187
aqliy rivolanishda ortda qolgan bolalarni o‗qitishning
maxsus dasturlarini
amalga oshirish;
salomatligi tufayli imkoniyati cheklangan bolalarni uyda o‗qitish;
alohida fanlarni chuqurlashtirib o‗qitish dasturlarini amalga oshirish.
Garchi tuzatuvchi koeffitsientlarni qo‗llash natijasida alohida olingan
muassasa oladigan mablag‗lar summasi o‗quvchilar sonidan tashqari, boshqa bir
qator omillarga bog‗liq bo‗lsada,
har holda, muassasalar, hajmlari obyektivlik va
shaffoflik tamoyillari asosida aniqlangan pul mablag‗lariga ega bo‗ladilar. Lekin,
formulani ishlab chiqishda shunga alohida e‘tibor berish kerakki,
formulada
tuzatuvchi koeffitsientlar soni qancha ko‗p bo‗lsa, formula tushunish va qo‗llash
uchun shuncha murakkablashadi, bu esa jon boshiga moliyalashtirish tamoyillariga
ziddir.
Byudjet
mablag‗lari
hisobidan ta‘minlanadigan aksariyat byudjet
tashkilotlari kabi, ta‘lim muassasalari ham o‗z faoliyatlari bilan bog‗liq
ehtiyojlarini qondirish uchun zarur mablag‗larning yetishmasligi muammosiga
duch keladilar. Ushbu muammolar byudjet mablag‗lariga bo‗lgan ehtiyojni
an‘anaviy tartibda (ya‘ni ish natijalaridan qat‘i nazar, smetalarni sinf(guruh)lar
soni, o‗quv
soatlari soni, kvadrat metrlarda hisoblanadigan muassasa maydoni,
o‗tgan yildagi haqiqiy xarajatlar kabi natural va qiymat me‘yorlaridan foydalanib
ishlab chiqish) aniqlash bilan bog‗liq holda yuzaga keladi. Muassasa tomonidan
hisoblangan byudjet mablag‗lariga bo‗lgan ehtiyoj mahalliy (hududiy) moliya
organlari yoki mahalliy boshqaruv darajasida (masalan, tuman/shahar xalq ta‘limi
bo‗limlarida) ko‗rib chiqiladi va tegishli byudjet imkoniyatlaridan
kelib chiqib
tuzatishlar kiritiladi. Bunda ta‘lim muassasasi uchun ajratilayotgan byudjet
mablag‗larining haqiqiy miqdori aksariyat hollarda muassasa tomonidan hisoblab
chiqarilgan va aniqlangan ehtiyojga nisbatan ancha kam bo‗ladi. Alohida olingan
muassasaning tasdiqlangan byudjeti xarajat moddalari bo‗yicha
batafsil yoyib
chiqilgan xarajatlar ro‗yxatidan iborat bo‗ladi. Muassasalar oyma-oy ushbu
ro‗yxatga muvofiq xarajatlarning har bir moddasi bo‗yicha byudjet mablag‗larini
oladilar.
Amaliyotda muassasalar o‗z ehtiyojlari uchun zarur bo‗lgan xarajat
miqdorlarini oshirib ko‗rsatishdan manfaatdor bo‗ladilar, ammo qat‘iy xarajat
moddalari asosida byudjetdan moliyalashtirish jarayoni ta‘lim
muassasalari
rahbarlarining mablag‗larni taqsimlashdagi qarorlar qabul qilish bo‗yicha
mustaqilligini cheklab qo‗yadi. Moliyalashtirishning ushbu tizimini qo‗llash
oqibatida ta‘lim muassasalarini boshqarishdagi mustaqillik ma‘lum darajada
cheklanib qoladi. Natijada muassasa rahbarlari ta‘lim sifati va samaradorligini
oshirish maqsadida o‗z resurslarini samarali boshqarish imkoniyatidan mahrum
bo‗ladilar.
Bu sohada islohotlarning zarurligi va muhimligini
hisobga olgan holda,
respublikaning ayrim hududlarida byudjet mablag‗larini rejalashtirish bo‗yicha
tajriba
loyihalarini
boshlash,
ushbu
loyihalar
doirasida
jon
boshiga
moliyalashtirishning yangi tizimini sinab ko‗rish to‗g‗risida qaror qabul qilindi.
Loyiha dastlab umumta‘lim muassasalarini qamrab oldi. Bu kabi loyihalar ta‘lim
188
muassasalari uchun ajratiladigan byudjet resurslarini boshqarish va muassasa
byudjetini shakllantirishning muqobil mexanizmlarini joriy etish maqsadlarini
ko‗zlab amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: