MLs (o‘tgan yil)=(3.85-9)*(1-10/100)*5452310192
/7745794466=-3.26%
MLs (hisobot yili)=(4.01-14)*(1-10/100)*14152659989
/10124233076=-12.57%
Ushbu holatda (-12.57 %) qarz kapitalini jalb qilish samarasiz hisoblanadi.
Moliyaviy leveridj samaradorligini qaysi omillar hisobiga o‘zgarganligini baholash yuzasidan quyidagi bog‘lanishlardan foydalanish tavsiya etiladi:
MLsshart1=(4.01-9)*(1-10/100)*5452310192/7745794466=-3.16% MLsshart2=(4.01-14)*(1-10/100)*5452310192/7745794466=-6.33% MLsshart3=(4.01-14)*(1-10/100)*5452310192/7745794466=-6.33%
Moliyaviy leveridj samaradorligining umumiy o‘zgarishi 9.31% ni tashkil etgan (-12.57 - (-3.26)).
Shu jumladan:
- investitsiyalangan kapital rentabelligi o‘zgarishi hisobiga (-(-3.16+3.26)=0.1%
- foiz stavkasining o‘zgarishi hisobiga (-6.33+3.16 )= -3.17%
- soliq stavkasining o‘zgarishi hisobiga (-6.33+6.33)=0 %
- xususiy kapital o‘zgarishi hisobiga (-12.57+6.33)=-6.24%
Jami omillar ta’siri:0.1-3.17+0-6.24=-9.31%
Agar inflyatsiya ta’siri kuchli bo‘lgan holatlarda qarzlar va ularning foizlari qayta indekslanmasa moliyaviy leveridj va xususiy kapital rentabelligi ortadi. Ushbu holatda moliyaviy richag samaradorligi quyidagi formula asosida hisob-kitob qilinadi.
MLS=[ROA-Fo‘s/(1+I)]*(1-Ss)*QK/XK + I*QK/XK*100% Bu yerda: I – inflyatsiya normasi.
MLs (o‘tgan yil) = (3.85-9 / (1+5.6/100)) * (1-10/100) * 5452310192 /7745794466 + 5.6 * 5452310192 / 7745794466 = 0.98
MLs (hisobot yil) = (4.01-14/(1+11.6/100))*(1-10/100) *14152659989 /10124233076 + 11.6 * 14152659989 / 10124233076 = 5.48%
Omillar ta’sirini zanjirli bog‘lanish usulida quyidagi hisob-kitoblarini amalga oshirish mumkin:
MLsshart1=(4.01-9/(1+5.6/100))*(1-10/100) *5452310192 /7745794466 +5.6 * 5452310192 / 7745794466 = 1.08%
MLsshart2=(4.01-14/(1+5.6/100))*(1-10/100) *5452310192 /7745794466 +5.6 * 5452310192 / 7745794466 = -1.92%
MLsshart3=(4.01-14/(1+11.6/100))*(1-10/100) *5452310192 /7745794466 +11.6 * 5452310192 / 7745794466 = 2.76%
MLsshart4=(4.01-14/(1+11.6/100))*(1-10/100) *5452310192 /7745794466 +11.6 * 5452310192 / 7745794466 = 2.76%
Moliyaviy leveridj samradorligining umumiy o‘zgarishi 4.5% (5.48 - 0.98), shu jumladan:
- investitsiyalangan kapital rentabelligi o‘zgarishi hisobiga:(1.08-0.98)=0.1%
- qarz foiz stavkasining o‘zgarishi hisobiga (-1.92-1.08)=-3%
- inflyatsiya darajasi o‘zgarishi hisobiga (2.76+1.92)=4.67%
- soliq stavkasi o‘zgarishi hisobiga (2.76-2.76)=0%
- xususiy kapital o‘zgarishi hisobiga (5.48-2.76)=2.72%
Jami omillar ta’siri: (0.1-3+4.67+0+2.72)=4.5%.
Nazorat uchun savollar
Xususiy kapital nima?
Xususiy kapital tarkibiy elementlariga nimalar kiradi?
Xususiy kapital bilan o‘z mablag‘lari manbasi orasida farq bormi?
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish tartibi va qoidalarini tushuntiring?
Ustav kapitali qanday shakllantiriladi va uning o‘zgarish sabablarini, yo‘llarini tasniflab bering?
Rezerv kapitali qanday shakllantiriladi va nimalarga ishlatiladi?
Qo‘shilgan kapital qanday shakllanadi?
Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) balansda aks ettirish tartiblarini tushuntiring?
Sotib olingan xususiy aksiyalar qatorida nimalar, qachon va qanday aks etadi.
Maqsadli tushumlar va moliyalashtirishlar nima?
Kelgusi davr to‘lovlari zaxirasi qanday shakllantiriladi?
Xususiy kapitalning o‘zgarishi, dinamikasini tahlil etish nimaga kerak?
Xususiy kapital va uning daromadliligini tahlilini kimlar va nima maqsadda o‘tkazadilar?
Xususiy kapitalning rentabelligi qanday aniqlanadi va uning o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir etadi?
Moliyaviy leveridj nima uni aniqlash tartiblarini tushuntiring?
Moliyaviy va ishlab chiqarish leveridjlarini bog‘liqligi mavjudmi?
Xususiy kapital bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarga, moliyaviy koeffitsiyentlarga qaysi ko‘rsatkichlar kiradi?
Sof aktivlar nima?
Sof aktivlar qanday aniqlanadi va uning mazmuni nima?