57
daromadlari iqtisodiyotning alohida bir sektorida ushlanib qoladi. Bunday hollarda
bozor mexanizmi samarasiz ishlay boshlaydi va
iqtisodiy tanglik davrida
iqtisodiyotni barqarorlashtirishda bozor mexanizmi sust qatnashadi. Shuning
uchun, iqtisodiyotni tartiblovchi qo‗shimcha mexanizmlarni ishlab chiqish ehtiyoji
tug‗iladi. Ana shunday mexanizmlardan biri - bu davlatning iqtisodiyotni
tartiblovchi unsurlari – dastak va vositalaridir. Ana shu dastak va vositalar ichida
davlat byudjeti asosiy o‗rinni egallaydi. Davlat byudjeti davlatning qo‗lidagi
iqtisodiyot va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solish quroli bo‗lish
bilan birga, iqtisodiy kategoriya sifatida muayyan iqtisodiy munosabatlar
yig‗indisini tashkil etadi, bu munosabatlarni boshqarish davlat byudjetini va,
umuman, mamlakat byudjet tizimini boshqarishda namoyon bo‗ladi.
Byudjet tizimini boshqarish quyidagilarni nazarda tutadi:
byudjet tizimining asosiy tamoyillariga
amal qilgan holda byudjet
munosabatlarini boshqarish;
barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko‗rib chiqish, qabul qilish,
ijro etish jarayonlarini boshqarish;
byudjet jarayonida ishtirok etuvchi subyektlar, organlar va byudjet
mablag‗larini oluvchilar faoliyatini boshqarish.
Byudjet tizimini boshqarish ham boshqarish kategoriyasining barcha
funksiyalarini
bajaradi, ular orqali
byudjet tizimini boshqarish oldidagi
maqsad va vazifalar amalga oshiriladi.
Bu funksiyalar: rejalashtirish, tashkil
etish, muvofiqlashtirish,
nazorat va
rag‗batlantirish.
Byudjet tizimini boshqarish
tushunchasi
subyektiv
tushuncha
bo‗lib, u alohida vakolatli organlar
tomonidan amalga oshiriladi, ularning
vakolatlari O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, tegishli boshqaruv
organlari Nizomlari va boshqa me‘yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilab berilgan.
Byudjet tizimini boshqarish
obyektlari
bo‗lib
byudjet munosabatlari,
byudjetning daromadlar bo‗yicha shakllanishi va xarajatlar bo‗yicha bajarilishi,
byudjetlararo munosabatlar va shu kabi ijtimoiy-iqtisodiy pul munosabatlari,
shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan ajratilgan mablag‗laridan
foydalanish asosidagi xo‗jalik-moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Byudjet tizimini
boshqarish subyektlari
esa bevosita shu munosabatlarni boshqarish,
tashkil etish,
muvofiqlashtirish va nazorat qilishda ishtirok etuvchi muayyan vakolatlarga ega
bo‗lgan davlatning qonunchilik-ijroiya institutlari –
boshqaruv organlaridir.
Byudjet tizimini boshqarish subyektlarini, byudjet tizimini boshqarishdagi
vakolatlariga ko‗ra, quyidagicha guruhlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: