Soliqlar, to‘lovlar, yig‘imlar
X7
|
|
Sof foyda
X8
|
Ishlab chiqarish xarajatlarini o‘zgaruvchan va o‘zgarmas xarajatlarga tarkiblashdan maqsad shuki, bu xarajatlarni yuzaga chiqish shakli, o‘rni va javobgarlik markazlari bo‘yicha hisobga olish hamda xarajatlarni maqsadli boshqarish imkonini beradi. Afsuski, ishlab chiqarish xarajatlarini o‘zgaruvchan va o‘zgarmas xarajatlariga tarkiblashda ishlab chiqarish va davr xarajatlariga bir xil mazmunda qarashmoqda. Vaholanki, bu tarkib xarajatlarning har ikkala guruhiga nisbatan ham tarkiblanishi to‘g‘ri deb qaraladi.
Mahsulot sotishdan olingan tushumni hisoblashda “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi” (eski tahriri, 1996-yil) Qonunni qabul qilinishi va amaliyotga kiritilishi bilan kassali usuldan hisobga olish usuliga o‘tish belgilandi. Buni bevosita hisobning barcha o‘zgaruvchi birliklarini o‘z ichiga oluvchi korxona hisob siyosatining o‘zgarishi bilan xarakterlash mumkin. Demak, marjinal foyda kontributsiyasiga ta’sir etuvchi asosiy birliklardan biri bu – korxona hisob siyosatining o‘zgarishidir.
Kassali usuldan hisobga olish usuliga o‘tilishi marjinal foyda, yalpi summasini oshiradi. Lekin keyingi davrlar bo‘yicha uning realligini ta’minlash vazifasi qo‘yiladi.
Marjinal foyda va uning omilli tahlili hisob-kitoblari
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili shartli
|
Hisobot yili
| Mahsulot sotishdan yalpi tushum | Mo‘*Bo‘ |
Mx*Bo‘
|
Mx*Bx
|
Sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish tannarxida o‘zgaruvchan xarajatlar
|
Mo‘*O‘o‘
|
Mx*O‘o‘
|
Mx*O‘x
|
Marjinal foyda
|
Mo‘(Bo‘-O‘o‘)
|
Mx(Bo‘-O‘o‘)
|
Mx(Bx-O‘x)
|
Sotilgan mahsulot tannarxida o‘zgarmas xarajatlar
|
Do‘
|
Dx
|
Dx
|
Mahsulot sotishdan sof foyda
|
Mo‘(Bo‘-O‘o‘)-Do‘
|
Mx(Bo‘-O‘o‘)-Dx
|
Mx(Bx-O‘x)-Dx
|
Belgilar izohi:
Mo‘, Mx – o‘tgan yil (Mo‘) va hisobot yilidagi (Mx) haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori;
Bo‘, Bx – o‘tgan yil (Bo‘) va hisobot yilidagi (Bx) sotilgan mahsulotlar birlik bahosi;
O‘o‘, O‘x - o‘tgan yil (O‘o‘) va hisobot yilida (O‘x) mahsulotlar birligiga o‘zgaruvchan xarajatlar;
Do‘, Dx – o‘tgan yil (Do‘) va hisobot yilida (Dx) jami o‘zgaruvchan xarajatlar.
Yuqoridagi bog‘lanishlardan marjinal foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni ham hisob-kitob qilish mumkin. Marjinal foyda ko‘rsatkichi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi, hisob-kitob qilinadigan omillarga mahsulotlar miqdori, birlik bahosi va bir birlikka o‘zgaruvchan xarajatlar o‘zgarishi ta’siri kiradi.
1. Marjinal foyda va uning o‘zgarishiga mahsulot miqdorini o‘zgarishi ta’sirini topish uchun quyidagi bog‘lanishdan foydalaniladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |