2.Investitsion samaradorlikni baholashning xorij tajribasi. Biz, dissertatsiya ishining birinchi va ikkinchi boblarida investitsiya loyihalarining samaradorligini baholashning barcha usullarini umumlashtirib, ularni tijoriy samaradorligi nuqtai-nazaridan ikki guruhga ajratishimiz mumkin. Bu statistik va dinamik usullardir. Statistik usullar korxonaning buxgalteriya hisobotlari malumotlariga asoslangan bolsa, dinamik usullar esa diskontlashtirish usullariga asoslangandir. Jahon amaliyotida investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash, asosan, diskontlashtirish usullar asosida olib borilmoqda. Shu orinda takidlash joizki, investitsiya loyihalarining samaradorligini baholashni takomillashtirishda ayrim zamonaviy xorijiy iqtisodiy adabiyotlarni organish va chuqur tahlil qilish ularni takomillashtirishda yaxshi asos bola oladi. Ulardagi usullarning barcha ijobiy tomonlarini milliy iqtisodiyotimizning o'ziga xos jihatlarini, xususan, «Ozbek modeli» ning tamoyillarini hisobga olgan holda qollash, mazkur sohani takomillashtirishga xizmat qiladi. Bizga malumki, Ozbekiston bugungi kunda bozor iqtisodiyotiga otayotgan mamlakat hisoblanadi. Bozor munosabatlariga xos qonunlarning yaratilishi, ozgartirib borilishi va ularning amaliy kuchining taminlanishi iqtisodiy erkinlashtirishni hamda otish davri islohotlarini jadallashishini taminlaydi. Shularning natijasi olaroq, bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning kirib kelishining yil sayin osishi, ularning texnikiqtisodiy asosini va iqtisodiy samaradorligini baholash tartiblarining to’planib va yaxshilanib borishi investitsiyalardan samarali foydalanishga o'z ta’sirini ko’rsatmokda. Bundan tashqari, bunday tajribalarni o’zlashtirish ishlari respublikada juda sust olib borilmoqda. Kopgina banklar bu soha yangiliklari va bilimlarini qabul qilishga hali tayyor ham emaslar. Bu soha boyicha banklar ichida Miliy bank, Asaka bank, Ipak-yoli banki, Agrobank, Sanoatqurilish banklarigina shugullanmokdalar, xolos. Bizda iqtisodiy rivojlanishni yolga qoyishda chet el tajribalarni, xususan investitsiya siyosatlari olib borilishini organish, loyihalarning samaradorligini baholashning samarali bolgan bosqichlarini imkon qadar ozimizga tadbiq etishni zarur deb hisoblaymiz. Xususan, bazi bir davlatlarda loyihalarning samaradorligini baholash uch bosqichda amalga oshiriladi. loyihaning ijtimoiy ahamiyatini eksport baholash amalga oshiriladi; loyihaning samaradorlik ko'rsatkichlari tahlil etiladi; loyihadagi ishtirokchilar tarkibi va uning moliyaviy amalga oshirilishi hamda loyiha ishtirokchilari har birining samara aniklanadi. Bizdagi ish olib borayotgan mutaxassislar investitsiya loyihalaridagi mavjud yoki kutilishi mumkin bolgan risk va noaniqliklarni aniqlashga birmuncha qiynalishdi. Chet elda esa bu investitsiya loyihasining ochilmagan (topilmagan) yana bir kozi hisoblanadi. Shu bois ham ular risk va noaniqlikni, shuningdek zararsizlik holatini aniqlashni loyihani baholashdagi muhim vazifalar sarasiga kiritadilar. Investitsiya loyihasi aniqlanishiga kora analitik ishonch bilan prognozlashi mumkin bolmagan kelajakka bogliqdir. Shu sababli, moliyaviy tahlil va baholash ishlari risk va noaniqlikni hisobga olgan holda olib borilishi lozim. Risk o'tgan davrdagi malumotlar asosida turlicha oqibatlar bilan bogliq ehtimolliklar baholanishi mumkin bolgan xollarda vujudga keladi. Noaniqlik esa yuz berishi mumkin bolgan oqibatlar ehtimolligini otgan davrlarda tegishli malumotlarning bolmasligi sababli subektiv ravishda aniqlashga togri kelgan hollarda mavjud boladi. Texnik-iqtisodiy asos uchun malumotlarning toliq va ishonchli bolishi risk va noaniqlikning paydo bolishining oldini oladi. Biroq noaniqlining umumiy sabablaridan bolib inflyatsiya, texnologiyaning ozgarshi, nominal quvvatni togri baholamaslik, qurilish va ishga tushirish ishlari davrining davomiyligining togri baholashmasligi, konvertatsiyaning toxtatib qoyilishi, qonunchilikning ozgarishi kabilar hisoblanadi. Risklar tahlili loyihaning ishtirokchilari bazaviy va birmuncha xavfli (riskli) variantlarda uning rivojlanish holatini ishlab chiqishni kozda tutadi va har bir holat va tegishli sharoitlarda loyihani amalga oshirish mexanizmi qanday ishlashi, bunda daromad va yoqotishlar, barcha ishtirokchilar uchun samaradorlik korsatkichlari miqdori qanday bolishi tadqiq etiladi. Investitsiya risklari bir necha korinishlarga ega. Odatda, risklarning korinishlari va xavfliligini bilish bilan ularga tasir korsatish, yani ularni boshqarish yoki ularning loyihaning iqtisodiy samaradorligiga salbiy tasirini kamaytirish mumkin boladi. Shunga kora, risklarni quyidagi asosiy belgilari boyicha tasniflash mumkin: 1. Hosil bolish sohalari boyicha risklar quyidagi turlarga bolinadi: iqtisodiy risk - unga iqtisodiy omillarning ozgarishi bilan bogliq risklar tegishlidir, masalan, investitsiya faoliyati iqtisodiy sohada amalga oshirilar ekan, u albatta, iqtisodiy riskga malum darajada duch keladi; siyosiy risk - unga davlat tomonidan amalga oshiriladigan siyosiy ozgarishlar bilan bogliq, investitsiya faoliyatida vujudga kelgan mamuriy chegaralashlarning turli xil korinishlari xos hisoblanadi; ijtimoiy risk - unga investitsiyalanayotgan korxonalarning ishchilari tasiri ostida rejalashtirilmagan ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish va shunga oxshash boshqa ko'rinishdagi risklar tegishlidir; ekologik risk - investitsiyalanayotgan obektlar faoliyatiga salbiy tasir korsatuvchi turli xil ekologik ofatlar va fojialar shular jumlasidan hisoblanadi; boshqa turdagi risklar - ularga reket, mulkni talon-taroj qilish yoki ogirlash, investitsion yoki xojalik hamkorlari tomonidan aldab ketishlar kabilarni kiritish mumkin. Risklar tasirini yuqotishda har qanday investitsiyalash jarayonida quyidagi ikkita yol tutilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi: turli xil risklardan sugurtalanish yollarini topishga harakat qilish; riskni faol nazorat qilish va riskli sharoitda boshqarish imkoniyatlarini aniqlash. Ushbu loyihada xatarlilikni korib chiqsak, bunda barcha risklarning oldi olinganligini koramiz. Yani, ushbu loyiha boyicha berilgan kreditlarning qoplanishiga davlatning 100% kafolati berilgan. Asbob-uskunalarni olib kelishda uskunalar «SAChE» sugurta kompaniyasi tomonidan sugurtalangan. Moliyaviy tahlilga noaniqlik omillarini qaratganda asosiy uchta ozgaruvchini hisobga olish zarur hisoblanadi: sotishdan tushgan tushum, sotilgan mahsulotlar uchun sarflar va investitsion harakatlar. Ushbu ozgaruvchilarga barcha alohida moddalar kirib ketadi va ular baho va miqdorni tashkil etadilar. Ushbu ozgaruvchilarning mezonlarini aniqlash risklarning pasayishiga va foydaning osishiga tasir etadi. Shunday mezonlardan biri loyihaning moliyaviy amalga oshirilishiga tasir etishi mumkin bolgan xis etuvchanlik tahlili hisoblanadi. Xis etuvchanlikni tahlil etish yordamida investitsiyalarning foydaliligi yoki sof foydasi qanday ozgarayotganligini aniqlash mumkin. Xis etuvchanlik tahlili loyiha rejalashtirilayotgan bosqichda qollanilishi kerak boladi. Bu esa noaniqlik elementlarining kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari, real pul oqimi tarkibi va harakatini oldindan tahlil qilib chiqish miqdor, baho kabi parametrlarning bir vaqtda qanday ozgarishi mumkinligini aniqlashga imkon beradi. Umuman olganda, xis etuvchanlik tahlilining maqsadi investitsiya loyihasining moliyaviy natijasiga tasir etuvchi ozgaruvchi omillarining darajasini aniqlash hisoblanadi. Loyihaning moliyaviy natijasini tafsiflovchi integral korsatkichlar sifatida pul oqimida diskontlash mezonlari bolgan, avvalroq korib otilgan korsatkichlar qaraladi: rentabellikning ichki koeffitsienti (IRR); loyihaning qoplanish muddati (PP); foydalilik indeksi (PI); diskontlangan koplash muddati (DPP). Odatda, xis etuvchanlik tahlilida boshqa omillarning ozgarmas mikdorlarida omillardan topilgan birining mikdori belgilangan oralikda ozgarishi (tebranishi) kuzatiladi va ushbu ozgarishlar samaradorligining integra ko'rsatkichlarning ozaro boglikligi aniqlanadi.