Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy



Download 1,19 Mb.
bet194/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

Yh - Yp

YUZ= 100

Yp

Potensial YalM deganda mamlakatdagi ishlab chiqarish resurslaridan to‘liq foydalanilgan sharoitda mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish hajmi tushuniladi.

Potensial YaIM*ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yo‘q deb emas, balki mavjud, biroq u tabiiy darajada, deb hisoblanadi.

Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potensial YalM hajmini ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo‘lsa, YalM uzilishi shuncha ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham potensial hajmdagi YalM* haqiqiy YalM dan katta bo‘ladi.

Ishsizlik darajasi va YalM uzilishi o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun, Ouken qonuni deyiladi. Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, ya’ni davriy ishsizlik 1 foizni tashkil etsa milliy iqtisodiyot YalMni ikki yarim foizga kam yaratadi. YaMMning pastroq darajasi o‘z navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamroq bo‘lishini va iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi.

Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo‘qotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda p koeffitsiyenti deb atalgan bu koeffitsiyent miqdori 2 foizdan 3 foiz oralig‘ida deb hisoblanadi.

Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:

YUZ= -2,5[ u -u*]



bu yerda: u* - ishsizlikning tabiiy darajasi;

u - ishsizlikning haqiqiy darajasi.

YaMM uzilishini ifodalaydigan formula bilan Ouken qonunini formulasmi umumlashtirib quyidagi formulani olamiz:

Yh-Yp



100 = - p [ u -u*]

Yp



Ouken qonuni izohlagan miqdoriy bogiiqlikning teskari jihatiga e’tibor qaratamiz. Iqtisodiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki YalMning 2-3 foizga o‘sishi davriy ishsizlik darajasini 1 foizga qisqarishini keltirib chiqarmas ekan. Ya’ni dastlabki 1 foizlik iqtisodiy o‘sish fan-texnika taraqqiyoti natijasida resurslardan foydalanish samaradorligi hisobiga erishllishi mumkin, shuningdek, bu paytda aholi sonining ko‘payishi ham ishsizlik soninining pasaymasligiga sabab bo‘ladi. Dastlabki 2-3 foizdan yuqori boMgan har 2-3 foiz iqtisodiy o‘sish esa davriy ishsizlikni 1 foizga qisqarishini keltirib chiqaradi. Demak 1 foizlik davriy ishsizlikni tugatish uchun ylllik 4-6 foizlik iqtisodiy o‘sish ta’mmlanishi kerak.

Mehnat bozorining faoliyati quyidagi omillarga ko‘p jihatdan bog‘liq:

  • aholi soni, yoshi va jinsining salmog‘idagi o‘zgarishlarga;

  • ish bilan bandlikdagi tarmoq va hudud o‘zgarishlariga;

  • qo‘shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mezoniga;

  • ishlab chiqarish hajmiga, uning o‘sish sur’atiga, ishlab chiqarish strukturasiga;

  • ishlab chiqarish kuchlarini hududiy joylashuviga;

  • mehnat resurslarini boshqarish usuliga.

Mehnat bozoridagi vaziyat yuqoridagi omillaming ta’sirida o‘zgarib turadi va shunga mos ravishda ishchi kuchiga boigan talab va takiif hajmi aniqlanadi.

Misol uchun, mehnat bozorida ishchi kuchiga boigan talab taklifdan ko‘proq boisa, bozorda ishchi kuchining qo‘shimcha manbalaridan qo'shimcha takiif etiladi. Qo‘shimcha manbalari boiib mehnat nafaqasi oluvchilar, talabalar, o‘quvchilar hisoblanadi.

Ishga joylash idoralarining faoliyatlari kuchaytiriladi va takomillashtiriladi, boshqa hududlardan qo‘shimcha, ishchi kuchining oqib kelishi rag‘batlantiriladi, har bir ishsizning shaxsiy hisobi olinadi va h.k.

Agarda mehnat bozorida ishchi kuchiga boigan talab taklifdan kam boisa, qo'shimcha ish joylarini tashkil etish, ish smenasini ko‘paytirish, ish bilan bandlikning noan’anaviy yoilaridan foydalanish, boshqa hududlarga ortiqcha ishsizlami jalb qilish mexanizmlaridan foydalaniladi.

Agarda ishchi kuchiga boigan talab takiif bilan teng boisa va muvozanat o‘matilsa, ishlab chiqarish vositalarini rekonstruktsiya va modemizatsiya qilish, ish vaqtini yuqotishni kamaytirish, ishchilaming malakasmi oshirish, mehnatni rag‘batlantirish va ish xaqini samarali tashkil etish zarurati kelib chiqadi. Bu esa ish bilan bandlikning

samaradorligini oshirish bilan birga makroiqtisodiyotning o‘sish sur’atlarini jadallashtiradi.

Bozordagi talab va taklifni tartibga solish uchun iqtisodiy mexanizm modelidan foydalaniladi. U quyidagi elementlardan tashkil topadi:

  • ko‘p bosqichli ish tanlash, o‘qitish va qayta tayyorlash tizimi;

  • keng ko‘lamli ish bilan bandlik markazlari. Bu markazlarda doimo bo‘sh ish joylarini qidirayotgan ishsizlar hisobi olib boriladi, kadrlar zarur bo‘lgan korxonalarga ishchi kuchi yetkazib berishga hamkorlik qiladi;

  • alohida ijtimoiy-demografik qatlamlardagi aholining ish bilan bandligi maxsus dasturlari;

  • Respublika va mahalliy mehnat bozoridagi holatni doimo prognoz qilish va o‘rganish uchun ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyasi.

0‘zbekistonda mehnat bozoriga aholining quyidagi guruhlari

kiradi:

  • o‘qishni bitirib birinchi marotaba ish qidirib yurgan yoshlar;

  • tarmoq korxonalaridagi strukturaviy o‘zgarishlar natijasida ishsiz bo‘lib qolgan xodimlar. Shuningdek, davlat sektorini xususiylashtirish va boshqa mulkchilikka o‘tishdan kelib chiqqan ishsizlar;

  • raqobatda singan va past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan korxona va tashkilotlar;

  • vaqtincha ishsiz yurgan va mehnat biijalari ko‘magida yangi ish joyi qidirib yurgan shaxslardan iborat.

Mehnat birjalarida ishsizlami aniqlash, ishga joylash, qayta tayyorlash va shu kabi bir qancha masalalar hal qilinadi. Mehnat biijalari hozirgi paytda respublikamizning viloyatlari va uning tumanlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Nazorat savollari



  1. Ishsizlikning qanday turlari mavjud? Ishsizlik darajasi qanday aniqlanadi?

  2. Ishsizlikning tabiiy darajasi, ish bilan to‘liq bandlilik tushunchalariga tavsif bering.

  3. Potensial YalM ko‘rsatkichini izohlab bering.

  4. Makrodarajada ishsizlikning iqtisodiy oqibatlarini qanday o'lchash mumkin?

  5. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqishiga qaysi holatlar sabab bo‘ldi?

  6. Moliyaviy inqirozning ishsizlik darajasiga ta’siri qay tariqa ro‘y beradi?

  7. Friksion ishsizlik turining o‘ziga xos jihatlarini aytib bering.

  8. Tarkibiy ishsizlik turining o‘ziga xos jihatlarini aytib bering.

  9. Davriy ishsizlik turining o‘ziga xos jihatlarini aytib bering.

  10. Ishsizlikning tabiiy darajasi, ish bilan to‘liq bandlilik tushunchalariga tavsif bering.


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish