Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova



Download 35,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/388
Sana22.07.2022
Hajmi35,35 Mb.
#836241
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   388
Bog'liq
Рахимов М Й Каландарова Н Н Молиявий тахлил 2019

Ichki moliyaviy tahiil
- korxonaning ichki bo‘limlari, xodimlari 
tomonidan o ‘tkazilib o ‘rganiladigan masalalarning ko'lami bilan tashqi 
moliyaviy tahlildan farq etadi. Ichki moliyaviy tahlilning axborotlar 
bazasi va o‘rganiladigan masalalarning ko4lami tashqi moliyaviy tahlilga 
nisbatan keng hisoblanadi. Uning axborotlar bazasiga faqat chop 
etiladigan moliyaviy hisobotlargina emas, balki moliyaviy hisobning 
barcha manbalari va hisobdan tashqari manbalami ham kiritish mumkin. 
O'rganiladigan masalalar koMamini boshqaruvchilar va tahlilchilaming
111


qiziqishlari doirasidan kelib chiqib belgilash mumkin. Ushbu tahlil 
turining o ‘ziga xos xususiyatiarini quyidagi jihatlar bilan izohlash 
mumkin.
Ichki moliyaviy tahlilning o ‘ziga xos jihatlari:
- tahlil subyektlarining tor guruhi;
- tahlil natijalari faqat ichki talablarga, korxona boshqaruvi 
yuzasidan y o ‘naltirilganligi;
- teran moliyaviy tahlilni o ‘tkazishda axborotlaming keng 
doirasidan foydalanish imkoniyatining yuqoriligi;
- tahlilni o ‘tkazish bo‘yicha normativ metodikalar bilan birgalikda 
aniq reglamentlari (tartiblari) belgilanmagan usullardan foydalanish 
imkoniyatlari;
- aniq boshqaruv qarorlarini tayyorlash yuzasidan chuqur moliyaviy 
tahlilni o ‘tkazish imkoniyati mavjudligi;
- boshqaruv apparati talablaridan kelib chiqqan holda analitik ishni 
tashkil etilishi.
Moliyaviy tahlil 
mazmuni bo'yicha
to iiq moliyaviy tahlil va 
tematik moliyaviy tahlil turlariga ajratiladi.
T o iiq moliyaviy tahlil korxona moliyaviy faoliyatining barcha 
jihatlarini kompleks o ‘rganishni xarakterlaydi. Tematik moliyaviy tahlil 
korxona moliyaviy faoliyatining alohida jihatlarini va akspektlarini
o‘rganishni 
xarakterlaydi. 
Tematik moliyaviy tahlil 
predmetiga:
!
aktivlardan samarali foydalanish, aktivlami moliyalashtirishda alohida 
manbalardan optimal foydalanish darajasi, to io v layoqati va moliyaviy 
barqarorlik holati, optimal investitsion faoliyat, kapitalning moliyaviy 
tuzilishi kabi masalalami kiritish mumkin.
Moliyaviy tahlilda obyektni qamrab olinishi yuzasidan xo'jalik 
yurituvchi subyektlaming to iiq (bir butunlikdagi) moliyaviy tahlili, 
alohida b o iim lar va birliklar moliyaviy holatining tahlili (iqtisodiy 
javobgarlik markazlari bo‘yicha) hamda alohida moliyaviy jarayonlar 
tahlilini tarkiblash mumkin.
0 ‘tkazish davri b o yich a
moliyaviy tahlil oldingi, joriy va istiqbolli 
tahlil turlariga tarkiblanadi.
112


Oldingi moliyaviy tahlil - korxona moliyaviy faoliyatini bir 
butunlikda yoki alohida olingan moliyaviy jarayonlar bo‘yicha shart- 
sharoitlami bilish bilan bog‘lanadi (masalan, uzoq va qisqa muddatga 
bank kreditlarini olish yuzasidan korxonaning to‘lov layoqatini 
baholash).
Joriy (operativ) moliyaviy tahlil - alohida moliya rejalarini 
bajarilishida yoki moliya operatsiyalarini amalga oshirish davomida 
operativ tarzda moliyaviy holatga ta’sir etish yuzasidan o'tkaziladigan 
tahlil turidir.
Istiqbolli moliyaviy tahlil - amaldagi holatni o‘rganish asosida 
moliyaviy holat va uning alohida birliklari bo'yicha kelajakdagi 
o'zgarishlarning kutilishlarini baholab beruvchi tahlil turidir.
Moliyaviy tahlilni 
tashkil etish bosqichlarim
iqtisodiy tahlil va 
uning tarkibiy qismlariga nisbatan yagona asosda birday belgilash 
to‘g 4ri, lekin aynan moliyaviy tahlil yuzasidan uni quyidagi ketma- 
ketlikda o4kazish maqsadga muvofiq deb o ‘ylaymiz.
1. Moliyaviy tahlil maqsadini belgilash va rejasini tuzish;
2. Moliyaviy tahlil yuzasidan ma’lumotlar bazasini to'plash;
3. Moliyaviy tahlilni bevosita o'tkazish bosqichi;
4. Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi;
5. Qarorlar tayyorlash bosqichi;
6. Tahlil natijalarini realizatsiya qilish bosqichi.
Iqtisodiy tahlilni yoki 
moliyaviy tahlilni 
tashkil etishdagi
yondashuvlar turlicha boMganligi bilan ulaming mazmuni albatta bitta 
jihatga ya’ni tahlilni sifatli va foydali o ‘tkazishga qaratilgan.
Moliyaviy tahlilni tashkil etishda albatta har bitta tarmoqning va 
sohaning o'ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Jumladan, 
xo‘jalik subyektlarining faoliyat turlari bir-biridan tubdan farq qiladi. 
Farqlanish nafaqat ularning faoliyat turida, balki mulkiy shaklida, 
kapitalda qatnashishi, mulkiy taqsimotida, ko‘lamida ham mavjud. 
Moliyaviy hisobotlar bir xil shakl va mazmunni ifoda etgani bilan 
ulaming qatorlari, qatorlarning shakllanish tartiblari bir-biridan tubdan 
farq qiladi.
113


Moliyaviy holat va natijaviylikni baholashda bu jihatlarni 
farqlanishi muhim o ‘rin tutmasa ham, aslida masalaning yechimi uning 
quyi b o 'g in ig a, faoliyatning turiga, xususiyatiga, taqsimotning shakliga, 
mulkiy va moliyaviy munosabatlarga borib taqaladi.
lqtisodiyotning u yoki bu tarmog'i yagona maqsadda birlashsa ham, 
boshqa munosabatlarda tubdan farq qiladi. Bu jihat farqlanishlar albatta 
moliyaviy tahlilda hisobga olinishi lozim.
Axborotlar bazasida ham farqlanishni kuzatish mumkin. Masalan 
kichik biznes subyektlari soddalashtirilgan tartibda moliyaviy hisobotni 
tuzadilar va yuritadilar, yirik biznes subyektlari esa umumbelgilangan 
tartibda moliyaviy hisobotni tuzadilar va taqdim etadilar. Shu bilan 
birgalikda ularning soni va mazmunida, auditorlik xulosalarining 
olinishida 
ham 
farqlanishlar kuzatiladi. 
Moliyaviy 
hisobotlarga 
auditorlik xulosalarining olinishida ham majburiy va majburiy 
boim agan tarkibini guruhlash mumkin.

Download 35,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish