- daromad va xarajatlar, jumladan foyda va zararlar;
- mulk egalari tomonidan ulaming mulk egalari sifatida amal
qilishidagi qilingan qocyiImalar va ularga taqsimlanadigan summalar;
- pul oqimlari.
Ushbu ma’lumotlar, izohlardagi boshqa ma’lumotlar moliyaviy
hisobotlardan foydalanuvchilarga xo‘jalik
yurituvchi subyektning
kelgusi pul oqimlarini va, xususan, ulaming muddatini va aniqliligini
bashorat qilishga yordam beradi.
Moliyaviy hisobotlaming to‘liq to‘plami quyidagilami qamrab
oladi:
- davr oxiriga moliyaviy holat to'g^isidagi hisobot;
- davr uchun foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad
to‘g4risidagi hisobot;
- davr uchun kapitaldagi o ‘zgarishlar to ^ ris id a g i hisobot;
g) davr uchun pul oqimlari to'g'risidagi hisobot;
- izohlar, y a’ni ahamiyatli hisob siyosatlarining va boshqa
tushuntirish m a’lumotlarining qisqa bayonini qamrab olgan izohlar;
- oldingi davr uchun qiyosiy ma’lumotlami;
- moliyaviy holat to ‘g‘risidagi oldingi davrga tegishli (retrospektiv
tahlil yuzasidan) m a’lumotlami.
X o‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy
hisobotlarining toMiq
to‘plamida barcha moliyaviy hisobotlarni teng darajada taqdim etishi
lozim.
K o‘pgina x o ‘jalik yurituvchi subyektlari, moliyaviy hisobotlardan
tashqari, xo‘jalik yurituvchi subyektining rahbariyati tomonidan
toyyorlangan, uning moliyaviy holati va moliyaviy natijalarining asosiy
jihatlarini hamda u duch keladigan asosiy
noaniqliklami sharhlaydigan
va tushuntiradigan moliyaviy tahlilni ham taqdim etadilar. Bunday
hisobot quyidagilami o ‘z ichiga olishi mumkin:
- moliyaviy natijalami shakllantirgan asosiy omillar va ta’sirlar,
jumladan xo‘jalik yurituvchi subyekti faoliyat ko4rsatadigan muhitdagi
o‘zgarishlar, xo'jalik yurituvchi subyektning ushbu o ‘zgarishlarga
javoban choralari va ulaming ta’siri, hamda xo‘jalik yurituvchi
115
subyektning moliyaviy natijalarni saqlab qolish va ko‘paytirishga
qaratilgan investitsion siyosati, jumladan uning dividend siyosati;
- xo'jalik yurituvchi subyektning faoliyatini moliyalashtirish
manbalari va u tomonidan ko'zlangan
majburiyatlaming kapitalga
nisbati koeffitsiyenti;
- xo‘jalik yurituvchi subyektining MHXSlarga muvofiq moliyaviy
holat to ‘g ‘risidagi hisobotda tan olinmagan resurslari.
Xo'jalik yurituvchi subyektlari, moliyaviy hisobotlardan tashqari,
ekologik hisobotlar va qo‘shilgan qiymat to‘g ‘risidagi rasmiy axborotlar
kabi hisobotlarni
va rasmiy axborotlami, xususan ekologik omillar
ahamiyatli bo‘lgan sohalarda va qachonki, xodimlar ahamiyatli
foydalanuvchilar guruhi sifatida inobatga olinganda, taqdim etadilar.
Moliyaviy
hisobotlar
tahlilida
o‘rganiladigan
mavzularni
quyidagicha tarkiblash mumkin:
Moliyaviy hisobotlar tahlilining
umumiy mavzulari:
-
Buxgalteriya balansi
va moliyaviy holat tahlili;
- Moliyaviy natijalar va rentabellik tahlili;
- Pul oqimlari va valyuta mablag‘lari harakatini tahlili;
- Xususiy kapital tahlili;
- Moliyaviy hisobotlarni kompleks tahlili.
Moliyaviy hisobotlaming
birlik mavzulari:
- Investitsion faoliyat va investitsion jozibadorlik tahlili
- Bozor va ish aktivligi tahlili
- Kreditga layoqatlilik tahlili
- Iqtisodiy nochorlik tahlili
- Moliyaviy indikatorlar tahlili
- Risklar tahlili va h.k.
X o‘jalik yurituvchi subyekt joriy davming moliyaviy hisobotlarida
aks ettirilgan barcha summalar bo'yicha oldingi davrga nisbatan qiyosiy
m a’lumotlarni taqdim etishi lozim. Bu jihatdan xo'jalik yurituvchi
subyekti kamida, ikkita moliyaviy holat to‘g ‘risidagi
hisobotlarni, ikkita
foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar to‘g‘risidagi
hisobotlarni, ikkita alohida foyda yoki zarar to ‘g ‘risidagi hisobotlarni
116
(agarda taqdim etiladigan boisa), ikkita pul oqimlari to‘g‘risidagi
hisobotlarni va ikkita kapitaldagi o ‘zgarishlar to‘g crisidagi hisobotlarni
hamda tegishli izohlami taqdim etishi lozim. Bu holat, ma’lumotlarni
qiyoslashni, ulami tahlil etishning zaruriyligini belgilab beruvchi asosiy
shartdir.
Do'stlaringiz bilan baham: