186
ajratiladi. Moliyalashtirish formulasi: (1) har bir ta‘lim muassasasiga ajratiladigan
resurslar
miqdorini; (2) ta‘lim muassasasiga ajratiladigan resurslar miqdorini
aniqlashda hisobga olinishi lozim bo‗lgan omillarni aniqlash imkonini beradi.
Ta‘limda byudjet mablag‗larini taqsimlashning
“pul o„quvchining ortidan
boradi”
gan tamoyilga (―pul o‗quvchining ortidan boradi‖gan tamoyilda
mablag‗lar muassasaga o‗quvchi soniga ko‗ra ajratiladi, agar o‗quvchi
boshqa
maktabga yoki bog‗chaga o‗tib ketsa, pul ham uning orqasidan shu muassasaga
o‗tib ketadi) asoslangan jon boshiga qarab moliyalashtirishdan iborat muqobil
mexanizmini tanlash quyidagi natijalarga erishishga qaratilgan:
ta‘limga ajratilgan byudjet mablag‗larini taqsimlash jarayonining shaffofligi,
obyektivligi
va aniqligini oshirish, muassasa byudjetini tuzish va tasdiqlash
jarayonlarida turli xil kelishuvlar, muvofiqlashtirishlarga
ketadigan vaqtni
kamaytirish;
xarajatlar asosida moliyalashtirish tamoyilidan voz kechish;
muassasa darajasida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish
(ta‘lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida), ota-onalar hamda Vasiylik
(Kuzatuv) kengashlari oldidagi hisob berish tizimini yaxshilash.
Eng oddiy shaklda o‗quvchi soniga ko‗ra moliyalashtirish
usulida byudjet
mablag‗larining har bir muassasaga taqsimlanadigan aniq summasi faqatgina shu
muassasadagi mavjud o‗quvchilar soniga bog‗liq: har bir maktab har bir o‗quvchisi
uchun bir xil summadagi mablag‗ni oladi. Amaliyotda bu formula, odatda,
maktabning joylashgan o‗rni, maktabning tipi kabi bir
nechta omillarni hisobga
oluvchi koeffitsientlar asosida korrektirovka qilinadi. Ta‘lim tizimlarida
moliyalashtirish formulasi qo‗llanilayotgan mamlakatlarda formulani ishlatishda
qaysi koeffitsientlarni qo‗llash lozimligi va turli omillarni hisobga olish uchun ular
soni nechta bo‗lishi kerakligi to‗g‗risida yagona yondashuv mavjud emas.
Masalan, Rossiyada moliyalashtirish formulasini qo‗llash
amaliyotida quyidagi
omillarni hisobga oluvchi koeffitsientlar ishlatiladi
1
:
maktablarning joylashgan o‗rnidagi farqlar (shahar va qishloq maktablari);
maktablarning hajmlaridagi farqlar (maktablarning fizik o‗lchamlari: bino va
inshootlarining hajmi, isitish tizimi, egallab turgan maydoni va sh.k);
ta‘lim turidagi farqlar (boshlang‗ich ta‘lim, kasb-hunar ta‘limi, umumiy
ta‘lim va sh.k.);
1
Финансирование школьного образования в Российской Федерации: опыт и проблемы.
Всемирный
банк/НФПК. М.: Изд. «Алекс», 2004. 16-стр.
Do'stlaringiz bilan baham: