3
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
Mustaqil diyorimizda olib borilayotgan
islohotlar samaradorligini
yanada oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama
rivojlantirish,
mamlakatimizni
modernizatsiya
qilish,
makroiqtisodiy
barqarolikniyanada mustahkamlash sharoitida respublikamizda
moliya-iqtisod
sohasidagi, jumladan byudjet tizimidagi islohotlar ham rivojlanish yo’lidagi bir
tarmoq sifatida naqadar muhimligi hozirgi kunning talabida o’z aksini topmoqda.
“Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o’sishning
yuqori sur’atlarini saqlab qolish,
jumladan, Davlat budjeti barcha darajada
mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo’lishini
ta’minlash - eng muhim ustuvor vazifamizdir” degan edilar muhtaram Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev.
1
Iqtisodiyotni barqaror o’sishida, budjet daromadlarini shakklantirilishida va
amalga oshirilayotgan xarajatlarni nazorat qilinishi davlat byudjeti mablag’laridan
oqilona foydalanish juda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bundan kelib chiqib
O’zbekiston respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlarni
tayyorlash muhim vazifa hisoblanadi. Moliya sohasi bo’yicha talabalarni o’qitishda
“Davlat Byudjet ” fani ham boshqa iqtisodiy fanlar bilan birgalikda o’qitilishi
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining maqsadi –
Davlat buudjeti xarajatlarining umumiy
mohiyati,
hozirgi zamon ahamiyati va
uning davlat iqtisodiy rivojlaninshi va
boshqaruvida tutgan o’rnini tadqiq etish hamda
bu yuzasidan xulosalarni
shakllantirishdan iborat.
Kurs ishi mavzusining vazifalari
.
Qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida
quyidagi vazifalar belgilab olindi:
˗ Davlat byudjeti xarajatlari haqida tushuncha, uning mazmun-mohiyati va
uning
1
Shavkat Mirziyoyev- “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining
kundalik qoidasi bo’lishi kerak” Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy
yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan
Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. 2017 yil 14 yanvar. Toshkent - «O’zbekiston» -2017.
8- bet
4
funksiyalari;
˗ Davlat byudjeti xarajatlari turlari va asosiy tamoyillari;
˗ Davlat byudjeti xarajatlari qo’llanishing xorijiy tajribalari va
hozirgi zamon
xususiyatlari haqida bilim hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: