3. Qo‘shilgan qiymat solig’i solish bazasi va uni aniqlash tartibi. Soliq kodeksining 248-moddasiga ko’ra, soliq bazasi aksiz solig’ini (aksiz to’lanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qo’llanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi.
SK. 248-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi. SQQS = ASS х H / 100 (1) bu yerda,
SQQS – QQS summasi;
ASS – soliq solinadigan aylanma;
H – QQS stavkasi.
SQQS = TQQS х H / H + 100 (2) bu yerda,
SQQS – QQS summasi;
TQQS – qo’shilgan qiymat solig’ini o’z ichiga olgan tovar qiymati.
Xaridorlarga realizatsiya qilish bo’yicha aylanmani amalga oshirish sanasida chegirmalar (boshqa tijorat bonuslari) bergan soliq to’lovchi soliq bazasini bunday chegirmalar (tijorat bonuslari) chegirib tashlangan holdagi narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda aniqlaydi.
SK. 248-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi. Soliq bazasi quyidagi hollarda tovarlarning (xizmatlarning) O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq aniqlanadigan bozor qiymatidankelib chiqqan holda aniqlanadi:
tovarlarni (xizmatlarni) boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlab realizatsiya qilishda;
yuridik shaxsning mol-mulkidan shaxsiy maqsadlarda foydalanishda.
tovarlarni (xizmatlarni) bepul berishda (ko’rsatishda);
SK. 248-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
“QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I HAMDA CHET EL YURIDIK SHAXSLARI BILAN BOG‘LIQ SOLIQ MA’MURCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” (2020-yil 14-avgust, 489-son)
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilova;
Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilova;
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilova;
Tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘lash bo‘yicha majburiyat umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik deb e’tirof etilganda va uni hisobdan chiqarish lozim bo‘lgan hollarda qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasiga tuzatish kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilova;
Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish to‘g‘risidagi xabarnomalarning shakllari, ularni to‘ldirish va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilova;
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalarning shakllari, ularni to‘ldirish va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 6-ilova.