Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatini aniqlash
Ko‘rsatkichlar |
1-yanvar 2017yil
|
1-aprel 2017 yil
|
1-iyul 2017 yil
|
1-oktyabr 2017 yil
|
1-yanvar 2018 yil
|
Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati, mln so‘m
|
8000
|
8500
|
9200
|
10500
|
11600
|
Yuqoridagi formula bo‘yicha asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati quyidagicha bo‘ladi.
O‘x= (8000/2+8500+9200+10500+11600/2) / (5-1) = 9500 mln so‘m
Balans usuli.
Balans usuli – o‘zaro bog‘langan va tenglashtirilgan ikki guruh iqtisodiy ko‘rsatkichlar tengliklarini aks ettirish usulidir. Bu metod buxgalteriya hisobi va rejalashtirish amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladigan metod hisoblanadi.
Balans usuli korxonani aktivlar, kapital va majburiyatlar balansi, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari balansi, valyuta balansi, byudjet balansi, resurs balansi tahlilida keng qo‘llaniladi.
1.12-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |