Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A.Ouken qonuni.
Barcha mavjud resurslardan to‘liq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo‘lgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning ishlab chiqarish potensiali deb ataladi. Mamlakatnmg ishlab chiqarish potensiali potensial YalM ko‘rsatkichi bilan o‘lchanadi.
Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida mamlakat o‘z iqtisodiy potensialini to‘liq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy YalM hajmi (Yh) potensial YalM (Yp) hajmidan ortda qoladi. Ya’ni YalMning uzilishi (YUZ) ro‘y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |