255
uy-internatlarda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va
xizmat ko‗rsatish;
nogironlarni ortopediya-protez buyumlar va harakatlanish
vositalari bilan
ta‘minlash;
bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va
ularni tarbiyalash;
nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish;
aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari ko‗rsatish;
imtiyozli aholi qatlamlarini dori-darmonlar bilan ta‘minlash;
uyda ijtimoiy xizmat ko‗rsatish va boshqalar.
Bu xizmatlarning ayrimlari byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi
hisobidan moliyalashtirilsa (masalan: yoshga doir, boquvchisini yo‗qotganlik va
nogironlik pensiyalari, bola tug‗ilganda beriladigan bir martalik nafaqa, dafn
marosimlari uchun nafaqa kabi), ayrimlari (masalan:
qariyalar va nogironlar
uylarini saqlash, bepul ortopediya-protezlash vositalari bilan ta‘minlash, uyda
ijtimoiy yordam ko‗rsatish kabi) davlat byudjeti (respublika byudjeti va mahalliy
byudjetlar) hisobidan, boshqa birlari (masalan, aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari
ko‗rsatish) kasaba uyushmalari hisobidan mablag‗ bilan ta‘minlanadi.
Ijtimoiy ta‘minot tushunchasini yoritishga bag‗ishlangan fikrlarimizni
nihoyasiga etkazib shuni ta‘kidlaymizki, bepul ta‘lim, uy-joy bilan bepul
ta‘minlash kabi ijtimoiy yordam turlari, garchi aholining ijtimoiy ahvolini
engillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar
sirasiga kirsa-da, ijtimoiy ta‘minot
tarkibiga kirmaydi, balki davlatning ijtimoiy kafolatlarini ta‘minlash chora-
tadbirlari
qatorida
davlat
byudjeti
va
boshqa
davlat
mablag‗laridan
moliyalashtiriladi.
Ijtimoiy ta‘minot tizimining zarurligi va ahamiyati uning funksiyalarida
namoyon bo‗ladi. Iqtisodiy va huquqiy adabiyotlarda ijtimoiy ta‘minotning
quyidagi funksiyalarni bajarishi ko‗rsatilgan:
iqtisodiy, siyosiy, demografik,
ijtimoiy-reabilitatsion funksiyalar.
Ijtimoiy ta‟minotningiqtisodiy funksiyasi
fuqarolarning
qiyin hayotiy
holatlarda moddiy qo‗llab-quvvatlanishida, fuqarolarga mehnat qobiliyatini qayta
tiklab olish uchun moddiy yordam berilishi natijasida mehnat unumdorligining
oshishi va ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki berishda namoyon bo‗ladi.
Ijtimoiy ta‟minotning siyosiy funksiyasi
aholining turli ijtimoiy qatlamlari
ijtimoiy holati darajasini bir-biriga yaqinlashtirish, har bir insonga munosib hayot
kechirish
uchun sharoit yaratish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasida ijtimoiy
munosabatlarni barqarorlashtirishga qaratilgan.
Demografik funksiyasi
mamlakat aholisining son jihatdan o‗sishini
rag‗batlantirish, sog‗lom avlodni etishtirish, fuqarolarning umr ko‗rish
davomiyligini oshirish kabilarga qaratilgan.
Ijtimoiy ta‟minotning ijtimoiy-reabilitatsion funksiyasi
keksa va mehnat
qobiliyati bo‗lmagan fuqarolarning o‗ziga xos spetsifik
ehtiyojlarini qondirish
bilan bog‗liq bo‗lib, ularning huquqiy maqomini saqlash va sog‗lig‗ini muhofaza
256
qilish uchun qulay sharoitlarni yaratishda namoyon bo‗ladi. Amalda bu
funksiyaning namoyon bo‗lishini fuqarolarning ayrim toifalarini qariyalar uylarida
saqlash, boshqa bir toifadagilarni ortopediya-protezlash vositalari bilan ta‘minlash,
uchinchilariga uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatishda ko‗rish mumkin.
Bizning fikrimizcha, ijtimoiy ta‘minot yana bir, bizning nazarimizda juda
muhim funksiya –
ijtimoiy himoyalash funksiyasini
bajaradi. Jamiyat, o‗z
fuqarolariga ijtimoiy ta‘minotni taqdim etar ekan, birinchi navbatda o‗z oldiga
ularni ijtimoiy himoya qilishdek o‗ta muhim vazifani qo‗yadi, zero qiyin hayotiy
holatlarda ularni himoyalash, turli (moddiy, jismoniy, ruhiy,
yosh bilan, oilaviy
vaziyat bilan bog‗liq) muammolarni hal qilishda yordam berish ijtimoiy
ta‘minotning zarurligi va ahamiyatini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: