Toshkent Moliya Instituti Moliya fakulteti Moliya yo’nalishi mm – 61 guruh talabasi Abdunazarov Ruslan Xayrulla o’g’lining “Tijorat banklarida moliyaviy risklarni
Toshkent Moliya Instituti Moliya fakulteti Moliya yo’nalishi MM – 61 guruh talabasi Abdunazarov Ruslan Xayrulla o’g’lining “Tijorat banklarida moliyaviy risklarni boshqarish masalalari” mavzusidagi bakalavr birituv malakaviy ishiga ATB “Qishloq qurilish bank” Yakkasaroy filialining boshqaruvchi o’rinbosari Mirzaev Askar Ismatullayevich tomonidan Taqriz Mamlakatimiz mustaqilligining o’tgan qisqa davri mobaynida bank tizimi va uning infratuzilmasini rivojlantirishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. O’zbekiston keng tarmoqli, iqtisodiyotning turli sohalari va aholiga zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatuvchi bank tizimi yaratildi.
Respublikamiz islohatlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xususan, bugungi kunda bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi qariyib O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 – yil 26 – noyabrdagi “2011 – 2015 – yillarda respublika moliya – bank tizimini yanda isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi PQ – 1438 – sonli qaroriga muvofiq, banklarda risk – boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida qator ustuvor yo’nalishlar, xususan tijorat banklarining korporativ boshqaruvi tarkibida bank Kengashiga, bevosita bo’ysunuvchi “Risklarni nazorat qilish” qo’mitasining majburiy tarzda joriy qilish, tijorat banklari kapitali tarkibida ularning inqiroz holatlari ta’siriga barqarorligini ta’minlaydigan barqarorlashtirish zaxiralarini yaratish, kapital yetarligiga qo’yiladigan talablarni takomillashtirish, ehtimoliy zararlarni qoplashga zaxiralarni shakllantirishni ko’zda tutgan. Bazel qo’mitasining yangi takliflarini bank nazorati tizimiga joriy qilish belgilandi.
Abdunazarov Ruslan tomonidan “Tijorat banklarida moliyaviy risklarni boshqarish masalalari” mavzusida tayyorlangan bakalavr bitiruv malakaviy ishida kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
Bakalavr birituv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning asoslanishi, dolzarbligi, obyekti va predmeti, maqsadi va tijorat banklarida risklarni yuzaga kelish omillari hamda ularni boshqarish usullari bayon etilgan.
Birinchi bobida tijorat banklarda moliyaviy risklar va ularni boshqarish nazariy asoslarini yoritgan.
Bakalavr birituv malakaviy ishining ikkinchi bobida tijorat banklarida moliyaviy risklarini boshqarishning amaldagi holati tahlili qilingan va tegishli xulosalar shakllantirilgan.
Bakalavr birituv malakaviy ishining uchinchi bobida tijorat banklarida moliyaviy risklarni boshqarishni takomillashtirish yuzasidan ilmiy xulosalar shakllantirishga e’tibor qaratilgan.
Bakalavr birituv malakaviy ishidagi ilmiy xulosa va tavsiyalar bugungi kunda mamlakatimiz tijorat banklarining moliyaviy risklarini boshqarishda, ularni oldini olishda va kamaytirishda xizmat qiladi.
Abdunazarov Ruslan Xayrulla o’g’lining “Tijorat banklarida moliyaviy risklarni boshqarish masalalari” mavzusiga ijobiy yondashilgan. Shunda xulosa qilish mumkinki, tayyorlagan bakalavr biritiruv malakaviy ishini himoya qilishga tavsiya etiladi.
ATB “Qishloq qurilish bank” Yakkasaroy filialining Boshqaruvchi o’rinbosari Mirzaev Askar Ismatullayevich ___________________