Institutsional taxlil. Institutsional taxlil loyixa ustida bajariladigan ishlarning eng muximlaridan biriga aylandi. Investitsiya loyixalari natijalari ko'p jixatdan tashkiliy tuzilma sifatiga xam bog'liq. Loyixani amalga oshiruvchi tashkilotlarni o'rganish, ularning boshqaruv imkoniyatlari, shuningdek, markaziy xokimiyatning loyixa uchun mutasaddi bo'lgan tashkilotlarga yordam berishga qanchalik tayyor ekanliklarini baxolashga imkon beradi. Yaxshi shakllanmagan, takomillashmagan boshqaruv tuzilmasiga, malakali mutaxassislar, axborot tizimlari va xokazolarga ega bo'lmagan tashkilotlar
Moliya vazirligi
zimmasiga loyixalarni amalga oshirishni topshirish yoki ular taklif etgan loyixalarni moliyalashtirish muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin.
4-rasm. Institutsional taxlil tuzilmasi9
Institutsional taxlil loyixalarni samarali amalga oshirish va eksplutatsiya qilishga, shuningdek, mavjud tashkilotlarni mustaxkamlash, malakali mutaxassislar bilan to'ldirishga ko'mak berishi lozim. Kuchli institutlarni tashkil etish loyixaga ko'ra foydalaniladigan milliy xamda xalqaro resurslarni muxofaza qilgan xolda loyixalarni samarali amalga oshirish imkonini beradi. Investitsiya loyixalari institutsional taxlilidan maqsad loyixa amalga oshirilayotgan makondagi tashkiliy, xuquqiy, siyosiy va ma'muriy vaziyatga baxo berish xamda loyixaga jalb etilgan tashkilotlarning imkoniyatlarini mustaxkamlash chora-tadbirlari borasida tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Bu vazifalar nafaqat loyixalarni amalga oshirayotgan va ekspluatatsiya qilayotgan tashkilotlar, shuningdek, loyixa muvaffaqiyatiga ta'sir ko'rsatuvchi xukumat va tarmoq tuzilmalariga, ya'ni vazirliklar, idoralar, banklar, tadqiqot
9 E.Ishmuxamedov, S.Qosimov, A.Jumaev, Ya.Muxamedjanova .”Loyixa taxlili” T. TDIU 2006y. 170-b.
muassasalariga xam tegishli.
Iqtisodiyotni qayta qurish sharoitida loyixaga mutasaddi bo'lgan tashkilotlar uchun “mulkchilik” kontseptsiyasi o'ta muxim xisoblanadi. Loyixani amalga oshiruvchi tashkilotlar uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi uchun mas'uliyatni o'z zimmalariga olgandagina ijobiy natijaga erishiladi. Mulk xuquqi mutasaddi tashkilotlar menejerlari loyixa maqsadlarini anglashlari va bu maqsadlarga erishish uchun zarur qaror qabul qilish vakolatiga ega ekanliklarini anglatadi. Bunday vaziyatda ularda xam shaxsiy manfaatdorlik, xam loyixaga raxbarlik qilish imkoniyati mavjud bo'ladi. Institutsional taxlilning kattagina qismi “mulkchilik” omili loyixani muvaffaqiyatli amalga oshirishga qanchalik ta'sir etishini aniqlashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |