Kutilmagan inflyatsiya daromadlami debitorlar va kreditorlar o‘rtasida kreditorlar foydasiga qayta taqsimlaydi. Shuningdek, kutilmagan inflyatsiya daromadlami qayd qilingan daromad oluvchilar va qayd qilinmagan daromad oluvchilar o‘rtasida keyingilari foydasiga qayta taqsimlaydi. Talab va takiif inflyatsiyasini qat’iy chegaralash qiyin. Ba’zida bu ikki turdagi inflyatsiya bir-biri bilan qo‘shilib ketadi.
Masalan, talab inflyatsiyasi sharoitida yollanma ishchilar kutilayotgan inflyatsiya darajasini e’tiborga olib ish haqlari oshirilishini mehnat shartnomalariga kiritadilar. Bu esa mahsulot tannarxini oshirib taklif inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Tovarlar taklifning kamayishini kuzatayotgan iqtisodiy agentlar pul mablag‘larini tovarlarga aylantirishga shoshadilar. Bu holat talab inflyatsiyasi ko‘rinishini keltirib chiqaradi. Bunday ketma-ketlik oxir-oqibat giperinflyatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Giperinflyatsiya boshqarib boimaydigan inflyatsiya jarayoni bo‘Hb, ishlab chiqarish va bandlik darajalariga halokatli ta’sir ko‘rsatadi. YHllk sur’ati bir necha o‘n yoki yuz foizni tashkil etgan inflyatsiya pul tizimining boshlanayotgan yoki kuchayayotgan inqirozi belgisidir. Giperinflyatsiya uning halokatini, butun bozor mexanizmi falajlanishini anglatadi. Giperinflyatsiyaning rasmiy mezoni amerikalik iqtisodchi Flllipp Kegan tomonidan kiritilgan. F.Kegan giperinflyatsiyaning boshlanishi deb baholaming birinchi bor 50% dan oshgan oyni, tugallanishi deb esa, baholaming o‘sishi bu sur’atdan pasaygan va shundan so‘ng kamida bir yil davomida undan oshmagan oydan oldingismi hisoblash kerak deb taklif qilgan. Giperinflyatsiya sharoitida pul o‘zining qiymat oichovi va almashinuv vositasi singari funksiyalarini bajara olmay qoladi. Normal iqtisodiy munosabatlar buziladi. Mablag‘lar ishlab chiqarishga emas, balki tovar- moddiy boyliklari jamg‘arishga yo‘naltiriladi. Inflyatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi bogMiqlik. Fillips egri chizig‘i.
Iqtisodiyot o‘z rivojlanishida potensial darajaga yaqinlashgan sharoitda yoki bandlilik darajasini oshirish yoxud inflyatsiya darajasini pasaytirish kabi muqobil variantlardan birini tanlashga majbur boTinadi. Chunki qisqa muddatii davrda ishsizlik va inflyatsiya darajalari o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud. Ishsizlikni pasaytirish ish joylarini yaratish uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini anglatadi. Ayni paytda bu ish haqi miqdorining oshishiga ham olib keladi. Har ikkala holat ham baholar darajasining ko‘tarilishiga olib keladi, ya’ni talab inflyatsiyasi ro‘y beradi.
Ish haqi mehnat bozorida muvozanatni o‘matuvchi vosita hisoblanadi va uning darajasini o‘zgarishi ishsizlikka bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liklik ingliz iqtisodchisi A.V.Fillips tomonidan, Buyuk Britaniyaning 1862-1957- ylllar ma’lumotlari asosida tadqiqot qilingan hamda grafikda Fillips egri chizig'i deb aks ettirilgan. Modomiki, ish haqi va narxlar o‘zgarishining sur’atlari o‘rtasida hir xil nisbat mavjud ekan, u holda Fillips egri chizig‘i o‘z mohiyatiga ko‘ra inflyatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi, ya’ni inflyatsiyaning o‘sishi sur’atida ishsizlikning past darajasi kuzatiladi va aksincha. Muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasida barqaror va oldindan ko‘rish mumkin bo‘lgan bog‘liqlikni o‘matish G‘arb mamlakatlarining milliy iqtisodiyotini tartibga solish va istiqbolini helgilash imkonini berdi.
Fillips egri chizig‘i ishsizlik va inflyatsiya darajalari o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni xarakterlaydi. Yuqori darajadagi kutilayotgan Inflyatsiya