Toshkent moliya instituti "menejmet" kafedrasi "menejment"


Tovar  va  xizmatlarni  taqsimlash  jarayoni



Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet349/750
Sana31.12.2021
Hajmi8,39 Mb.
#235710
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   750
Bog'liq
Menejment barcha fak. UMK 2020

Tovar  va  xizmatlarni  taqsimlash  jarayoni  –  bu  ma‘lum  bir  bosqichlar 

ketma-ketligini, harakat va usullar majmuasini istemolchining tanlash va ularni jalb 

qilish, shartnoma shartlariga ko‘ra yetkazib berishning ratsional yo‘llarini tanlash, 

tovarlarni  saqlash  va  taxlash  kabi  vazifalarni  o‘z  ichiga  oladi.  Ishlab 

chiqaruvchidan  to  iste‘molchiga  tovar  va  xizmatlarni  yetkazib  berish,  bu  borada 

barcha qarorlarni qabul qilish bilan bog‘liq.  



Tovarlar harakatlanishi(marketining logistikasi)ni tashkil etish. 

Savdo (o‘tkazish, sotish) siyosati tovarlarning harakatlanishi bo‘yicha qarorlar 

qabul qilishni ko‘zda tutadi. 

Tovarlar  harakatlanishi  (marketing  logistikasi)  –  iste‘molchilar  ehtiyojlarini 

qondirishuchun  foyda  ko‘rish  maqsadida  materiallarni  va  tayyor  mahsulotlarni 

ishlab  chiqarilganjoylaridan  iste‘mol  joyiga  yetkazish  faoliyatini  rejalashtirish, 

hayotga tatbiq etish va jismoniy joylashtirilish ustidan nazorat qilish faoliyatidir. 

Tovarlar  harakatining  maqsadi-  minimal  imkoniyatli  xarajat  bilan  zarur 




222 

 

tovarlarni zarur joyga yetkazib berish hisoblanadi.  



Tovarlarni  harakatlantirishning  asosiy  chiqimlaritovarlarni  transportlarga 

yuklash  –  tushirish,  omborlarga  joylashtirish,  tovar  –  moddiy  zahiralarni  saqlash, 

tovarlarniolish,  tushirish,  qadoqlash,  ma‘muriy  xarajatlar  va  buyurtmachilar  bilan 

ishlash bo‘yicha xarajatlardan yig‘iladi. 

Tovarlar  harakati  –  bu  nafaqat  xarajatlar  manbasi,  shuningdek,  talabni 

yaratishning 

potensial 

ko‘rinish 

ham. 

Tovarlar 



harakati 

tizimini 

mukammallashtirish  hisobiga  qo‘shimcha  mijozlarni  jalb  etish,  yaxshi  xizmat 

ko‘rsatish va narxlarni tushirishni taklif qilish mumkin. 

Tovarlar  harakati  tizimlaridan  birortasi  ham  bir  vaqtning  o‘zida  mijozlar 

uchun  maksimal  servis  bilan  bir  vaqtda  tovarlarni  taqsimlash  sarfini  minimumga 

tushirishga  qodir  emas.  Mijozlar  uchun  maksimal  servis  katta  tovar  moddiy 

zahiralarini  saqlashni,  nuqsonsiz  transportirovka  xizmatiniva  ko‘plab  omborlar 

bo‘lishini ko‘zda tutadi, bu esa xarajatlar ortishiga olib keladi. 

Tovarlarni  harakatlantirish  xarajatlari  ko‘pincha  o‘zi  bilan  teskari 

mutanosiblik  bo‘yicha  bog‘langan.  Masalan,  xarajatlarni  minimumga  keltirish 

uchun  yuklarni  tushirish  bo‘limi  arzon  konteynerlardan  foydalanadi.  Bu  esa 

tovarlarniyo‘lda  ko‘plab  zararlanishiga  olib  keladi  va  iste‘molchilarning 

noroziligini  keltirib  chiqaradi.  Shu  bois  tovarlar  harakatini  tashkil  etish  bo‘yicha 

qarorlar qabul qilishga tizimli yondashuv zarur. Tovarlarni harakatlantirish tizimini 

asosiy  nuqtasi  –  iste‘molchilar  talablarini  va  raqobatchilar  takliflarinio‘rganish. 

Iste‘molchilarni quyidagilar qiziqtiradi: 

1) tovarni o‘z vaqtida yetkazilishi; 

2)  yetkazib  beruvchining  mijozning  shoshilinch  ehtiyojini  qondirishga 

tayyorligi; 

3) tovarlar bilan ehtiyotkorona muomalada bo‘lish; 

4) yetkazib beruvchining kamchiligi mavjud bo‘lgan tovarni qaytarib olish va 

uni zudlik bilan almashtirishga shayligi; 

5)  yetkazib  beruvchining  mijoz  uchun  tovar  –  moddiy  zahiralarni  saqlab 

turishga shayligi. 

Firma  mijozlar  ko‘z  oldida  xizmatlarning  bu  turlarini  solishtirma  qiymatini 

o‘rganishlari lozim. Masalan, nusxa ko‘chirish uskunalarini sotib oluvchilar uchun 

servis ta‘mir muddatlarikatta ahamiyatga ega, kredit oluvchi bank mijozlari uchun 

iloji boricha tezroq javob olishlari muhim. Shuning uchun Amerika banklaridan biri 

quyidagicha  reklama  shiori  ostida  ishlaydi:  Agar  bizning  bankimizga 

murojaatqilsangiz,  oradan  ikki  soat  o‘tib,  bankimiz  sizga  reklama  berishga 

tayyorligi  haqidagi  javobni  olasiz.  Xususiy  standartlarni  ishlab  chiqishda 

raqobatchilar standartlarini ham, albatta, hisobga olish kerak.  

Tovarlar  harakati  tizimi  quyidagi  masalalar  bo‘yicha  qarorlar  qabul  qilishni 

ko‘zda tutadi: 


Download 8,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   750




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish