263
o‗zgalar parvarishiga muhtoj yolg‗iz fuqarolarga uyda xizmat ko‗rsatish xarajatlari
ham kiradi.
O‗zgalar parvarishiga muhtoj yolg‗iz fuqarolarga uyda xizmat ko‗rsatish
―Yolg‗iz qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam
ko‗rsatish xizmati‖ tomonidan tashkil qilinadi. Ushbu xizmat tuman va shahar
Bandlikka ko‗maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tarkibiy
tuzilmasi hisoblanadi va yolg‗iz fuqarolarga xizmat ko‗rsatuvchi ijtimoiy
xodimlardan tashkil topadi.
Ijtimoiy yordam ko„rsatish xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
-
fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari va sog‗liqni saqlash
muassasalari bilan birgalikda uyida o‗zgalar parvarishiga muhtoj, yolg‗iz
fuqarolarni aniqlash va hisobini yuritish;
-
yolg‗iz fuqarolarga homiylik yordamlarini ko‗rsatish maqsadida ularning
ilgari ishlagan mehnat jamoalari, jamoat birlashmalari va fuqarolarning o‗zini o‗zi
boshqarish organlari bilan aloqalarini olib borish;
-
yolg‗iz fuqarolarni internat-uylariga joylashtirish uchun ko‗maklashish.
Tuman yoki shahar bo‗yicha Uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatish xizmatida
qayd etilgan yolg‗iz fuqarolarga ushbu bo‗linmaning ijtimoiy xodimlari tomonidan
bevosita quyidagi ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatiladi:
-
zarur oziq-ovqat, sanoat mahsulotlari va dori-darmonlarni uyga etkazib
berish;
-
uy-joy ashyolari va kiyim-kechaklarni yuvish,
kimyoviy tozalashga
topshirish, ta‘mirlash va ularni etkazib berish;
-
zarur tibbiy yordam ko‗rsatish ishlarida, uy-joyni tozalashda, xonadon
ichidagi santexnik jihozlarni ta‘mirlashda ko‗maklashish;
-
qarindosh va do‗stlar bilan yozishmalar olib borish bilan bog‗liq iltimoslar
va boshqa turdagi bir martalik topshiriqlarni bajarish.
Tuman (shahar) Bandlikka ko‗maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish markazlari o‗zlarida ro‗yxatda turuvchi yolg‗iz fuqarolarga uyda ijtimoiy
xizmat ko‗rsatish ishlari bo‗yicha har haftalik monitoring olib boradi va ijtimoiy
xodimlarning xizmat ko‗rsatish faoliyatiga baho beradi. Shuningdek, Markazlar
yolg‗iz fuqarolarga uyda ijtimoiy xizmat ko‗rsatish bo‗yicha har chorak yakunida
tegishliligiga ko‗ra Qoraqalpog‗iston Respublikasi
mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga, ular esa o‗z navbatida O‗zbekiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ma‘lumot
taqdim etib boradi.
O‗zgalar parvarishiga muhtoj yolg‗iz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam
ko‗rsatish haqidagi Nizom
1
bilan Ijtimoiy yordam ko‗rsatish xizmati tomonidan
xizmat ko‗rsatiladigan yolg‗iz fuqarolar toifalari belgilangan bo‗lib, unga ko‗ra
1
O‗zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011 yil 1 iyuldagi 38-B-son
buyrug‘iga ilova
264
yolg‗iz fuqarolarning quyidagi toifalari uyda xizmat ko‗rsatish uchun qabul
qilinadi:
-
sog‗lig‗iga ko‗ra o‗zgalar parvarishiga muhtoj, farzandlari (jumladan
farzandlikka olingan bolalar) va yaqin qarindoshlari bilan birga yashamaydigan
pensiya yoshidagi (erkaklar 60
yosh va undan yuqori, ayollar 55 yosh va undan
yuqori) shaxslar,
I va II-guruh nogironlari, keksa yoki I va II-guruh nogironi
bo‗lgan er-xotinlar;
-
o‗zgalar parvarishiga muhtoj, voyaga etmagan yoxud I va II-guruh
nogiron farzandlari bilan birga yashaydigan pensiya yoshidagi (erkaklar 60 yosh va
undan yuqori, ayollar 55 yosh va undan yuqori) shaxslar, I va II-guruh nogironlari,
keksa yoki I va II-guruh nogironi bo‗lgan er-xotinlar;
-
o‗zgalar parvarishiga muhtoj, farzandlari jazo muddatini o‗tayotgan yoki
uzoq muddatli davolanishda bo‗lgan (ruhiy, sil va boshqa kasalliklar) davri
mobaynida pensiya yoshidagi (erkaklar 60 yosh va undan yuqori, ayollar 55 yosh
va undan yuqori) shaxslar, I va II-guruh nogironlari, keksa yoki I va II-guruh
nogironi bo‗lgan er-xotinlar;
-
farzandlari (jumladan farzandlikka olingan bolalar) va yaqin qarindoshlari
hamda homiylari yoki vasiylari bo‗lmagan va qonunchilikka asosan bepul eng
zarur mollarni olish imtiyozidan foydalanayotgan o‗zgalar parvarishiga muhtoj
yolg‗iz pensionerlar.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari hamda ularga
tenglashtirilgan shaxslar, halok bo‗lgan harbiy xizmatchilarning oila a‘zolari, front
ortida xizmat qilgan shaxslar uyda ijtimoiy xizmat ko‗rsatishga birinchi navbatda
qabul qilinadi.
Yuqumli hamda ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslar uyda ijtimoiy xizmat
ko‗rsatish uchun qabul qilinmaydi.
Yolg‗iz fuqarolarning shaxsiy ro‗yxatlari tuman (shahar) Bandlikka
ko‗maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan
fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari ishtirokida aniqlanib ro‗yxatga
olinadi va tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ijtimoiy yordam ko‗rsatish xizmati ijtimoiy xodimlari lavozimi ushbu
bo‗linmaning shtat jadvalida:
-
qishloq joylarida - 6-8 nafar yolg‗iz fuqaroga 1 ta lavozim;
-
shahar joylarida - 8-10 nafar yolg‗iz fuqaroga 1
ta lavozim hisobida
belgilanadi.
Ijtimoiy xodimlarning shtatdagi soni ushbu me‘yorlarga muvofiq
tuman(shahar)da ijtimoiy yordam ko‗rsatish xizmati tomonidan ro‗yxatga olingan
va xizmat ko‗rsatiladigan yolg‗iz fuqarolar sonidan kelib chiqqan holda
belgilanadi.
Ijtimoiy xodimlar maxsus xo‗jalik sumkalari (bir yilga bitta sumka), xalat
(bir yilga bitta xalat) hamda xonalarni tozalash uchun inventar bilan ta‘minlanadi.
Ijtimoiy xodimlarning lavozim-maoshlari ijtimoiy ta‘minot xodimlari uchun
o‗rnatilgan tartibda tasdiqlangan mehnatga haq to‗lash tarif setkasiga muvofiq
265
belgilanadi.Ijtimoiy xodimlarga yo‗l haqi uchun kompensatsiya to‗lovlari
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda joriy qilinadi.
Ijtimoiy yordam ko‗rsatish xizmatining ta‘minot xarajatlari o‗rnatilgan
tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Qoraqalpog‗iston Respublikasi
va mahalliy byudjet mablag‗lari hisobidan ijtimoiy ta‘minotga ajratilgan
mablag‗lar doirasida amalga oshiriladi.Smeta xarajatlarida ijtimoiy yordam
ko‗rsatish xizmati faoliyatini amalga oshirish uchun ish haqi va unga
tenglashtirilgan to‗lovlar, kantselyariya jihozlari va boshqa inventarlarga bo‗lgan
ish beruvchilarning ajratmalari hamda o‗zgalar parvarishiga muhtoj yolg‗iz
pensionerlar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda eng zarur
mollarni xarid qilish bilan bog‗liq xarajatlar ko‗zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: