FS – mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan yalpi foydaning o‘sishi:
FS = joriy yil sotilgan mahsulot (ish va xizmat)lardan yalpi foyda / o‘tgan yil sotilgan mahsulot (ish va xizmat)lardan yalpi foyda
Ts – mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushumning o‘sishi:
Ts = joriy yil sotilgan mahsulot (ish va xizmat)lardan sof tushum / o‘tgan yil sotilgan mahsulot (ish va xizmat)lardan sof tushum
Tx – sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxining o‘sishi:
Tx = joriy yil sotilgan mahsulot (ish va xizmat)lardan ishlab chiqarish tannarxi foydasi / o‘tgan yil sotilgan mahsulot (ish va xizmat)lardan ishlab chiqarish tannarxi
Sof tushumlarni baholashda albatta sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushumning tan olinishi bilan ular yuzasidan naqd pul mablag‘larining shakllanishi darajasiga ham muhim ahamiyat qaratish lozim. Negaki daromadlarni tan olishda yoki sotishdan tushumlarni hisobga olishda “hisobga olish” qoidasiga amal qilinishi bilan ularning naqdligini ta’minlashda “kassa” usuliga amal etilishi doimo ham majburiyatlar yuzasidan naqd mablag‘lar mavjudligini ta’minlay olmaydi.
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushumning naqdligini quyidagi bog‘lanish asosida aniqlash mumkin:
Tn = DKb + Ts - DQo
Tn – mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan naqd tushum (Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotdan olinadi);
DQb – davr boshiga mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan debitorlik qarzdorlik summasi;
DQo – davr oxiriga mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan debitorlik qarzdorlik summasi;
Ts – mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum summasi (moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan olinadi)
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushumning omilli tahlili metodikasi
Ta’sir birliklari modeli
|
Iqtisodiy tasniflari
|
Ts = UMA * AVumas * AVjavs * FQav
|
UMA – Uzoq muddatli aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati;
AVumas – asosiy vositalarning uzoq muddatli aktivlardagi salmog‘i;
AVjavs – aktiv asosiy vositalarning jami asosiy vositalarning tarkibidagi salmog‘i;
FQav – asosiy vositalarning aktiv qismining fond qaytimi
|
Ts = ∑JA * Tjas - Tak
|
JA – Joriy aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati;
Tjas – tovarlarning joriy aktivlardagi salmog‘i;
Tak – tovarlarning aylanish koeffitsiyenti
|
Ts = ∑X * Ixts * MUi
|
X – xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni;
Ixts – ishchilarning xodimlar tarkibidagi salmog‘i;
MUi – ishchilarning mehnat unumi
|
Daromadlarning moliyaviy faoliyatdan va favqulodda holatlardan yuzaga kelgan qismi tahlilda alohida o‘rganiladi va ularning ta’sir birliklari yuqoridagi tarkibdan tubdan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |