Loyixalarning texnik taxlili. Loyixaning marketing nuqtai nazardan ijobiy xulosasi olingach, uning texnik taxlili amalga oshiriladi. Texnik taxlilda loyixa texnologiyasini ishlab chiqaruvchilardan shu loyixani amalga oshirish uchun zarur bo'lgan tijorat taklifi olinadi. Tijorat taklifi loyixa texnologiyasining xar bir mashina va asbob-uskunasi, ularning baxosi, texnik spetsfikatsiyasi, texnik- iqtisodiy ko'rsatkichlari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Loyixani amalga oshirishda eng samarali bo'lgan texnologiya tanlanadi. Agar loyixa chet el valyutasi xisobiga texnologiya bilan ta'minlanadigan bo'lsa, unda xalqaro ko'lamda shu texnologiyani ishlab chiqaruvchilar o'rtasida tanlov, ya'ni tender e'lon qilinadi.
Investitsiya loyixalarini texnik taxlil qilishning vazifasi loyixa maqsadi nuqtai nazaridan eng qulay bo'lgan texnologiyalar, loyixadan manfaat ko'rishi
mumkin bo'lgan axoli kontingenti, maxalliy sharoitlar, kapital, xom ashyo va ishchi kuchidan foydalanish imkoniyatlari va ularning baxosi, bozor xajmi, shuningdek, loyixani rejalashtirish xamda amalga oshirishning mavjud va potentsial imkoniyatlarini aniqlash xisoblanadi.
Investitsiya loyixalari ustida ishlash jarayonida texnik taxlil birinchi navbatda o'tkaziladi.
Texnik taxlilga quyidagilarni ko'rib chiqish va belgilash kiradi:
Texnik va texnologik jixatdan muqobil variantlar.
Loyixani joylashtirish o'rni bo'yicha muqobil variantlar.
Loyixa xajmi.
Loyixani amalga oshirish muddatlari.
Xom ashyo, ishchi kuchi va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatlari va ularning etarliligini.
Loyixa maxsuloti uchun bozor sig'imi (xajmi).
Ko'zda tutilmagan omillarni xisobga olgan xolda loyixa xarajatlari.
Turli loyixalarda uchraydigan texnik muammolar o'ziga xos bo'ladi. Ammo ayrim muammolar ko'pchilik loyixalarga xos bo'ladi va ularni identifikatsiya qilish mumkin. Bu muammolar quyidagi kategoriyalarga bo'linadilar: mulk shakli; loyixa ko'lami; amalga oshirish muddatlari xamda texnlogiyalarni tanlash va to'plash.
Loyixaning texnik rejasi, ekspluatatsiyasi va menejmenti loyixani kim amalga oshirishiga bog'liq. qaysi loyixalarni davlat sektori, qaysisini esa xususiy sektor amalga oshirishi kerakliligini aniqlash xozirda ancha muammo. Chunki xususiy investorlar infratuzilmalar va kommunal xizmat singari an'anaviy davlat sektorlariga xam kirib borishayapti. Loyixa qaysi soxaga tegishli ekanligi xam mulk shaklini tanlashda muxim rol o'ynaydi. Mulk shakli masalasi shu bilan birga loyixaning qanday texnik rejasi tanlanishini belgilab beradi.
Loyixa ko'lami va masshtabi deyarli xar doim loyixani ishlab chiqish jarayonida aniqlanadigan o'zgaruvchan miqdorlar bo'lib kelgan. qishloq
xo'jaligi yoki sanoat ishlab chiqarish loyixalari ko'lami loyixa maxsulotiga bo'lgan talabga ko'ra belgilanadi. Boshqa xollarda loyixa ko'lami avvalo uni amalga oshiruvchi muassasalarning yoki ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlariga bog'liq bo'ladi. Ayrim loyixalar ko'lami foydalanish mo'ljallanayotgan xududiy va tabiiy resurslarning cheklanganligi bilan belgilanadi. Lekin xar qanday sharoitda xam rejalashtiruvchi idoralarning mavjud sharoitni xisobga olmasdan katta ko'lamlarni afzal ko'rishlarini cheklash kerak. Tajribadan o'tgan texnologik echimlar yo'q bo'lsa, bosqichma- bosqich yondashuvni tanlashga majbur bo'linadi. Bunday yondashuv tadqiqotlar va adaptatsiya ishlaridan boshlanadi. Shundan so'ng loyixaning tajriba varianti yaratiladi va u to'plangan tajriba bilan to'ldira borilib, to'liq loyixaga keltiriladi. Moliyaviy jixatlar, masalan, loyixa amalga oshirilgandan so'ng uni ekspluatatsiya qilishga xarajatlar qilish zarurati xam loyixa ko'lamini belgilashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |