Usullar
|
Ustunligi
|
Kamchiligi
|
1.
|
FIFO
|
TMZlarni real baholash imkonini beradi
|
Xarajatlarning eskirishiga olib keladi; foydani potensial tarzda oshiradi; zaxiralar hisobini qiyinlashtiradi
|
2.
|
LIFO
|
Ishlab chiqarish xarajatlarini real bo‘lishini va foydaning asosligini ta’minlaydi
|
Zaxiralarni past bahoda baholashga olib keladi; zaxiralar hisobini qiyinlashtiradi
|
3.
|
AVECO
|
Foydalanish oson, hisob- kitoblar kam
|
Haqiqatdan farq qiluvchi zaxiralar va ishlab chiqarish xarajatlarini baholashga olib keladi
|
4.
|
NIFO
|
Zaxiralar va ishlab chiqarish xarajatlarini real baholash imkonini beradi
|
Har safar xarajat paytida TMZlar bahosini aniqlash bo‘yicha ko‘p harakat qilish talab qilinadi
|
5.
|
Normativ qiymat usuli
|
Zaxiralar hisobini yengillashtiradi, chunki ularni qiymati bo‘yicha qayd qilishning hojati yo‘q
|
Normativ qiymat joriy qiymatni aks ettirmasligi va shuning uchun zaxiralar qiymatini buzib ko‘rsatishi mumkin
|
Amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda mahsulotga talabning mavsumiyligi, bozor konyunkturasining o‘zgarishi natijasida ishlab chiqarish faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilish holatlari yuz berishi mumkin. Ushbu vaziyatda ishlab chiqarish bilan bog‘liq ayrim xarajatlar, xususan, ushbu ishlab chiqarish bilan bog‘liq ish haqi, asosiy vositalarga amortizatsiya xarajatlari to‘xtatilmaydi. Chunki ishlab chiqarish jarayoni to‘xtagani bilan ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha ishchi xodimlar ishdan bo‘shatilmaydi va bu ishchilarga ularni saqlab turish uchun hech bo‘lmaganda minimal daraja bo‘lsa ham, ish haqi hisoblanadi, shuningdek, ushbu ishlab chiqarish bilan bog‘liq amortizatsiya xarajatlari ham amalga oshiriladi.
Xarajatlar o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin.
Bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar: moddiy sarflar me’yorining o‘zgarishi; moddiy sarflar birligi bahosining o‘zgarishi.
Bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlarining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar: ishchilar sonining o‘zgarishi; bir ishchiga to‘g‘ri keladigan mehnat haqining o‘zgarishi.
Ish haqidan ajratmalarning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar: ajratmalar bazasining o‘zgarishi, ajratmalar stavkasining o‘zgarishi.
Amortizatsiya xarajatlarining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar: amortizatsiyalanadigan qiymat o‘zgarishi; amortizatsiya normalarining, tartiblarining o‘zgarishi.
Boshqa xarajatlar sarfiga ta’sir etuvchi birliklar yuqoridagi tarkibga kirmaydigan va alohida tarkiblanadigan xarajatlarning turiga qarab o‘zgaradi.
Davr xarajatlari o‘zgarishiga ta’sir etuvchi birliklar sotish, ma’muriy, boshqa operatsion xarajatlar tarkibidan kelib chiqib o‘rganiladi.
Moliyaviy xarajatlar o‘zgarishiga ta’sir etuvchi birliklar ularning shakllanish tarkibidan kelib chiqib baholanadi.
Favqulodda xarajatlar oldindan rejalashtirilmaydi, ularning yuzaga chiqishi oldindan ko‘zda tutilmaydi va tasodifiy tasnifga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |