f - Fillips egri chizig‘mmg ogMsh burchagini belgilovchi empirik koeffitsiyent;
e - tashqi baho shoki (taklif inflyatsiyasi).
Ouken qonuniga ko‘ra YalMnmg uzilishi, ya’ni (Yh - Yp) / Yp miqdor davriy ishsizlikning o'zgarishiga bogMiqligi sababli qisqa muddatli Fillips egri chizigMni tenglamasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
71 = 7lkut - P [ U -11*] + £
Keltirilgan tenglamadan ko‘rinib turibdiki, haqiqiy inflyatsiya darajasi miqdori kutilayotgan inflyatsiya darajasiga hamda tashqi baho shoklari darajasi bilan to‘g‘ri bogMiqlikka, davriy ishsizlik darajasi bilan esa teskari bogMiqlikka ega ekan.
Hukumat Fillips egri chizigMga asoslanib, qisqa davr uchun, iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflyatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash borasidagi chora tadbirlaming muhim qismi aksilinflyatsiya siyosatidir.
Aksilinflyatsiya siyosati - baholar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyatsion keskinlikni yumshatishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Aksilinflyatsiya siyosati inflyatsiyani yuzaga keltirgan sabablami tugatishga qaratilgan faol va inflyatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Aksilinflyatsiya siyosati o‘z ichiga quyidagilami oladi:
yalpi talabni tartibga solish;
yalpi taklifni tartibga solish.
Keynschi iqtisodchilar birinchi yo‘nalish tarafdorlari bo‘lib, ular davlat buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi taklif darajasini ko‘tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatning bu tadbirlar iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni kamaytiradi.
Ammo bunday aksilinflyatsiya siyosati davlat byudjeti taqchilligini yuzaga keltiradi va qo‘shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug‘diradi. Keyns davlat byudjeti taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatii qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan.
“Aksilinflyatsiya siyosatining monetaristik yo‘nalishi tarafdorlari keyinchalik, keynschilaming inflyatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha takliflari doimo samara beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal aksilinflyatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o‘tkazish hisobiga cheklash va byudjet taqchilligini ijtimoiy dasturlami qisqartirishni kamaytirishni taklif etishdi”*.
Monetaristlar inflyatsiya aynan pul bilan bog‘liq hodisa bo‘lganligi sababli shok terapiyasi pul massasining o‘sish sur’atlarini keskin
’ Агапова Т А.Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство “Дело и сервис", 2005. с. 214.
qisqartiradi va inflyatsiya sur’atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarish keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi mumkin.
Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi ko‘rinishlaridan biri bo‘lib daromadlaming va baholaming nominal darajalarini o‘zgartirmagan holda eski pullami belgilangan nisbatda yangisiga almashtirishtirish hisoblanadi.
Bunday tadbirlar aholi tomonidan og‘ir qabul qilinishi sababli,u qisqa muddatda samara berishi zarur.
Monetaristlar tomonidan takiif qilinayotgan aksilinflyatsiya siyosatining yana bir ko‘rinishi - inflyatsiya sur’atlarini asta-sekinlik bilan pasaytirib borish (graduallash) usulidir. Bu usulda inflyatsiya sur’atlari pul massasini ko‘p marotaba, lekin oz-ozdan kamaytirish orqali pul massasining o‘sish sur’atini pasaytirishni ko‘zda tutadi. Graduallash usuli inflyatsiyani asta-sekinlik bilan pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi.
Graduallash usulini qo‘llash pul massasi va baholar darajasining yillik o‘sish sur’ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo‘ladi, deb hisoblanadi.
Aksilinflyatsiya siyosatining monetar usullarga muqobil bo‘lgan variantlaridan biri baholar va daromadlami tartibga solish siyosatidir. Bu usul daromadlaming o‘sishi va baholaming o‘sishini muvofiqlashtirishni ( adaptiv siyosat) ko‘zda tutadi.
Daromadlar va baholami tartibga solish siyosatini amalga oshirish hukumat tomonidan baholar (narxlar) va daromadlar darajalarini muzlatib qo‘yish, pul ko‘rinishidagi ish haqining o‘sishini o‘rtacha mehnat unumdorligining o‘sishiga bog‘lab qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
“Soliqlar tarkibini o‘zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlaming ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar ulushini ko‘paytirish, soliq stavkalarini pasaytirish, ulaming rag‘batlantirish funksiyalarini kuchaytirish, davlat byudjeti xarajatlarini pasaytirish kabllar ham inflyatsiyaga qarshi kurash tadbirlari hisoblanadi” .
Aksilinflyatsiya siyosatining u yoki bu turini tanlash inflyatsiya jarayonlarining xususiyatiga bog‘liq.
Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilami ta’minlashi kerak:
samarali soliq tizimini va davlat xarajatlarining baqarorligini;
pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o‘sish sur’atlarini;
inflyatsiyani import qilishga yo‘l qo‘ymaslik.
Har qanday inflyatsiyaning negizida asosiy iqtisodiy muvozanatlaming buzilishi yotadi. Shu sababli inflyatsiyaga qarshi kurash — uni shunchaki bostirish emas, balki iqtisodiyotda vujudga kelgan nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan baquvvat tarkibiy siyosatini amalga oshirishdir. Bir qator chet mamlakatlaming inflyatsiyaga qarshi kurash tajribasi shuni ko‘rsatdiki, ular inflyatsiya bilan iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining buzilisni bir-biriga chambarchas bog‘liq ekanligini anglagan holda, muomala sohasini qat’iy boshqarish va to‘lovga qobiliyatli ortiqcha umumiy talabni bartaraf etish bilangina cheklanmadilar. Muayyan maqsadlarga qaratilgan yirik investitsiya dasturlarini ishlab chiqdilar va amalga oshirdilar. Bu dasturlar ana shu nomutanosiblikni tugatish va, binobarin, inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi sabablami bartaraf etish imkonini berdi.
Keyingi yiliarda jahon bozorida narxlar darajasining keskin oshib borayotganligi aksilinflyatsiya siyosatini yanada takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirdi.
0‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan Inqirozga qarshi chora- tadbirlar dasturida ko‘zda tutilgan vazifalami amalga oshirish, jumladan ishlab chiqarishni modemizatsiya va texnik qayta qurollantirishni izchil davom ettirish, energetika tizimini modemizatsiya qilish, asosiy sanoat tarmoqlarida mahsulot tannarxini 20 foizga qisqartirish, kommunal hizmatlar baholari o‘sishini cheklash mexanizmini shakilantirish, bank tizimini yanada takomillashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va h.k.lar inflyatsiya sur’atiarini cheklash imkonini beradi.
Nazorat savollari
Inflyatsiyaning mohiyati faqatgina muomaladagi pul massasining ortiqchaligi bilan izohlanishi to‘g‘rimi?
Inflyatsiyani tushuntirib berishda keynchilaming va neoklassiklaming yondashuvlari qanday farq qiladi?
Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari qanday?
Talab inflyatsiyasi qanday sodir bo‘ladi?
Taklif inflyatsiyasiga izoh bering?
Fillips egri chizig‘i qaysi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi? Bu bog‘liqlik qanday tavsiflanadi?
Aksilinflyatsiya siyosatining mohiyatini tushuntirib bering.
Inflyatsiya so‘zining ma’nosi nima?
9.Inflyatsiyaning haqiqiy darajasi qanday aniqlanadi?