Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod


  Markaziy  bankning  pul-kredit  siyosatining  strategik  va  taktik



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/65
Sana03.04.2021
Hajmi1,26 Mb.
#62655
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65
Bog'liq
pul-kredit siyosatini samarali tashkil etish yollari (1)

1.2.  Markaziy  bankning  pul-kredit  siyosatining  strategik  va  taktik 

maqsadlari. 

 

Pul-kredit  ta’limotlarining  asosiy  masalalaridan  biri  monetar  siyosatning 



maqsadli  ko’rsatkichlarini  to’g’ri  tanlash  masalasi  hisoblanadi.  Jahon  iqtisodiy 

amaliyotidan  ma’lumki,  monetar  siyosatning  asosiy  yo’nalishlari  muhokama 

qilinayotganda  Markaziy  bankning  mas’ul  mutaxassilari  asosiy  e’tiborni 

mamlakatda  iqtisodiy  o’sish,  narxlar,  foiz  stavkalari,  moliya  va  valyuta 

bozorlarining  barqarorligini  ta’minlash  hamda  mustahkamlash  kabi  bir  qator 

masalalarga qaratadilar. 

Yuqorida  qayd  etilgan  maqsadlarga  erishishda  mamlakatda  amalga 

oshirilayotgan  makroiqtisodiy,  monetar  va  fiskal  siyosatning  muvofiqligini 

ta’minlash  muhim  ahamiyatga  ega.  Aks  holda  qo’yilgan  maqsadlarga 

muvaffaqiyatli darajada erishib bo’lmaydi.  

Markaziy  bank  monetar  siyosatni  amalga  oshirish  va  uning  maqsadlariga 

erishishda  yetarli  darajada  samara  berishi  mumkin  bo’lgan  bir  yoki  bir-necha 

maqsadli ko’rsatkichlarni tanlab olishi muhim ahamiyatga egadir. Odatda markaziy 

bank monetar siyosatning oraliq maqsadi sifatida pul agregatlaridan, jumladan, pul 

massasi yoki pul bazasidan foydalanadi.  

Markaziy  bank  monetar  siyosatni  amalga  oshirayotganda  yakkayu-yagona 

monetar  ko’rsatkichga  asoslanmasligi  kerak.  Chunki  har  bir  ko’rsatkich  ma’lum 

kamchiliklarga  ega  bo’lishi  bilan  birga,  ular  iqtisodiyotdagi  ma’lumotlarni  to’liq 

o’zida aks ettira olmaydi. Masalan, markaziy bank monetar ko’rsatkichlardan biri - 



21 

 

pul  massasi  orqali  iqtisodiyotda  pulga  bo’lgan  real  talab  va  taklifni  aniqlash, 



monetizatsiya darajasi, pulning aylanish tezligi yoki pul massasining inflyatsiyaga, 

almashuv  kursiga,  foiz  stavkalariga  va  umuman  iqtisodiyotga  qay  darajada  ta’sir 

etishi kabi ayrim masalalarni aniqlashi mumkin, holos.  

Shuningdek,  iqtisodiy  konyunkturaning  o’zgarishi,  makroiqtisodiy  va 

moliyaviy  ma’lumotlar  hamda  bank  tizimining  monetar  siyosat  pirovard 

maqsadlariga ta’sir etish ko’lami kabi ma’lumotlarga ega bo’lish markaziy banklar 

uchun  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  O’z  navbatida,  monetar  siyosatning  asosiy 

yo’nalishlarida  makroiqtisodiy  siyosatning  maqsadlari, iqtisodiy  konyunkturaning 

tahlili, jumladan, real sektor, davlat byudjeti, investitsiya, tashqi savdo aylanmasi, 

to’lov  balansi,  asosiy  makroiqtisodiy  va  monetar  ko’rsatkichlar  holati,  bank 

tizimining rivojlanishi kabi bir qator ma’lumotlar mujassamlashgan bo’ladi. Ushbu 

ma’lumotlarni  tahlil  qilish  asosida  markaziy  bank  inflyatsiyaning  yoki  pul 

massasining  maqsadli  ko’rsatkichlarini  belgilab  oladi  va  unga erishish  uchun  o’z 

ihtiyoridagi barcha vosita hamda usullardan samarali foydalanadi.  

Markaziy bank pul massasi ustidan qat’iy nazoratni o’rnatish orqali valyuta 

kursining  barqarorligiga  erishish  mumkin.  Ammo  bank  tizimining  va  moliya 

bozorining  likvidliligi  kamayib  ketadi.  Moliya  vazirligi  esa  harajatlarni  oshirish 

orqali, bir tomondan iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi, ikkinchi tomondan, moliya 

bozorida 

foiz 


stavkasining 

ko’tarilishiga, 

iqtisodiyot 

real 


sektorida 

investitsiyalarning kamayishiga olib keladi.  

Iqtisodiyotda  shunga  o’xshash  ziddiyatli  holatlar  iqtisodiyotni,  jumladan, 

bank  tizimi  va  moliya  bozorlarini  erkinlashtirish  jarayonlarining  chuqurlashuvi, 

almashuv  kursi  bo’yicha  cheklovlarni  olib  tashlash  natijasida  kuchayadi.  Bunday 

salbiy  holatlarni  bartaraf  etish  uchun  makroiqtisodiy  va  monetar  siyosatning 

moslashuvchan bo’lishini talab etadi.   

Jahon  bank  amaliyotiga  muvofiq  pul  aylanish  tezligi  nominal  yalpi  ichki 

mahsulotning  o’rtacha  yillik  pul  massasiga  nisbati  orqali  aniqlanadi.  Klassik 

iqtisodiy  maktab  vakillarining  nominal  YAIMning  pul  massasi  hajmining 

tebranishlari ta’siri ostida o’zgarishi  to’g’risidagi hulosalari  shunga  asoslanganki, 



22 

 

pulning aylanish tezligini (PY/M) yetarli darajada doimiy deb hisoblash mumkin.  



Ularning  hulosasidan  farqli  o’laroq,  biz  pul  aylanish  tezligini  doimiy,  deb 

hisoblamaymiz.    AQSH  iqtisodiyoti  misolida  1915  yildan  2010  yilgacha  bo’lgan 

uzoq davr mobaynida M1 va M2 pul agregatlari bo’yicha pulning aylanish tezligi 

dinamikasi  tahlil  pul  aylanish  tezligining  barqaror  emasligini  ko’rsatdi.  Shuning 

uchun uni doimiy deb bo’lmaydi.  

Bu  tebranish  ikkala  Jahon  urushi  va  Buyuk  depressiya  davrida 

iqtisodiyotning nobarqarorligi bilan ham izohlanadi. Jumladan, o’tgan asrning 50-

yillaridan  keyin  pulning  aylanish  tezligi  tobora  o’sib  borgan.  Hatto  shunda  ham 

sezilarli darajada tebranishlar kuzatilgan.  

Xususan,  1981-1982  yillarda  M1  (YAIM/M1)  pul  agregati  bo’yicha  pul 

aylanish  tezligining  foizdagi  o’zgarishi  manfiy,  ya’ni  -  2,5  foizni  tashkil  etgan 

bo’lsa,  1980-1981  yillarda  esa  u  4,2  foizga  o’sgan.  O’rtadagi  6,7  foizlik  farq 

nominal  YAIMning  6,7  foizga  kamayganligini  ko’rsatmoqda,  agar  pulning 

aylanish  tezligi  1980-1981  yillardagi  darajada  saqlanib  qolganda  edi,  o’rtada 

bunday  farq  bo’lmas  edi.  Uning  kamayishi  1981-1982  yillardagi  jiddiy  iqtisodiy 

inqiroz bilan bevosita bog’liqdir

21

.  


Umuman, AQSH iqtisodiyotida 1982 yildan keyin M1 pul agregati bo’yicha 

pul aylanish tezligining tebranishi yanada kuchaydi, pulga bo’lgan talabni empirik 

tarzda  o’rganayotgan  tadqiqotchilarni  bir-oz  tashvishlantirib  qo’ydi.  M2  pul 

agregatidagi  pulning  aylanish  tezligi  esa  M1  pul  agregatidagi  pulning  aylanish 

tezligiga  nisbatan  ancha  barqarorroq  bo’lib  qoldi.  Bu  esa  Federal  Rezerv 

Tizimining (FRT) o’z monetar siyosatda M1 pul agregatidan maqsadli ko’rsatkich 

sifatida  foydalanishdan  voz  kechib,  uning  o’rniga  M2  pul  agregatiga  o’tish  bilan 

izohlanadi.  

Xalqaro  Valyuta  Fondi  (XVF)  ma’lumotlari  asosida  olib  borilgan  holda 

natijalari  shuni  ko’rsatmoqdaki,  hozirgi  paytda  bir  qator  rivojlangan 

mamlakatlarda, jumladan AQSH, Germaniya va Kanadada ham XX asrning 70- va 


Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish