Differensial renta. Absolyut rentani qaraganimizda, yeming sifati, joylashuvi bir xil deb faraz qilgan edik. Haqiqatda esa yerlar hosildorligi bo‘yicha hamda joylashuviga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Faraz qilaylik, tabily hosildorligi bo‘yicha 3 xil yer bo‘lsin, ya’ni, yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlar. Bu yerlaming hosildorligi har xil bo‘lganligi uchun, ulaming teng oichamdagi uchastkalariga teng miqdorda kapital va mehnat sarflasak, turli xil natija olamiz. Hosildorligi yuqori bo‘lgan yerdan, boshqa yerlarga nisbatan ko‘proq hosil olamiz va bu ortiqcha olingan hosil yeming faqat tabiiy hosildorligi bilan bog‘liqdir. Yaxshi hosildor yerga renta o‘rtacha yer rentasiga ko‘ra yuqori, o‘rtacha yer rentasi esa yomon yer rentasiga ko‘ra ko‘p bo‘ladi, yomon yer egasi esa sof iqtisodiy (absolyut) renta oladi (14.29-rasm).
Eng yaxshi er egasi har bir gektar erdan har oyiga differensial renta P{ ni oladi, o‘rtacha yer egasi - Px rentani. Yomon eming rentasi nolga teng. biz bu yerda yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlaming oMchami teng deb faraz qildik. Xuddi shunga o‘xshash differensial rentalami yerlaming joylashuviga ko‘ra ham aniqlash mumkin.
Biz yuqorida erlami tabiiy hosildorligi bo‘yicha rentalami ko‘rdik. Lekin, yer hosildorligini unga qo‘shimcha kapital sarflab ham (masalan, optimal darajada o‘g‘it berish, yangi agrotexnikani qo‘llash) oshirish mumkin. Masalan, yaxshi yerga qo‘shimcha kapital sarflasak, u quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin: a) qo‘shimcha kapital ishlab chiqarish samaradorligini oshirishi mumkin (bu holda yer rentasi P, dan /f ga oshadi); b) sarflangan qo‘shimcha kapital ishlab chiqarish samaradorligini kamayishiga olib keladi (bu holda yaxshi yer rentasi pasayib pt ni tashkil etadi). Bordi-yu, qo‘shimcha kapital sarfi samaradorlik darajasini o‘zgartirmasa, yer rentasi ham o‘zgarmaydi.
Yer narxi. Yer narxi yer rentasini kapitalizatsiya qilish yordamida aniqlanadi. Faraz qilaylik, ma’lum bir er uchastkasi o‘lchami er egasiga bir yilda P renta (so‘mda) keltirsin. Yer qiymatini aniqlashda er egasi uchun altemativ qiymatdan foydalaniladi. Yer narxi shunday pul miqdoriga tengki, agar uni bankga qo‘ysak, undan olinadigan foyda ushbu yerdan olinadigan foydaga teng bo‘lsa. Demak, yer narxi kelajakda olinadigan yer rentasining diskontirlangan (keltirilgan) qiymatiga teng:
V’ pt t-i (1 + /)
Yer narxi - bu kapitalni muddatsiz qo‘yish demakdir.
Agar лbo‘lsa, u holda
bu yerda Pk - k- yil rentasi; i - ssudaning bozor foiz stavkasi.
Agar renta 1000 so‘m bo‘lsa, ssudaning bozor foiz stavkasi 5% bo‘lsa, eming narxi = jooo = 100000 = 20Q()0 sQ*m
48 5% 5
bo‘ladi.
Haqiqatdan qaraganda renta ijarachining er egasiga to‘laydigan ijara haqining bir qismi hisoblanadi. Ijara haqi tarkibiga rentadan tashqari er ustidagi inshootlaming amortizatsiyasi hamda erga qo‘yilgan kapital foizi kiradi. Er egasi er ustiga qandaydir qurilish qilgan bo‘lsa yoki inshootlar qurgan bo‘Isa, ulaming qiymatini qoplashi kerak, xuddi shunday, agar kapital sarflagan bo‘lsa, ushbu kapitalga foiz olishi kerak. Er egasi ushbu kapitalni bankga qo‘yib foiz olishi mumkin edi.
Misol 1. Fermer xo‘jaligida bug‘doy etishtirish funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: q= Шх-2-х1.
Do'stlaringiz bilan baham: |