Ekologik tahlil. Xozirgi davr ilmiy texnika taraqqiyotining jadallashishi va insonning tabiatga ta'siri kuchayganligi bilan ajralib turadi. Bu xolatni xisobga olgan xolda mikro va makro ko'lamda tuzilayotgan loyixalardan xar birining ekologik muvozanatga ta'siri mustaqil ekologik ekspertlar tomonidan baxolanishi shart. Agar tijorat loyixalari ekologik muvozanatga salbiy ta'sir etsa bunday loyixalar moliyalashtirilmaydi. Shu bilan birga davlat tomonidan ekologiyani yaxshilashga qaratilgan notijorat loyixalari ishlab chiqiladi. Bunday loyixalarning asosiy maqsadi foyda olish emas, balki ekologik muvozanatni barqarorlashtirish va axolining salomatligini mustaxkamlashdan iborat.
Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi atrof-muxit xavosi zararli chiqindilar bilan ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bunday xollarda bu salbiy natijalarni samara natijalari bilan taqqoslash va bu nisbatni chuqur taxlil qilish zarur.
Ekologik taxlilning asosiy vazifasi loyixa natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan potentsial zararni oldindan belgilash va uning ta'sirini yumshatish yoki batamom tugatish yo'llarini topishdir. Bu jarayon loyixada ko'zda tutilgan
natijalarga salbiy ta'sir ko'rsatishi kerak emas. Tashqi muxit «tabiiy kapital bo'lib», u iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi. Noto'g'ri rejalashtirilgan loyixalar esa uning buzilishiga, milliy kapitalning emirilishiga olib kelishi mumkin.
Ekologik boshqarishning vazifasi axolining tabiiy ta'sirlarga bo'lgan talabi bilan atrof-muxitning shu talabni qondira olish imkoniyatlari orasidagi muvozanatni (balansni) topishdan iborat. Loyixalarni amalga oshirish «ekologik sig'im» potentsialini kamaytirishi kerak emas. Loyixalarni amalga oshirishdan oldin ularning atrof-muxitga muxim ta'sirlarini belgilash, loyixalar ta'siri asosida muxit buzilib ketgandan keyin uni o'z xoliga keltirishdan afzalroqdir.
Shuning uchun xar qanday loyixaning ekosistemaga keltiradigan salbiy oqibatlarini chuqur taxlil qilish talab etiladi. Agar loyixa ekosistemaga me'yordan yuqori salbiy ta'sir ko'rsatadigan bo'lsa uni yangidan ko'rib chiqish, shundan keyin xam vaziyat o'zgarmasa undan voz kechish zarur. Ekosistema bitta davlat xududidagi muammo emas, balki uning o'zgarishi butun er shariga ta'sir ko'rsatadi (masalan, Orol muammosi). Shuning uchun ekosistemani taxlil kilinganda bir mamlakat manfaatlaridangina kelib chiqish kerak emas.
Umuman olganda, loyixalarni ekologik taxlil uchun sarf etilgan xarajatlar unchalik katta summani tashkil etmaydi.
Tabiiy muxit faqatgina tabiiy resurslarning manbai bo'lib qolmasdan, shu bilan birga u xar xil ekologik xizmatlar xam ko'rsatadi Tabiatning bu vazifalariga ko'pincha etarli e'tibor berilmaydi, chunki ularning bozor baxosi mavjud emas. Suv va xavoning ifloslanishi natijasida odam organizmidagi o'zgarishlarning salbiy oqibatlarini statistik ma'lumotlar yordamida taxminiy aniqlash mumkin bo'lsada, bu xam ancha qiyin kechadi. Shuning uchun ko'p xollarda bu zararlarni aniqlash uslubi bo'lmaganligi sababli bunday xolatdan zarar ko'rgan odamlar tovon puli ololmay qoladilar.
Ayrim xollarda xarajatlarni xisoblash vaqtida bilvosita uslublardan foydalanish mumkin. Masalan, Braziliyada kanalizatsiya tarmog'ini vujudga keltirish atrofdagi er va binolar baxosini oshiradi, ya'ni boshqa maxsulotlar
baxosi bilan ekologik tadbirlarga ketgan xarajatlar aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |