9-bob. MOLIYAVIY NATIJALAR VA RENTABELLIK TAHLILI
9.1.Moliyaviy natijalar, foyda va rentabellikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlilining ahamiyati, mazmuni, maqsadi va vazifalari.
9.2.Umumiy moliyaviy natijalar, ularning tarkibi, tuzilishi va ko‘rsatkichlarning bir-biri bilan bog‘liqligi.
9.3.Moliyaviy natija, foyda va rentabellik ko‘rsatkichlarini baholash va tahlil qilish yo‘llari.
9.4.Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyatidan olingan daromadlari tahlili.
9.5.Marjinal foyda tahlili.
9.6.Mahsulot sotishdan ko‘rilgan yalpi foyda va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili.
9.7.Moliyaviy natijalar tarkibiga kiruvchi xarajatlarning turlari va ularning tavsifi.
9.8.Xarajatlarni baholash va tahlil qilish yo‘llari. Xarajatlar o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar va ularni hisoblash yo‘llari.
9.9.Asosiy va umumxo‘jalik faoliyati foydasi (zarari), ularni aniqlash va tahlil qilish yo‘llari.
9.10.Favqulodda foyda va zararlar tahlili.
9.11.Soliq to‘langunga qadar foyda tahlili.
9.12.Byudjetga to‘lovlar va ajratmalarning tahlili.
9.13.Soliq to‘lovlari dinamikasi, ularning natijaviy ko‘rsatkichlar bilan qiyosiy tahlili.
9.14.Korxonalarda soliq yukini hisoblash yo‘llari.
9.15.Sof foyda va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili.
9.16.Rentabellik ko‘rsatkichlari va ularga ta’sir etuvchi omillar tahlili.
9.17.Foyda va rentabellikni oshirish imkoniyatlarini aniqlash.
9.1.Moliyaviy natijalar, foyda va rentabellikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlilining ahamiyati, mazmuni, maqsadi va vazifalari
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyat uzluksizligi, rivoji va taraqqiyotini ta’minlab beruvchi asosiy manba bu foyda hisoblanadi. Foyda nafaqat biznesni harakatga keltiruvchi kuch‚ balki uni istiqbolda raqobatdoshligini ta’minlashning, moliyaviy barqarorligini o‘stirishning ham zaruriy sharti hisoblanadi. Foydaga ishlash korxonaning yashovchanligini oshirishning, risklarga bardoshliligini ta’minlashning muhim vositasidir.
Moliyaviy natijalar tahlilida daromad va xarajatlarning, foyda va zararlarning shakllanish qatorlari bo‘yicha o‘zgarishlari baholanadi, natijaviy ko‘rsatkichlarning omilli tahlili o‘tkaziladi, imkoniyatlari o‘rganiladi, natijaviylikni yaxshilashning chora-tadbirlari belgilanadi. Shuningdek, korxonaning foydalilik darajasini xarakterlovchi rentabellik ko‘rsatkichi va uning omilli tahlili amalga oshiriladi.
Foyda yoki zarar – bu boshqa umumlashgan daromadning tarkibiy qismlaridan tashqari jami daromaddan xarajatlar chegirilganidan keyingi qolgan natijasidir.49
Jami daromad – bu davr mobaynidagi operatsiyalar va boshqa hodisalar natijasida kapitalda yuzaga keladigan o‘zgarishlardir. Jami umumlashgan daromad “foyda yoki zarar”ning hamda “boshqa umumlashgan daromad”ning barcha qismlarini qamrab oladi.50
Umumlashgan daromad – foyda va zararlarning barcha manbalaridan to‘plangan natijadir.
Kelgusida iqtisodiy naf keltiruvchi qiymatliklar
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |