Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish



Download 6,69 Mb.
bet288/314
Sana18.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#391661
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   314
Bog'liq
Moliyaviy tahlil kitob

12.8. Korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish

Iqtisodiyot real sektor korxonalarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, ularni boshqaruvining takomillashtirish iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Xo‘jalik subyektlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish, ularning moliyaviy holatini yaxshilashga qaratilgan qator chora-tadbirlar ko‘rishni talab etadi. Buning muhim yechimiga kelishda ichki imkoniyatlarni ishga solish doimo ham kutgan natijalarni bermasligi va bu jarayon uzoq davom etishini hisobga oladigan bo‘lsak asosiy manba sifatida tashqi manbalarga tayanishga, ularni ishga solishning puxta o‘ylangan strategiyasi va taktik rejasini belgilashni, loyihalarni chuqur tahliliy asoslashni talab etmoqda. Shu bilan birgalikda, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash yoki texnik texnologik qayta rivojlantirish afsuski barchada bir xilda kechadigan, yechim topadigan jarayon emas.

Korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish ishlarida Davlat raqobat Qo‘mitasi tomonidan joylardagi mahalliy hokimliklar, tijorat banklari bilan birgalikda kam quvvat bilan ishlayotgan korxonalarni ish hajmini o‘stirish, bo‘sh turgan obyektlar negizida yangi faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yish shaklida amalga oshirish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga muhim ahamiyat qaratish lozim. Quvvatlardan foydalanish darajasini oshirish va yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni belgilashda ham shunday yo‘l tutish lozimki, bunda birinchi navbatda yangi, innovatsion, raqobatdosh mahsulotlarni yaratishga va ularni keyinchalik xorijga sotish ishlarini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan, tashqi iqtisodiy faoliyatga yo‘naltirilgan iqtisodni yo‘lga qo‘yishga muhim ahamiyat berish zarur.

Amalga oshirilayotgan moliyalashtirishlar avvalo, tijorat banklarining resurslari hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu sababli ham loyihalar samaradorligini baholash va uni oqlanishini baholash yuzasidan qator banklar qoshida maxsus guruhlar ish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

«NBU Investment», «NBU Invest Group», «Asaka Investments», «Agroinvest Recovery» va «PSB Industrial Investments» guruhlari shular jumlasidandir.

Ta’kidlash lozimki, iqtisodiy nochor korxonalar negizida yangidan tashkil etilgan korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab 3 yilgacha qo‘shilgan qiymat solig‘i, mol-mulk solig‘i, er solig‘i, daromad solig‘i va yagona soliqdan ozod etilganligi, ushbu soliq imtiyozlarining yangi mulkdorlarga ham 3 yilgacha amal qilinishi tartiblari belgilangan.

Shuningdek, ular 2019 yil 1 apreliga qadar ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va kengaytirish uchun olib kelinadigan xomashyo, material va butlovchi qismlar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilindi.

Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda har yili 5-10 foiz korxona iqtisodiy nochor deb tan olinib, ularning ish faoliyati to‘xtatiladi. Lekin O‘zbekiston amaliyoti bu daraja nihoyatda kam. Bankrot deb tan olingan korxonalar soni jami korxonalar sonining 1 foizini ham tashkil etmaydi. Shunday ekan bu bilan nega bunchalik chuqur qayg‘urishimiz zarur. Bu yechimi juda sodda. Agar bitta korxona iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli yopiladigan bo‘lsa, undan faqat shu korxona mulkdorlarigina emas, balki butun jamoa va butun jamiyat ziyon ko‘radi. O‘zi, shunday ham ish bilan bandlik va mahsulot ishlab chiqarish hajmini o‘sishi muammo bo‘lib turgan bir paytda yangilar qatorini hisobdan chiqarilgan eskilar bilan to‘ldirishdan hech kimga naf bermaydi. Shu sababli birinchi navbatda iqtisodiy tanglikka tushgan korxonalarni birinchi navbatda qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlarini ko‘rish lozim.

Iqtisodiy, moliyaviy tanglikni yuzaga keltirayotgan sabablarni aniq o‘rganib chiqsak, ularning muhimlarini belgilasak, korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirishning aniq chora-tadbirlarini ko‘rish mumkin.

To‘lovga qodir bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bankrotlik mexanizmini shakllantirish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim shartidir. Ushbu mexanizm yordamida ayrim samarasiz faoliyatlarni to‘xtatish, noqobil xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tugatish, ijtimoiy jihatdan muhim va daromad keltiradigan korxonalarni saqlab qolish, mulkchilik munosabatlari barqarorligini ta’minlash, ish bilan bandlikni kafolatlash singari hayotiy muhim tadbirlar amalga oshiriladi.

Bankrotlik taomilini qo‘llashdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad muayyan korxonani inqirozdan moddiy va moliyaviy sog‘lomlashtirish yo‘liga o‘tkazish va bu jarayonni imkon qadar tez va mukammal amalga oshirish ekanligini yuqorida eslatdik. Ammo alohida muhim hisoblangan boshqa bir dolzarb masala ham borki, aslida bankrotlikning joriy etilishiga aynan shu holat sababchi va undan kelib chiquvchi vazifa dastavval ana shu salbiy vaziyatni bartaraf qilishdan iborat. Gap qarzdorlikni tugatish, kreditorlar talabini qondirish haqida ketmoqda.

Moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha taklif etilayotgan chora-tadbirlar ijobiy natijalar bermaydigan korxonalarni «nolga teng qiymat» bo‘yicha xususiy tadbirkorlarga sotilishi zarur.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 aprelda PF-5022-sonli “Iqtisodiy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon qabul qilindi.

Mazkur Farmon bilan tijorat banklari ular tomonidan avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida mulk sifatida qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida bank va uning boshqaruv korxonalarining ishtirok ulushi 100 foizgacha bo‘lgan yangi korxonalar tashkil etish huquqi berildi.

2017 yilning 1 iyulidan boshlab bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotish tanlov savdolarida amalga oshirilishi, bunda tijorat banklari o‘rtasida kim oshdi savdolari o‘tkazilmasligi belgilangandi.

Banklar iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi va ular bo‘yicha xulosalarni xukumat komissiyasiga kiritishi lozim.

Xukumat komissiyasining asosiy vazifalari hamda vakolatlariga quyidagilar kiradi:

- iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

- bankrot korxonalarning mulklari hamda avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining “yo‘l xaritalari” va tarmoq jadvallarini tasdiqlash;

- konkurs savdolari orqali tijorat banklariga sotilishi belgilangan bankrot korxonalar ro‘yxatini aniqlash;

- tijorat banklari tomonidan korxonani qayta tiklash, modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlash majburiyatini qabul qilish sharti bilan tijorat banklariga bankrot korxonalarni sotish bo‘yicha tanlov savdolarining shartlari va natijalarini tasdiqlash;

- bankrot korxonalarning investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda “nol” xarid qiymatida tijorat banklariga sotish bo‘yicha tanlov savdolarini o‘tkazish va qaror qabul qilish;

- qabul qilingan investitsiya majburiyatlarining tijorat banklari tomonidan bajarilishi, korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi hamda ularni keyinchalik yangi mulkdorlarga sotilishi yuzasidan monitoring natijalarini ko‘rib chiqish;

- tijorat banklari tomonidan bankrot korxonalar faoliyatini tiklash va investitsiya kiritish bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlar shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda bajarilmaganda shartnomalarni o‘rnatilgan tartibda bekor qilish yuzasidan qaror qabul qilish;

- tijorat banklari shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda investitsiyalar kiritish va bankrot korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarini bajarmagan taqdirda ushbu bank bilan oldi-sotdi shartnomasini o‘rnatilgan tartibda bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish.




Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish