266
investitsiya qilishni rag‗batlantirish maqsadida korporativ
soliq stavkalarini
pasaytirsa, lekin byudjetning balansliligiga putur etkazmaslik uchun boshqa
soliqlarni ko‗paytirsa, yuqori darajadagi soliqlarni to‗lovchilar, bundan biror
darajada manfaatdor bo‗lmasalar ham, iqtisodiy samara uchun pul to‗lagan
bo‗ladilar.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning hukumatlari shaharlarda kambag‗allik
muammosini yumshatish maqsadida qishloq xo‗jalik mahsulotlari baholarini
nazorat qilish tadbirlarini joriy qilishga harakat qiladilar. Bu choralar qisqa muddat
ichida shahardagi qishloq xo‗jalik mahsulotlari chakana narxlarini pasaytirsada,
uzoq istiqbolda qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishiga putur etkazadi. Qisqa davr
mobaynida bir guruh - shaharlardagi iste‘molchilar foyda ko‗rsa,
jamiyatning
boshqa bir guruhi - qishloq xo‗jalik ishlab chiqaruvchilari iqtisodiy zarar
ko‗radilar. Pirovardida umumiy iqtisodiy ko‗rsatkichlar pasayadi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan iqtisodiy siyosat ham qayta
taqsimotning ko‗zda tutilmagan natijalariga olib kelishi mumkin. Inflyatsiya
sharoitida qat‘iy o‗rnatilgan yoki nisbatan qat‘iy daromadga ega bo‗lgan
shaxslarning sotib olish qobiliyati pasayadi. Bu shaxslarga ayniqsa pensiya
to‗lovlari hisobidan hayot kechiradigan pensionerlar, shuningdek, o‗z ish haqlarini
oshirshga ta‘sir ko‗rsata olmaydigan ishchi-xizmatchilar kiradi. Agar davlat
inflyatsiyaning sur‘atlarini pasaytirishga qaratilgan hech qanday chora ko‗rmasa,
uning bunday loqaydligi daromadlarning qat‘iy ish haqi oluvchilardan daromadlari
inflyatsiya bilan birga o‗sib boradigan shaxslar hisobiga ―qayta taqsimlanishiga‖
olib keladi.
Yuqori foiz stavkalari, odatda daromadlilik darajasi yuqori bo‗lgan oilalarga
ular tomonidan qilingan investitsiyalar bo‗yicha daromadlarning
oshishiga olib
keladi. Federal byudjetning yuqori darajadagi defitsitini qoplash uchun olingan
qarz, kelgusi avlod zimmasiga yuk bo‗lib tushadi va oxir-oqibatda avlodlarnig
o‗rtasidagi tengsizlikka olib keladi (moliyaviy boshqarish bobiga qarang).
Tengsizlik muammosini hal qilish. Adolatni ―teng imkoniyatlar‖
ma‘nosidagi mazmunini tushuntirib berish oson, lekin bevosita o‗lchash qiyin.
Absolyut miqdorlardagi adolatsizlikni o‗lchash birmuncha osonroq, shu sababli
ko‗pincha daromadlarning taqsimlanishidagi adolatsizlik
masalasi adolat va
adolatsizlik to‗g‗risidagi munozaralarning diqqat markazida bo‗ladi.
1960-yillardan beri Amerika Qo‗shma Shtatlarida daromadlarning
taqsimlanishidagi tengsizlik darajasi ahamiyatli darajada o‗sdi. Iqtisodiy hamkorlik
va taraqqiyot tashkiloti (Organization for Economic Cooperation and Development
- OECD) ning tahlillariga ko‗ra, 1980-yillarning o‗rtalaridan 2000-yillarning
so‗nggigacha Qo‗shma Shtatlarda tengsizlik ko‗rsatkichi yiliga bir yarim foizga
ko‗tarildi. Ammo G‗arbning sanoati rivojlangan ko‗pchilik mamlakatlarida ham bu
ko‗rsatkich taxminan shunday bo‗lgan
1
.1980-yillardagi daromadlarning qayta
taqsimlanishidagi tengsizlikning keskin oshib ketishiga, korporativ va shaxsiy
1
Society at a glance 2011: OECD social indicators. (2011). Paris: OECD. Retrieved November 20,
2011, from http:/ / www .oecd.org/document/24/0,3746,en_2649_34637_2671576_1_1_1_1,
00.html#data.
267
federal soliqlarning asosan boy odamlar foydasiga
kamaytirilishi va kam
ta‘minlangan shaxslarga qaratilgan ijtimoiy yordam dasturlarining qisqartirilishi
sabab bo‗ldi
1
. So‗nggi o‗n yilliklar mobaynida fond bozorlarining tez sur‘atlar
bilan rivojlanishi, keyingi davrlarda pastga qulash holatlari kuzatilgan bo‗lsa-da,
yuqori va quyi qatlamlar o‗rtasidagi farqni ahamiyatli darajada kattalashtirib
yubordi. Shunga qaramasdan, ipoteka krediti bo‗yicha haddan tashqari shishirib
yuborilgan ko‗pikning 2007 yilda yorilishi o‗rtacha daromadli soliq to‗lovchilarga
ikki yo‗nalishda ta‘sir ko‗rsatdi.
Birinchidan, uy-joylarning narxi keskin tushib
ketdi, o‗rtacha daromadli oilalar uchun esa ularning uy-joylari asosiy kapital aktiv
bo‗lib hisoblanar edi. Ikkinchidan, xuddi shu guruh o‗rtacha daromadli soliq
to‗lovchilarning farovonligi ularning pensiya jamg‗armalariga bog‗liq bo‗lib, bu
jamg‗armalarni ular, ko‗p hollarda pensiyaga chiqqach, moliya bozorlarida
investitsiya qiladilar. Bu bilan o‗rtacha
daromadli oilalar, albatta uy-joy
narxlarining pasayishiga ta‘sir ko‗rsatadilar va moliya borzori kasodga uchraydi.
Lekin ular, odatda, ancha diversifikatsiyalangan daromad manbalariga ega
bo‗ladilar.
Ayrim iqtisodchilar hukumatlar qayta taqsimotning faqat o‗rta va yuqori
daromadli qatlamlar uchungina yaxshi bo‗lgan salbiy ta‘sirini yumshatishlari zarur,
deb hisoblaydilar.
2
Ularning fikricha, davlat bandlikni ta‘minlashga va shu yo‗l
bilan ishsizlik darajasini kamaytirish uchun davlat subsidiyalarini ajratishga
qaratilgan siyosatni olib borishi lozim.
3
Demokratlar
esa avvalgi soliqlarni
kamaytirish
barcha
boy
qatlamlarga
proportsional
tarzda
qulaylik
tug‗dirmaganligini e‘tirof etadilar. Respublika partiyasidan nomzodlar va prezident
Obamaning soliqlarni ko‗paytirmasdan turib xarajatlarni kamaytirish to‗g‗risidagi
qarashlari har kim jamiyatga o‗zining adolatli ulushini qo‗shishi kerakligi
to‗g‗risidagi da‘volarga zid keldi
4
.
Yuqorida so‗z borgan OECDning tahliliga ko‗ra, tengsizlikni o‗lchash
me‘yorlar bilan solishtirish, tenglikni ta‘minlashda bu me‘yorlardan og‗ish
darajasini aniqlashdan iboratdir. 3-4-ilovada adolat va uning o‗lchovi
kontseptsiyasi namoyish qilingan bo‗lib, bir necha mamlakatda daromadlar
bo‗yicha tengsizlik darajasi solishtirilgan. Uning mohiyati tengsizlikning darajasini
aniqlab olish, so‗ngra davlatning tengsizlikni bartaraf etishga yo‗naltirilgan
maqsadga muvofiq siyosatini ishlab chiqishdan iborat.
Daromadlarni barqarorlashtirish siyosati. Daromadlarni barqarorlashtirish
siyosati iqtisodiy tengsizlik muammosini, salbiy daromad solig‗iga
har tomonlama
o‗ylab yondoshgan holda, bartaraf qilish yo‗llaridan biri hisoblanadi.
Bu daromadni kafolatlash, stavkalarni pasaytirish va zarar ko‗rmaydigan
daromad darajasini belgilashni nazarda tutadi. Kafolatlangan daromadda oilaga
keladigan transfer summasi nolga teng bo‗ladi, stavkalarni pasaytirish – oilaning
Do'stlaringiz bilan baham: