo‗nalishlariga nisbatan birlamchi ahamiyat kasb etadi;
−
uchinchidan, byudjetlararo munosabatlar — nafaqat boshqaruvning turli
darajalaridagi hokimiyat organlari o‗rtasidagi munosabat, balki eng avvalo,
mamlakatning ma‘muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari o‗rtasida markaz orqali
shakllangan va davlat hokimiyatiga uning aniq funksiyalarini
hududiy darajada
bajarish, jamiyat taraqqiyoti uchun normal sharoitlarni yaratish maqsadida berilgan
barcha pul mablag‗larining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonidagi
munosabatlardir;
−
to‗rtinchidan, hududlardan, joylardan markaziy hokimiyat (respublika
darajasi)ga mablag‗lar tushib turishining ta‘minlanishi o‗z navbatida ularga davlat
boshqaruvi bo‗yicha aniq vazifalar va majburiyatlarning bajarilishini talab qilib olish
huquqini ham beradi, bu holat respublika davlat hokimiyatining o‗z
hududlari
manfaatida yagona va samarali boshqaruvni ta‘minlaydi. Shu bilan birga, respublika
byudjetidan mahalliy byudjetlarga mablag‗larni ajratilishi mamlakatni markazdan
1
Babich A. M. Finansi : Uchebnik/ A. M. Babich, L. N.Pavlova. -M.: ID FBK-PRESS, 2000.
67
boshqarishda mahalliy byudjetlar zimmasidagi majburiyatlarning bajarilishi uchun
dastak yaratadi hamda hududlarda ma‘lum mahalliychilik kayfiyatlari yuzaga
kelishining obyektiv asoslarini bartaraf etadi;
−
beshinchidan, byudjetlararo munosabatlar - bu mutlaqo
teng ahamiyatli tarzda
quyidan yuqoriga va yuqoridan quyiga harakatlanuvchi moliyaviy oqimlardir. Ushbu
munosabatlarsiz turli darajadagi byudjetlarni muvaffaqiyatli shakllantirib bo‗lmas edi.
Shu sababli ushbu moliyaviy oqimlar mahalliy byudjetlarni shakllantiruvchi ta‘sirchan
omil hisoblanadi.
Shunday qilib, byudjetlararo munosabatlarga quyidagicha ta‘rif berishimiz
mumkin:
“Byudjetlararo munosabatlar - davlat byudjet mexanizmining muhim
ajralmas elementi bo„lib, mamlakatning ma‟muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari
o„rtasida markaziy boshqaruvning markazdan turib barcha moliyaviy oqimlarni
taqsimlash jarayonini oqilona tartibga solishni ta‟minlaydi va bundan tashqari,
markaziy hukumatning aniq funksiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida
huquq va majburiyatlarni o„zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat
byudjetida jamlangan pul mablag„larining ushbu subyektlar o„rtasida qayta
taqsimlanishini o„z ichiga oluvchi munosabatlar yig„indisidir”
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: