Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


Fiskal bosqich (1991-1995-yillar); 



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

 
Fiskal bosqich (1991-1995-yillar);

 
Noinflyatsion bosqich (1996-2002-yillar); 

 
Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish bosqichi (2003-2017-
yillar). 
Davlat byudjeti rivojlanishining birinchi bosqichi juda og‗ir kechdi. Bunga 
sabab, 
ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyotdan bozor 
iqtisodiyotiga o‗tayotgan davlatning byudjetini shakllantirish mamlakatda 
kechayotgan iqtisodiy inqiroz sharoitida (YAIM ishlab chiqarishning keskin 
Fiskal bosqich(1991-1995-yillar)ning vazifalari: 

yangi byudjet qonunchiligini yaratish;

soliq islohotlarini o‘tkazish; 

byudjetning xarajatlar qismini qayta tarkiblash

byudjet daromadlari va xarajatlarini balanslashtirishga erishish


51 
pasayishi, bu esa o‗z navbatida, davlat byudjeti daromadlarining qisqarishiga olib 
keldi) amalga oshirildi. Daromadlar va xarajatlarning samarasiz tarkibi byudjet 
inqirozining yuzaga kelishiga sabab bo‗ldi.
Bu bosqichda davlat byudjeti yaqqol namoyon bo‗luvchi fiskal xususiyatga 
ega edi. Turli-tuman soliqlarning mavjudligi va yuqori soliq stavkalarining amal 
qilishi davlat byudjetini muayyan darajada daromadlar bilan ta‘minlashga xizmat 
qildi. Byudjetning asosiy vazifalari davlatni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy 
islohotlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‗lar bilan ta‘minlash, milliy 
iqtisodiyotni barqarorlashtirish va yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratishdan 
iborat edi. 
Fiskal bosqich davri yuqori soliq stavkalari va soliq solish bazasining 
kengligi bilan tavsiflanadi, bu hol mamlakatda ishlab chiqarishning jadal 
rivojlanishiga to‗sqinlik qilar, iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun sharoit 
yaratish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatini 
rag‗batlantirish talablariga javob bermas edi. Ko‗p sonli imtiyozlarning kiritilishi 
esa ishlab chiqarishni kengaytirish va tadbirkorlikni rivojlantirishda kutilgan 
natijani bermadi, balki aksincha, soliq to‗lashdan bo‗yin tovlashga imkoniyat 
yaratdi. 
Iqtisodiy islohotlarning zamonaviy xalqaro amaliyoti davlat byudjetining 
makroiqtisodiy tartibga solish va boshqarish vositasi ekanligini ko‗rsatadi. 
Hukumat byudjet qonunchiligi yordamida xarajatlarning umumiy darajasini
byudjet taqchilligi va davlat qarzi hajmini nazorat qiladi. Natijada, qonunchilik 
makroiqtisodiy siyosatning quyidagi jihatlarini namoyon etadi:

Qonun 
chiqaruvchi 
va 
ijroiya 
hokimiyatlari 
o‗rtasida byudjet 
vakolatlarining taqsimlanishi;

hukumatning 
byudjet 
tartib-taomillari 
nazoratini 
cheklovchi 
va 
shaffofligini pasaytiruvchi yashirin yoki kvazibyudjet faoliyatining ta‘qiqlanishi;

makroiqtisodiy nazoratni ta‘minlash maqsadida byudjet taqchilligi, davlat 
qarzi va chetdan mablag‗ jalb qilishning cheklanishi. 
Byudjet islohotlarining ikkinchi bosqichi 1995-yilda davlat byudjeti va 
byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‗armalari mablag‗larini yagona 
konsolidatsiyalashgan byudjetga jamlash bilan boshlanib, buning natijasida davlat 
byudjetining shakllanishi va taqsimlanishi jarayoni ustidan ta‘sirchan moliyaviy 
nazoratni kuchaytirish imkoniyati vujudga keldi. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish