Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Qarzdorlik dinamikasining natijaviy va samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili (qarzlarning aylanuvchanligi va qoplanuvchanligi tahlili)



Download 6,69 Mb.
bet199/314
Sana18.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#391661
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   314
Bog'liq
Moliyaviy tahlil kitob

8.4. Qarzdorlik dinamikasining natijaviy va samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili (qarzlarning aylanuvchanligi va qoplanuvchanligi tahlili)

Foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini to‘g‘ri boshqarish orqali pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarini hosil qilish qobiliyatiga, uning muddati va aniqligiga baho berishni talab etadi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektning debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzasidan sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni chuqur tahlil qilish, davr mobaynida ularning hajmi, muddati, so‘ndirilishi, aylanuvchanligi bo‘yicha real holatni o‘rganishni talab etadi.

Qarzdorlik korxonaning moliyaviy holatini baholashda eng murakkab masala hisoblanadi. Negaki, uning hal etilishi doimo ham korxonaning o‘z ixtiyorida emas. Ayniqsa, debitorlik majburiyatlari va ularning undirilishi, muddatlarga amal qilinishi, qarzdorlik bo‘yicha yuzaga keladigan qo‘shimcha majburiyatlarning paydo bo‘lishi korxona rahbariyatining sa’y-harakatlari bilangina amalga oshadigan oddiygina jarayon emas. O‘z navbatida debitorlik majburiyatlaridagi holat korxonaning qarshi tomon oldidagi, kreditorlik qarzlarining ham to‘lanishiga, ularning tizimli algoritmiga ta’sir etadi. Negaki, debitorlik va kreditorlik qarzlari bu faoliyatning ikki qirrasi ularning bittasidagi buzilish ikkinchisiga, ikkinchisidagi buzilish birinchisiga ta’sir qiladi. O‘z navbatida bitta korxonada qarzdorlikning hal etilishi, tarmoq va bo‘g‘inda, yakunida mamlakatdagi to‘lov intizomiga ham ta’sir etadi.

Qarzdorlikni so‘ndirish albatta pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari yordamida amalga oshiriladi. Korxonada pul va pul ekvivalentlarining asosiy oqimi bu operatsion faoliyatda kuzatiladi. O‘z navbatida majburiyatlarning ham asosiy qismi ushbu faoliyat yuzasidan kelib chiqadi. Shu sababli, korxona rahbarlari doimo pul va pul ekvivalentlarini qisqa muddatli majburiyatlarni qoplashga tegishli qismini ushlab turishga harakat qiladilar. O‘z navbatida ularning faoliyat va qarzdorlikdan ortiqcha qismini ushlab turish ham korxona uchun maqbul hisoblanmaydi. Negaki, bu aktivlarning oborotdan chetlanishiga sabab bo‘ladi. Ortiqcha pul mablag‘larini ularning ekvivalentlariga investitsiya qilish bu pul mablag‘larini boshqarish bo‘lib hisoblanadi.

Pul ekvivalentlari deganda ko‘pincha qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar ham nazarda tutiladi. Moliyaviy qo‘yilmalarning qisqa muddatli shakli pul ekvivalenti deb tan olinishi uchun, u belgilangan summadagi pul mablag‘iga oson aylantiriladigan va qiymatidagi o‘zgarishlar riski sezilarsiz darajada bo‘lishi lozim.

Qarzdorlikning dinamikasi uning yillar bo‘yicha o‘zgarishlariga baho berishni ifoda etadi. Bu qarzdorlikning retrospektiv tahlili hisoblanib, kelajakdagi prognozlarini belgilash uchun ham zarur hisoblanadi. Qarzdorlikni muddat bo‘yicha o‘rganishda ularning muddati o‘tgan majburiyatlar sifatida foyda va zararlarga olib borilishiga muhim ahamiyat qaratish lozim. Qarzlarni foyda va zararlarga olib borish ularning to‘la nazorat qatoridan chiqarilishini anglatmaydi. So‘ndirilgan qarzlar albatta balansdan tashqari hisobvaraqlarida 5 yilga qadar saqlanishi lozim.

Debitorlik majburiyatlarini qiymat ifodasida o‘rganish doimo ham korxona moliyaviy ahvoli haqida aniq xulosalar chiqarish uchun yetarli bo‘lmaydi. Shu sababli‚ bu jarayonlarni samaradorlik va natijaviylik ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘liqlikdagi nisbiy ifodalariga ham baho beriladi. Bunday ko‘rsatkichlar sifatida debitorlik va kreditorlik qarzlarining aylanuvchanlik koeffitsiyentlari o‘rganiladi va tahlil qilinadi.

Debitor va kreditor qarzdorlikni o‘rganishda aylanuvchanlikning ikki jihatiga muhim ahamiyat qaratiladi.

Aylanuvchanlik koeffitsiyentlari va ularning o‘zgarishiga;



Aylanuvchanlik davri va ularning o‘zgarishiga.


Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish