Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova


shakllantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soiishning



Download 35,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/388
Sana22.07.2022
Hajmi35,35 Mb.
#836241
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   388
Bog'liq
Рахимов М Й Каландарова Н Н Молиявий тахлил 2019

shakllantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soiishning
me’yoriy asoslari
Moliyaviy tahlilning metodologik asoslari me’yoriy hujjatlar 
asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi va 
auditni yo4ga qo‘yish va yuritishda rioya etiladigan barcha me’yorlar 
(Qonunlar, standartlar, Nizomlar, y o ‘riqnomalar, buyruqlar, tartiblar) 
tahiil uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Shu bilan birgalikda tahlilning
102


o‘zi uchun ham qator normalar belgilanganki, ular xo‘jalik yurituvchi 
subyektlaming boshqaruvi zaruriyatidan kelib chiqqan holda ijro etiladi 
va amalga oshiriladi.
Moliyaviy tahlilni odatda rasmiy va norasmiy me’yoriy asoslariga 
muhim e ’tibor qaratiladi. Rasmiy asoslari majburiylik tartibida, aniq 
me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etiladi va yuritiladi, norasmiy 
asoslarini esa boshqaruvchilar, menejerlar o 6z maqsadlaridan kelib 
chiqqan holda mustaqil belgilaydilar va yuritadilar.
Rasmiy me’yoriy asoslarga xo'jalik yurituvchi subyektning moliya 
xo4jalik faoliyatini tahlil etishning quyidagi tartiblarini kiritish mumkin:
xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektning 
muhim 
samaradorlik 
ko4rsatkichlarini baholash;
- xo4jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy nochorligini baholash;
- xo'jalik yurituvchi subyektning kreditga layoqatliligini baholash;
Norasmiy asoslarda o ‘rganiladigan masalalar ko‘lami juda keng
doirada amalga oshirilib ularning qatoriga quyidagilami kiritish 
mumkin:
- aktivlar, kapital va majburiyatlar tahlili;
- moliyaviy barqarorlik tahlili;
- toMov layoqati va likvidlik tahlili;
- ish va bozor aktivligi tahlili;
- pul oqimlarining tahlili;
f
- xususiy kapital tahlili;
- foyda va zararlar tahlili;
- debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili;
- innovatsion mahsulot va faoliyat tahlili;
- investitsion faoliyat tahlili;
- soliq to‘lovlari va majburiyatlar tahlili;
- logistik tahlil va h.k.
X o‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga baho berish va tahlil etishda 
bir qator analitik jarayonlar amalga oshiriladi. Bu jarayonlaming asosiy 
manbasi sifatida buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti ma’lumotlari olinadi. 
Biznesdagi holat va uning kelgusidagi rivojini prognozlash yuzasidan,
103


shuningdek, statistik, makroiqtisodiy va tarmoq ko'rsatkichlarining 
qiyosiy tahlili ham amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarda bu borada tahlil boshqaruvning eng muhim 
dastagi sifatida qaraladi.
X o‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini baholashda moliyaviy 
tahlildan foydalanish albatta: xo‘jalik yurituvchi subyektlaming
moliyaviy hisobotlarini tuzish va ularga tushuntirishlar berishda; 
moliyaviy holatini baholashda; iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ka qarshi 
boshqaruv hisobotini tayyorlashda; biznesini restruktarizatsiya qilishda; 
moliyaviy sog‘lomlashtirishda; mulkiy munosabatlami tartibga solishda 
qo‘l keladi.
Moliyaviy tahlildan foydalanishning yagona metodikasi shu paytga 
qadar yaratilmagan. Shu sababli, har bitta menejer o ‘z amaliy 
tajribasidan, xo‘jalik yurituvchi subyektining faoliyat va boshqaruv 
xususiyatlaridan, axborot manbalarining hajmidan kelib chiqqan holda 
alohida metodik ishlanmalardan foydalanadilar.
X ocjalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil 
etishda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan 3 ta 
bosqichi tarkiblanadi: tahlilning maqsadini va uni realizatsiya qilish 
tartibini belgilash; tahlilda foydalaniladigan axborotlar sifatini baholash, 
ishonchli axborotlar bazasini shakllantirish; tahlil usullari (metodlari)ni 
aniqlash, tahlilni o4kazish va olingan natijalami umumlashtirish.
t
Tahlil 
etishning 
metodologik 
asoslari 
ko‘pincha 
huquqiy 
manbalarga tayangan holda tuzib chiqiladi. Xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar faoliyatini moliyaviy tahlil etishning amaldagi normalariga 
quyidagilami kiritish mumkin:
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS);
“Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini 
o ‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g ‘risida”gi 0 4zbekiston 
Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi qoshidagi Iqtisodiy nochor korxonalar 
ishlari Q o‘mitasi qarori;
104


“Davlat ulushi bo4gan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini 
joriy etish to‘g ‘risida” Vazirlar Mahkamasi qarori;
Moliyaviy hisobotlaming xalqaro standartlari (MHXS).
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual 
asos” deb nomlangan BHMSda moliyaviy hisobot maqsadi sifatida 
quyidagilar bayon etilgan. “Moliyaviy hisobotning maqsadi x o ‘jalik 
subyektining 
moliyaviy 
ahvoli, 
faoliyati, 
moliyaviy 
ahvolidagi 
o‘zgarishlar to‘g4risidagi axborotni taqdim etishdan iborat...”.
Moliyaviy hisobot axborotni quyidagilar uchun ham 
saqlaydi: 
investitsiya qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish; 
xo'jalik yurituvchi subyektning bo‘lg‘usi pul oqimiga baho berish; 
xo‘jalik yurituvchi subyektga ishonib topshirilgan resurslar munosabati 
bilan uning resurslariga, 
majburiyatlariga baho 
berish; 
rahbar 
organlaming ishiga baho berish.
Jumladan, 
mazkur standartning keyingi 
bandlarida xo'jalik 
yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning 
moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to'lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit 
oczgarishlariga munosabat bildira olishi, subyektning kelgusida pul 
mablag'larini va ulaming ekvivalentini ko‘paytirish imkoniyatini 
prognozlash, kreditlarga bo'lgan ehtiyojni aniqlash, xo‘jalik yurituvchi 
subyektning faoliyat ko6rsatkichlari, uning rentabelligini aniqlash, 
iqtisodiy resurslardagi potensial o^garishlam i baholash zarurligi qayd 
etiladi.
Moliyaviy hisobotlami bir paytning o‘zida turli davrlar bo6yicha 
axborotlami jamlashi ham ulaming tahliliyligini ta’minlash uchun 
qilingan zaruriy talabdir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy 
nochor korxonalar ishlari Q o‘mitasining “Korxonalaming moliyaviy 
iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o'tkazish mezonlarini aniqlash 
tartibi to cg ‘risidagi qarori”ga muvofiq xo'jalik yurituvchi subyektlaming 
iqtisodiy nochorligini baholashda quyidagi ko'rsatkichlar tizimini 
o‘rganish tavsiya etiladi: to‘lov layoqati yoki qoplash koeffitsiyenti; o ‘z
105


aylanma m ablagiari bilan ta ’minlanish koeffitsiyenti; korxona aktivlari 
va xarajatlari rentabelligi. Yakuniy xulosani chiqarish yuzasidan 
quyidagi qo4shimcha k o ‘rsatkichlar o'rganiladi: o ‘z mablag'lari va qisqa 
muddatli qarz m ablagiari nisbati koeffitsiyenti; ishlab chiqarish 
quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti; asosiy vositalarning eskirish 
koeffitsiyenti.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ulushi 
boMgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish 
to ‘g ‘risida”gi qarorida quyidagi ko‘rsatkichlami baholashni tavsiya 
etiladi.
1. Samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari: korxonaning foizlar, 
soliqlar va amortizatsiya summasi chegirilgunga qadar foydasi; xarajat 
va daromadlarning o‘zaro nisbati; jalb qilingan kapital rentabelligi; 
aksionerlik kapitali rentabelligi; investitsiyalangan kapital rentabelligi; 
aktivlar 
rentabelligi; 
mutlaq 
likvidlik 
koeffitsiyenti; 
moliyaviy 
mustaqillik koeffitsiyenti; kreditorlik majburiyatlari aylanuvchanligi; 
debitorlik 
majburiyatlarining 
aylanuvchanligi; 
qoplash 
(toMovga 
qobillik) koeffitsiyenti; dividend to ‘lash koeffitsiyenti; debitorlik 
majburiyatining kamayish koeffitsiyenti.
2. 
Samaradorlikning 
qo‘shimcha 
ko'rsatkichlari: 
asosiy 
vositalarning eskirish koeffitsiyenti; asosiy vositalarni yangilash 
koeffitsiyenti; mehnat unumdorligi; fond qaytimi; ishlab chiqarish 
quvvatlaridan 
foydalanish 
koeffitsiyenti; 
energiya 
samaradorligi 
(mahsulot qiymati tarkibida energiya xarajati ulushi); sotilgan mahsulot 
tarkibida innovatsion mahsulotning ulushi; innovatsion faoliyatga 
xarajatlaming jami xarajatlar tarkibidagi salmogM; xodimlarni o ‘qitish 
xarajatlari salmogM; kadrlar qo‘nimsizligi koeffitsiyenti; rejalashtirilgan 
investitsiya dasturining bajarilish darajasi; quvvatlami ishga tushirish 
koeffitsiyenti; rejalashtirilgan eksport hajmining bajarilishi.
Xo^jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy nochorligini baholash, 
x o 4jalik yurituvchi subyektlami bankrot (iqtisodiy nochor) deb e ’lon 
qilish va ulami tugatish shartlari davlat nomidan ish ko‘ruvchi organlar
106


tomonidan qat’iy belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunday 
vakolatga O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi huzuridagi
13
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Q o4mitasi ega.
X o‘jalik 
yurituvchi 
subyektlar 
raqobatda 
sinmasligi 
uchun 
quyidagilarga amal qilishlari lozim:
- mavjud mablagMarini to 4g 4ri joylashtirish va boshqarish;
- ijobiy faoliyat natijaviyligiga erishish;
- debitor qarzlami ko‘paytirmaslik yo‘llarini topish, mavjud debitor 
qarzlami muddatida qaytarish chora-tadbirlarini ko‘rish;
- kreditor qarz majburiyatlarini to 4lov muddati bo4yicha nazoratini 
olib borish.
X o4jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy nochorligini belgilashda 
quyidagi ko4rsatkichlar tizimiga tayanishi lozim:
- xo "jalik yurituvchi subyektlarni to4lov layoqati, qoplash 
koeffitsiyentini o'rganishi;
- xo4jalik yurituvchi subyektlaming moliyaviy mustaqillik va 
qaramlik darajasini o'rganishi;
- uzoq muddatli va joriy aktivlami manbalashning holatini 
o‘rganish;
- o ‘z va qarz mablag4lari orasidagi nisbatni o4rganish;
- aktivlar, kapital va majburiyatlar rentabelligini o'rganish;
- ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqiy foydalanish darajasini
o'rganish;
- asosiy va nomoddiy aktivlardan foydalanish darajasini o'rganish;
- muddati o ‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini o'rganish. 
Qarzdoming pul majburiyatlari bo'yicha kreditorlar talablarini
qondirishga yoki majburiy to4lovlar bo'yicha o4z majburiyatini 
bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar yoki to 4lovlar 
majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor
13 °

Download 35,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish