Bog'liq Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliy
Meyoriy xarajatlar – bular maqsadli xarajatlar bo‘lib, hisobot davri boshida rejalashtiriladi va samarali ish olib borishda ularning kelgusi qiymati qancha bo‘lishini ko‘rsatadi. Bu usul asosan «standart-kost» deb nom olgan xarajatlarni hisobga olish tizimida ishlatiladi, va bu usul bir xil turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda qo‘l keladi. Bu usulda ishlab chiqarishga sarf qilingan materiallar normativ qiymatda baholanadi. Haqiqiy baho bilan normativ qiymat o‘rtasidagi farq hisobot davri oxirida aniqlanib, ularga tegishli tartibda tuzatishlar kiritiladi.
Har bir korxona tashkil topganidan keyin, foyda olish maqsadida, albatta moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. Foydani ko‘paytirishga yo‘naltirilgan aktivlarni boshqarish jarayoni moliyaviy menejmentda leveridj kategoriyasi bilan harakatlanadi.
Leveridj bu – tom ma’noda og‘ir narsalarni o‘zgartira oladigan ma’lum bir kuch (yelka) bo‘lib, uning yordamida nisbatan og‘ir yuklarni joyidan ko‘chirish imkoni tug‘iladi. Iqtisodiyotga tatbiq qilinganda, unga uncha katta bo‘lmagan o‘zgarish ham natijaviy ko‘rsatkichning sezilarli darajada o‘zgarishiga olib keluvchi omil sifatida qaraladi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot moddalarini qayta kopanovka qilish va detallashtirish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin bo‘lgan leveridjni uchta turi mavjud.
Daromad va leveridjni o‘zaro bog‘liqligi. Bu guruhlashtirishning ma’nosi shuki, sof daromad ishlab chiqarish va moliyaviy xarakterdagi foyda va xarajatlar o‘rtasidagi farq bilan bog‘liqdir. Ular bir-birlarini to‘ldirmaydilar, biroq har bir harakatni boshqarish mumkindir. Bularning hammasi korxonaning bozor iqtisodiyoti sharoitida bozorning ma’lum qismini egallab, korxona erkin moliyalashtirishiga xizmat qiladi.
Sof daromadning qiymati ko‘p omillarga bog‘liqdir. Korxona faoliyatini moliyaviy boshqaruvi yuzasidan quyidagi ta’sir birliklarini kiritish mumkin:
- moliyaviy resuslarning qanchalik darajada oqilona ishlatilganligi;
- mablag‘lar manbasi tuzilmasini.
Mahsulot tannarxining asosiy elementlari bu doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar hisoblanadi. Bunda ular orasidagi farq har xil bo‘lishi mumkin. Bu farq korxonaning texnika va texnologiya siyosati bilan bevosita bog‘liqdir. Mahsulot tannarxining o‘zgarishi umumiy sof daromadni o‘zgartirishga olib keladi. Asosiy vositalarni moliyalashtirish, doimiy harakatlarni o‘sishiga va o‘zgaruvchan xarajatlarni kamayishiga olib keladi. Biroq, bu o‘zgaruvchanlik to‘g‘ri chiziq orqali ifodalanmaydi. Shuning uchun doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning optimal nuqtasini topish oson ish emas. Ana shu o‘zaro bog‘lanish ishlab chiqarish leveridjini tashkil etadi.
Shunday qilib, ishlab chiqarish leveridji – bu mahsulot tannarxi va ishlab chiqarish hajmini tuzilmalarini o‘zgarishi natijasida yalpi foydaga ta’sir ko‘rsatishning potensial imkoniyatidir.
Moliyaviy leveridjda, korxona o‘zining mablag‘lari va qarzga olgan mablag‘larini moliyalashtirish manbasi sifatida aks ettiriladi. Qarzga olingan mablag‘larni ishlatish korxona uchun ma’lum ushlanishlar bilan bog‘liqdir. Korxonaning o‘zini mablag‘lari bilan uzoq muddatga olingan qarzlar o‘rtasida qanday farq (ularning hajmi) bo‘lishi, ularning daromadga ta’siri moliyaviy leveridjda o‘rganiladi.
Shunday qilib, moliyaviy leveridj – bu korxona passividagi uzoq muddatli qarzlarning hajmi va tuzilmasining o‘zgarishi orqali foydaga potensial imkoniyatlarning ta’sir qilishidir.
Umumiy leveridj – bu o‘z ichiga uchta narsani ya’ni, tushum, moliyaviy va ishlab chiqarish xarakteridagi xarajatlar va sof daromadni oladi.
Bu umumiy leveridjni tahlil qilish uchun iqtisodiyotda ma’lum bo‘lgan, “o‘lik nuqta”sidan foydalaniladi.
“O‘lik nuqta” usuli. Har bir korxona ishlab chiqarish jarayonida turli xildagi xarajatlarga duch keladi. Yangi hisobotlar rejasiga binoan, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bo‘yicha ikkita xarajat hisobi varianti bor. Birinchi, sobiq iqtisodiyotga xos bo‘lgan, xarajatlarni egri va to‘g‘ri xarajatlarga bo‘lish orqali mahsulot tannarxini aniqlash. Ikkinchi variant, bu iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ko‘p qo‘llaniladigan sir bo‘lib, bunda korxona xarajatlari o‘zgaruvchan (ishlab chiqarish) va doimiy xarajatlarga ajratiladi. O‘zgaruvchan xarajatlar sotish hajmiga to‘g‘ri proporsionaldir. Doimiy xarajatlar esa sotishga bog‘liq emasdir. Agar biz doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarni doimiy, o‘zgaruvchan va yarim o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘lsak maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘rtacha tannarx usuli zaxiralarni o‘rtacha bahosida ishlab chiqarish tannarxiga olib borishni, Fifo usuli dastlabki kirimni dastlab chiqarishni, Lifo usuli so‘nggi kirimni dastlab hisobdan chiqarishni xarakterlaydi.
Bu usullarni farqlashni ahamiyati shundaki, ularning natijaviy ko‘rsatkichga ta’siri turlicha bo‘ladi. Masalan; o‘rtacha tannarx bo‘yicha alohida ishlab chiqarish tannarxiga, Fifo usulida alohida, Lifo usulida alohida ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichlariga ega bo‘linadi. Buning ta’sirida natijaviy ko‘rsatkich ham turlicha bo‘ladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini baholashda boshqa xarajat elementlarini baholanishi xarajatlarning tarkibi bo‘yicha farqlanadi. Masalan; xizmatlar shaklida olingan ishlar hajmi ularning haqiqiy qiymati yoki majburiyatlarning tan olingan qiymati bo‘yicha baholanadi.