KUBA davlati Tayyorladi:Qobiljonov Jamshidbek KUBA - Kuba(Cuba), Kuba Respublikasi (República de Cuba) — Vest-Indiyadagi davlat. Kuba orol va Katta Antil orollari guruhiga kiruvchi 1600 dan ortiq mayda orolda joylashgan. Maydoni 110,86 ming km². Aholisi 11,2 mln. kishi (2001). Poytaxti — Ganava shahri
Maʼmuriy jihatdan 14 viloyat (provincia)ra, viloyatlar munitsipiyalarga boʻlingan.
Kuba davlat bayrog’i: Kuba davlat gerbi: Davlat tuzumiTahrirlash - Davlat tuzumiTahrirlash
- K. — sotsialistik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1976 yil umumxalq referendumida maʼqullangan, unga 1992 yilda tuzatishlar kiritilgan. Davlat hokimiyatining oliy organi va qonun chiqaruvchi organ — Xalq hokimiyati milliy assambleyasi; uning deputatlari orasidan Davlat kengashi raisi, uning birinchi oʻrinbosari va 5 oʻrinbosari, kotibi va 23 aʼzosi saylanadi. Davlat kengashining raisi (Fidel Kastro Rus) davlat va hukumat boshligʻi hisoblanadi, milliy mudofaa kengashiga boshchilik qiladi. Oliy ijroiya organi — Vazirlar kengashi (hukumat). Uning aʼzolari Xalq hokimiyati milliy assambleyasi tomonidan tasdiqlanadi.
TabiatiTahrirlash - TabiatiTahrirlash
- K. hududi, asosan, tekislik. Qir va togʻlar K.ning 1/3 qismini egallagan. Kuba o.ning markaziy qismida Guamuaya togʻi bor (balandligi 1156 m). Eng baland togʻlar mamlakatning janubi-sharqida. Janubiy sohili boʻylab Syerra-Maestra togʻlari choʻzilgan (balandligi 1974 m li Turkino choʻqqisi K.ning eng yuqori nuqtasi). Mis, marganets, asbest, tosh tuz, fosforit, neft, gaz, xromit konlari va boshqa, Xuventud (Pinos) o.da nikel, kobalt, temir, marganets, volfram rudalari, qurilish materiallari, jumladan, marmar va kaolin konlari bor.
- Iqlimi — tropik, yil davomida havo harorati va nisbiy namlik yuqori darajada boʻladi, yomgʻirli mavsum — may — oktabr Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 22,5°, avgustniki 27,8°. Minimal temperatura 5° dan yuqori, maksimal temperatura 40°ga yetadi. Yillik yogʻin tekisliklarda 1000– 1200 mm, togʻlarda 2200 mm gacha. Qurgʻoqchilik mavsumi noyabrdan aprelgacha, asosan, K.ning janubidagi tekisliklarida roʻy beradi, dahshatli dovul va tropik siklonlar boʻlib turadi. Daryolarining koʻpi qisqa, serostova va kam suv. Eng katta daryosi — Kauto (oʻz. 370 km) Syerra-Maestra togʻlaridan boshlanadi. Daryolari, asosan, yomgʻir suvidan toʻyinadi.
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalariTahrirlash - Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalariTahrirlash
- K. kommunistok partiyasi, 1961 yilda 3 tashqilot: K. xalq sotsialistax partiyasi, "26 iyul harakati" va "13 mart inqilobiy direktorati"ning birlashuvi natijasida vujudga kelgan. K. mehnatkashlari kasaba uyushma markazi 1939 i. da tuzilgan, 19 ta tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi.
SanoatiTahrirlash - SanoatiTahrirlash
- Qand-shakar ishlab chiqarish — K. sanoatining yetakchi tarmogʻi. Eng katta va texnik jihatdan yaxshi uskuvalangan zavodlar Santyago-de-Kuba va Kamaguey viloyatlarida. Oziq-ovqat sanoati (qanddan tashqari) un tortish va non yopish korxonalaridan, goʻsht kombinatlari, sut-sariyogʻ, moy zavodlari va boshqa dan iborat. Soya moyi va aralash yem, yer yongʻoq, palma moylari va boshqa ishlab chiqariladigan zavodlar bor. Tamaki mahsulotlari ishlab chiqariladigan f-kalar mavjud. Kimyo sanoati, asosan, chetdan olinadigan xom ashyo va yarim fabrikat asosida ishlaydi. 1 yilda oʻrtacha 15,8 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi.
- Gazlama va toʻqimachilik buyumlariga boʻlgan ehtiyoj 50—60% taʼminlanadi. Toʻqimachilik kombinati va f-kalari bor. Koʻn poyabzal sanoati mamlakat ehtiyojini asosan taʼmin etadi. K.da yirik sement zavodi, temir-beton konstruksiyalar, gʻisht va boshqa zavodlar, uysozlik kombinati, oyna-shisha kombinati bor.
- Konchilik sanoati va rangli metallurgiya nikelli, misli va boshqa ruda qazib olish va ularni boyitish korxonalaridan iborat. Nikel qazib chiqarishda K. dunyoda 3-oʻrinda turadi. Qishloq xoʻjaligi mashinalari, dizel motorlari zavody, elektrodlar fabrikasi, kema qurish va taʼmirlash korxonalari mavjud. Soʻnggi vaqtlarda xalqaro sayyohlik rivojlanib, valyuta tushumlari manbalari orasida birinchi oʻringa chiqdi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |